Tushda amalga oshgan orzuim

Yorqin Ibrohimov
Саралаш

Vaqt oliy hakamdir. 

Aziz mavjudot, inson bolasi dunyoga kelgandan so'ng, birinchi yig'isi ortidan to hayotining so'nggi lahzasigacha uning nafas olishga bo'lgan ehtiyoji, xohish-istagi bir zum ham uni tark etmaydi. Insonda shunday sof, musaffo osmon kabi betakror orzular bo'ladiki, unga erishish istagi xuddi nafas olish istagidek kuchli bo'ladi. Shunday ajoyib orzulardan biri menda ham bolaligimdayoq shakllanib ulgurgan edi. Bu orzu menda musaffo osmonimizni ko'rganim, yurtimiz tinchligi, erkinlikdan har safar to'yib to'yib nafas olganim sari kuchayib borar edi. Qat'iyatlik, qo'rqmas, dovyurak, chinakam xalq yetakchisi, yurt qahramoni Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov bilan bir bora qo'l berib ko'rishib, ularning e'tiroflariga sazovor bo'lish bu dunyodagi yuksak orzularimdan biri edi. Buning uchun bor g'ayratimni ishga solib, o'z ustimda tinimsiz ishlab, e'tirofga loyiq bo'lish uchun shaxsiy yuksalish sari harakat qilar edim. Ammo, biz Alloh tomonidan yaratilgan Inson nomli mavjudotmiz. Atrofimizda sodir bo'layotgan jarayonlarning barchasini nazorat qilish va boshqarishning hech ham imkoni yo'q, bunday buyuk kuch-quvvat qudratli va buyuk Allohgagina xosdir. 

2016-yil kuz mavsumining boshi Alloh o'z oldiga o'zining suyukli bandalaridan biri Xalqimiz yetakchisi Islom Karimov bobomizni chaqirib oldi. O'sha mahal butun o'zbek xalqi ko'zida yosh, qalbida paydo bo'lgan o'zgacha bo'shliq, qalam ojizlik qiluvchi hissiyotlar hammani esankiratib qo'ygandi. Men hayotning beshavqat, hamma uchun barobar Qonuni oldida ojiz edim, yurak yuragimdan qishning oppoq qor parchasi kabi orzuimning, kuzning sarg'ayib yerga to'kilayotgan bargiga o'xshab qolganini his etardim. 

Oradan bir necha oylar o'tdi, hamon odamlar o'yda, yurtboshimizning ajib safarga ketkanlariga hech kimning ishongisi kelmas, xuddi men kabi ularning qaytib kelishini kutayotgan edi, bunday bo'lmasligini yaxshi anglashsa ham. 

Xalqining bir kishisi ham u inson uchun bir xalq edi, ertayu kech ularning ezgu orzu-istaklarini amalga oshirish uchun tinmay mehnat qilardilar. Bu harakatlarini ular hozir boqiylikka ketkan bo'lsalar ham davom ettirmoqdalar. Ular mening birgina orzuimni armonga aylanib qolmasligi uchun tushimga kirdilar. Ertalab ko'zimda quvonch yoshi ila uyg'ondim, sababi men tushimda u inson bilan nafaqat qo'l berib, balki quchoqlashib ko'rishishga muyassar bo'ldim. Ular shunday nasihat qildilar va ishonch bilan aytdilarki: -o'z oldingga qo'ygan ezgu maqsadlaring sari tinimsiz harakat qil, dunyo xalqlari manfaatini himoya qilish, o'zbek millatini yanada dunyoga tanitish, mutloq tinch zamonga erishish e'tibor markazingda bo'lsin. Barcha erishganlaringni yolg'iz Allohdan deb bilgin, hamda buning uchun so'nggi nafasinggacha shukronalik hissini tuyib yashagin.

O'sha tong hayotimga yana bahorni qaytardi, qalbim orzuim amalga oshgani bois yorishdi, hamda o'z oldimga qo'ygan ezgu maqsadlarim sari qo'yayotgan qadamlarim ostida chaqmoq kabi uchqun chiqayotganini, Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov janoblarining ruhiy daldalarini his etib, ularga loyiq izdosh bo'lish uchun harakatdan to'xtamaslikka axd qildim. 

2.59 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.59 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.15 / 1
  • Муштарийлар баҳоси
    4.35 / 2

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

5 Alisher Abdumalikxon 25/04/2018
1 G'ayrat Norqobil 30/04/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
3 та фикр