Yoshlar internet bilan

Hikmatillo ismoilov
Саралаш

Internet bizga kerak biz internetga kerakmiz.

Faqat tog'ri foydalanishni bilish kerak aksariyat yoshlar internetdan faqat bemani narsalar uchun foydalanadi.Yaxshi tomoni esa internet bilan juda ko'p narsa o'rgansa bo'ladi masalan kitob o'qisa bo'ladi va hamma bilmagan savoliga javob topadi.Jahon bo‘ylab jadal tusda o‘tayotgan axborot asrining globallashuv jarayoniga xos bo‘lgan  g‘oyalar kurashi, axborot xuruji avj olgan bir davrda mamlakatimizda o‘sib kelayotgan avlod, yoshlarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash yanada dolzarb hamda muhim masala bo‘lib hisoblanadi. Mazkur masalani hal etishda yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.   

Mamkakatimiz yoshlariga zamon talabiga mos ta’lim-tarbiya berish jarayoniga yangi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) tizimi va Internet tarmog‘i imkoniyatklarining tatbiq etilishi o‘zining samarani oshirish omili ekanligini allaqachon namoyon etmoqda. Jahonda shiddat bilan taraqqiy etib borayotgan AKT tizimi va internet tarmog‘idan samarali foydalanish yoshlarda ijodiy tafakkurlarini rivojlantirib, o‘zligini namoyish etishlariga imkon berayotganligi ham yangi  zamonaviy texnologiyalarning afzalliklaridan bo‘lib hisoblanadi. Mazkur afzalliklardan foydalanib, yoshlarimiz o‘z intellektual salohiyatlari  va qobiliyatlari, iste’dodlarini namoyon etishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berilmoqda, ularning barkamol avlod bo‘lib yetishishlari maqsadida ta’lim-tarbiya jarayoni zamon talabiga muvofiq tashkil etilib, barcha zarur texnika vositalari bilan ta’minlanmoqda.   

Shu bilan bir qatorda, olimlar, muta­xassislar, shifokorlar, pedagoglar va boshqalar tomonidan mazkur yangi texnologiyalar bolalar va yoshlar tarbiyasiga salbir ta’sirga egaligi ham ta’kidlanmoqda. Ma’lumki, Internetdan foydalanuvchilar­ning ko‘pchilik qismini yoshlar tashkil etadi.

Yoshlarmizni AKT va internet tarmog‘i­dagi salbiy mazmunga ega axborotlardan himoya qilish, ularda Internet taqdim etadigan axborotdan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirish, mamlakatimiz taraqqiyotini ko‘zlovchi, xalqimiz tarixi, urf-odatlarini qadrlovchi, milliy qadriyatlarga sodiq, ma’naviy yetuk inson bo‘lib, kamol topishi, barkamol shaxs sifatida tarbiyalanishida axborot muhitidagi salbiy ta’sirlar hamda tahdidlardan asrash, shuningdek, tarmoqdan ayrim xorijiy axborot oqimi orqali kirib kela­yotgan yovuz niyatli g‘oyalarning oldini olish va ta’sir kuchini kamaytirish, axborotdan xavfsiz foydalanishlarini ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifalariga aylangan.

Bugungi kunda internet juda shakillangan telefon yoki kompyuter orqalik bemalol foydalansa bo'ladi shuning uchun ota onalarimiz tarbiyaga va nazoratga ko'proq etibor   berish kerak.

2.65 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.65 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.10 / 3
  • Муштарийлар баҳоси
    4.34 / 3

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

2 Aziza Qurbonova 15/05/2018
2 Рохила Мирзаахмедова 16/05/2018
3 G'ayrat Norqobil 21/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
3 та фикр