Yoshlar ishsizligi haqida

Abdulla Butaev
Саралаш

Bugun Bundan bir necha soat oldin "Daryo" nashri harbiy hizmatga jo'nataman deb firibgarlik qilgan odam haqida yozibdi. Ko'rinishdan oddiy, kunda uchrab turgan xabarga o'xshaydi, to'grimi? Deyarli hamma biladi, agar bir yillik hizmatga bormoqchi bo'lsang, "odamini" topib, pulini berishing kerak. Tasha-yasha.Hech ham aktualligini yo'qotmagan aksioma. Afsuski, bunaqa narsalar oddiy xolatga aylanib qolgan. Bu birinchisi ham emas, oxirgisi ham bo'lib qolmaydi.

Bu voqea, menimcha, juda ham katta aysbergning bizga ko'ringan, suv ustidagi bir qismiga o'xshaydi. Har doim ham ko'rinmaydigan, lekin xuddi o'sha mashhur Titanikni falokatiga olib kelgan, bizni ham cho'ktirib yubormasada, o'nlab yillab orqaga uloqtirib yuborishga, undan ham yomoni "yo'qotilgan avlod" (lost generation) deb ataladigan, o'zi bilan juda ham ko'plab ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy va siyosiy muammolarni olib keladigan voqealik - yoshlar ishsizligi - aysbergning ko'rinmaydigan qismi.Bu esa, masalaga jiddiyroq qarashamiz kerakligini ko'rsatib turibdi, axir "Titanik" bilan nima bo'lganini hech kim esdan chiqarmagan bo'lsa kerak.

Xabarni o'qib chiqqach, yana o'zimga o'zim o'nlab "nima uchun" deb boshlanadigan, har doim ham javob topa olmaydigan, savollarni bera boshladim.

- Nima uchun O'zbekistonda yuzab mustaqil va davlat OAV bo'lsa ham kamdan kam xolatda yoshlar va ular duch kelayotgan qiyinchilikar haqida yozishmaydi ?!

- Nima uchun, xabarda aytilgan firibgarning "qurboniga " aylangan yoshlarda o'z hayotini yo'lga qo'yish uchun juda ham cheklangan imkoniyat ega ekanligi, xizmatga borib o'sha yerda qolib ketish yoki imtiyoz olib qaytish asosiy maqsadga aylanib qolgani haqida yozmaymizmi ?!

- Qachon yoshlar ishsizligi, uning soni va keltirayatogan zararlari, unga qarshi kurash mexanizmlari haqida yozamiz ?!

- Botqoqqa botib, kundan kun degradatsiyaga uchrayotgan ta'lim tizimi haqida-chi?! Ularda ishlayotganlarga nisbatan qilinayotgan iqtisodiy,ijtimoiy, qonuniy va boshqa adolatsizliklar haqidachi?

- Qachongacha yosh zulfiyachilarning navbatchi gapiga aylanib qolgan " yurtimizda yoshlar uchun hamma sharoitlar yaratilganligi", yoki ulardan qolishmaydigan YoshIT larning balandparvoz gaplarni eshitamiz ?!

- Poytaxt, viloyat markazlari va tumanlarga berilayotgan e'tibor, ularning infrastruktura , mahalliy boshqaruv organlari va undan ham muhimim rivojlanishi va hayot darajalarda oshib borayotgan ulkan farq haqida bong urish vaqti kelmadimi?!

Bunday savollarni juda ham ko'plab so'rashimiz mumkin. Bu juda ham oson ish, to'grimi ? Ularga javob topishchi?

Ertaga ularga javob topish, muammoni borgiligni tan olish va uni xal qilish yo'llari ishlab chiqish qiyin va vaqt talab qiladigan masala. Lekin, bu u bilan shug'ullanishni orqaga surishga bahona bo'lmasligi kerak.Qancha orqaga sursak, xuddi "Titanik" kabi falokatga shuncha yaqinlashib boraveramiz. Hozir harakat qilmasak, bizning ko'radigan talofatimiz ham katta juda bo'ladi. "Yo'qotilgan avlod", siyosiy va ijtimoiy norozilik, davlat xarajatlarining ko'payishi, malakali yoshlarning chet ellarga ko'chib ketishini yoshlar ishsizlgi olib kelishi mumkin bo'lgan muammolaring bazilari sifatida keltirishimiz mumkin.

Baxtimizga, velosiped ixtiro qilishimiz kerak emas - bu muammo bugun yoki kechagi emas. Yoshlar ishsizligi kecha, bugun va ertaga ham dunyoning istalgan davlatida, xoh u rivojlangan va xoh rivojlanayotgan bo'lsin, uchraydigan holat.Xatto, ba'zi rivojlangan davlatlarda yoshlar ishsizlgi juda ham yuqori darajada. Shu bilan bir paytda ba'zi davlatlar bu muammoni xal qilishni uddasidan chiqishyapti. Ularning tajribasi biz uchun juda ham foydali bo'lishi mumkin.

Rim bir kunda qurilmagan deyishadi. O'zbekistondagi yoshlar ishsizligini ham bugun,ertaga, yoki yaqin kelajakda hal bo'ladi deb ayta olmayiz. Bu uzoq vaqt davom etadigan, radikal va tizimli islohotlarni talab qilinadigan masala.

Ta'lim tizimining tubdan isloh qilinishi, viloyatlarga ko'proq e'tibor qaratilishi, tadbirkorlik uchun biznes muhitining yanada yaxshilanishi,menimcha, bugun biz qila oladigan va qilishimiz kerak bo'lgam ishlarning eng birinchilari bo'lishi kerak.

"Asranganni asraydi" degan maqol bor. Agar bugun yoshlar muammosiga e'tibor bermasak, ularni asramasak, ertaga bizni, tarihimizni, iqtisodiy va siyosiy mustaqilligimizni, musaffo osmonimizni kim asraydi ?!

Photo credit:happensingreece.com

PS: Bu muammo, uning oqibatlari va hal qilish yo'llari haqida ko'proq bilmoqchi bo'lsangiz quyidagilarni o'qib chiqishni tavsiya qilaman.

http://unesdoc.unesco.org/images/0023/002330/233030e.pdf

http://www.ey.com/Publication/vwLUAssets/EY-Avoiding-a-lost-generation/$FILE/EY-G20-youth-unemployment.pdf

http://www.thersa.org/about-us/media/press-releases/10-ingenious-ideas-to-combat-youth-unemployment

https://www.forbes.com/sites/amyrosen/2013/11/18/the-entrepreneurship-answer-to-youth-unemployment/2/%20

https://web.archive.org/web/20141228233133/http://www.mckinsey.com/features/education_to_employment

3.05 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.05 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.13 / 1
  • Муштарийлар баҳоси
    4.34 / 2

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

3 Xudoyberganov Ulug‘bek 18/04/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
6 та фикр