VIRTUAL SUG‘URTA VA AJOYIB HIKOYA

Giyos Tashpulat
Саралаш

Virtual sug`urta bu yuqorida ko`zda tutilgan elementlarning sug`urta Tashkiloti va mijozlari  o`rtasidagi bog`liqlik, sug`urta turining uni hizmatini internet tarmoqlari orqali hizmat qilishidir. Ho`sh rivojlangan mamlakatlardagi onlayn  sug`urta tizimi tajribasi qanday bo`ladi?

 Shunisi aniqki bunga jo`yali fikr aytaolmayman, ya'ni yana o`sha zerikarli jumlalar: bizninig mamlakat hali buning uchun tayor emas! Men esa bunday demagan bo`lardim, o`zimni biz tayor bo`lishdan ko`ra buni qabul qilmaymiz yoki hohlamaymiz. Albatta, fikrimga qarshi chiquvchilar bo`ladi, axir o`z hohishingga ko`ra sug`urta qildirmas ekansan, demak e'tirozga o`rin yo`q.

Virtual sug`urta haqida gaplashishdan oldin bir sug`urta tovoni tushunchasiga to`xtalib o`tsak. Axir maqola sarlavhasida bunday so`z bor ekan, bu tushunchaga ham "Tesha tegishi" kerakda! Keling bu safar horij tajribasi degan an'anaviy "safsatadan" ko`ra jo`yali "cho`pchak" aytib bermoqchiman. Agar men hayotimni  1 yil muddatga sug`urta qildirdim deylik, endi nima? Shundoq hayot doimgidek davom etadimi? Agar britaniyalik bo`lganimda nima qilgan bo`lardim? Men Amerikano yoki Farang birodarlarimga o`xshab qanday sug`urta tovoni  undirishim mumkinligi haqida emas, 3 yildan buyon o`ynamagan futbolni (amerikancha futbol bo`lsa yanada yaxshi) o`ynardim. Endi hayotim sug`urta qilingdan, nimada qo`rqardim!! Kunlarning birida oyog`imni tepib chiqarib qo`yishdi endy sabab bor. Faqat bu sabab futbol maydonida emas, uyda sodir bo`lgan bo`ladi. Axir sug`urta shartnomasida  sportda ortirilgan tan jarohat uchuntovon undirilmasligi mumkinda. Mana ko`rdingizmi aynan "sug`urta undirilib berilmaydi" degan holatlarda yahshigina foydalanish kerak ekan. Mana ozgina qizishib olishga ham erishdik, endi ikkinchi haqiqiy mavzuga qaytib internetga bog`lash fursati keldi. Internet Bizga undoq foyda, bundoq IMKONIYAT degan chaynalgan luqmadan foydalanmay, maqsadga o`tib qo`ya`olaylik. 

Online sug`urta tizimini ishlab chiqishda dastlabki qadam tashlar ekanmiz, ba'zi imkoniyatlar kerak bo`ladi. Tashkilotning Internetdagi vakolati virtual ofis bo`lib ishlashida o`zida quyidagi imkoniyatlar bilan ifodalangan bo`lishi kerak:

- Mijozga tashkilotning to`liq moliyaviy ahvoli haqida oshkor ma'lumotlar bilan boyitilgan bo`lishi;

- Mijozga hizmatlari to`g`risida to`liq tanishib chiqishga ma'lumotlar bilan boyitilganligi;

- Xar bir sug`urta turi bo`yicha to`lanadigan sug`urta mukofoti va ularni hisoblashni ko`rsatishi;

- Sug`urta Ariza yozish formasi va na'munasining bo`lishi;

- Internet orqali sug`urta polisiga buyurtma berish va to`lovni onlayn tarzda amalga oshirish;

- Internet orqali sug`urta polisini elektron raqamli imzo bilan jo`natish;

- Shartnoma tuzish davrida sug`urtachi bilan sug`urtalanuvchi o`rtasida axborotlar almashinuvi;

-sug`urta voqeasi, hodisasi sodir bo`lganda ikki tomon o`rtasida axborot almashuvi;

-sug`urta hodisasi ro`y berganda Internet orqali sug`urta to`lovini amalga oshirish;

-sug`urtachi bilan mijoz o`rtasida boshqa xizmatlar va axborotlarni taqdim etish (maslahat, sug`urta terminlari va lug`atlar bilan ta'minlash).

Agar ushbu talablarga internet sug`urta vakolatxonasi to`liq javob bersa, u holda uni to`liq virtual ofis deya olamiz. Bugungi kunda esa virtual orqali sug`urta to`lovlarni click orqali va payme to`lov vositasi orqali istalgan sug`urta kompaniyasiga mablag`lar o`tkazishni amalga oshirish mumkin. Hattoki, internet orqali sug`urta muddati yakunlanganida, davomiy shartnoma tuzish orqali sug`urta polisining elektron ko`rinishini yuklab olish imkoniyatini berayotgan kompaniyalar ham bor. 

P/S: blogpostda keltirilgan, shrift shakli o`zgartirilgan hikoya 'sug`urta masali" sifatida o`qishingiz so`raladi.

2.83 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.83 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.13 / 2
  • Муштарийлар баҳоси
    4.36 / 2

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

3 Giyos Tashpulat 26/04/2018
3.5 Doniyorbek Yulchiev 27/04/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
0 та фикр