Bir vaqtda, bir makonda, faqat parallel sodir bo'lgan voqealar.
Bundanam oldin erkaklar ayoliga qo'l ko'targani, o'lasi qilib kaltaklagani
Bundanam ham oldin onalar bolalarini tashlab ketganlariyu ortga qaytmaganlari
Bundan ilgari ham onalar farzandi uchun jonini qurbon qilgani, hayoti evaziga bo'lsada bolasining bir kungina bo'lsada o'zidan ko'proq yashaganini istagani
Bundan oldinlari ham samimiy, minnatsiz do'stlik bo'lgani barobarida, inson o'zini, o'zligini sotgani
Bundan ilgarilari ham xuddi bizning zamondek odamlar qilgan jinoyatini saxovat deb xaspo'shlagani, bir bechoraga uy qurib berishi qatorida o'n bechorani qon qaqshatgani
O'sha vaqtlarida ham insonlar bir lahzaga ta'sirlanganlari, insoniylik nimaligini tushunmoqqa ulgurmay yana maishiy muammolar girdobida o'zini oqlab yashagani
Hamisha, hamma joyda urushning yomonligi, faqat uni uyushtirganlargagina foyda keltirgani
Rost aytilgan, achitib aytilgan, yig'lab- yig'lab aytganiyu shu jarayonda sizni ham yig'latgan roman. Yo'q, asar emas u, o'qiganingizda ongingizda jonlanadigan kinofilm u.
Juldur kiyimli, och nahor bolakaylarning achchiq iztiroblariyu, umr bo'yi Vatanini sog'inib yashagan xasta dillarning ertagi, afsona emas, haqiqatlar so'zlangan ertagi bu. Uni o'qimaslik mumkin emas. O'qiganda ham shunchaki, hissiz, ta'sirsiz o'qish mumkin bo'lmagan kitob bu. Bu sizning qo'lingizdan tutib jafokash Afg'onistonning har bir ko'chasini aylantiradigan, urush asorati sabab uyidan, jigaridan ajralgan begunoh ma'sumlarning hayotini aytib beradigan asar bu.
O'qing. Albatta o'qing.
@guli_nigor
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
4 та фикр