Tekin pishloq!

Alisher Tojiev
Саралаш

         Avvalambor Assalomu Alaykum, men Bloger emasman, lekin shu "Blogerlar chempionati"da ishtirok etish uchun o'z kasbimdan kelib chiqib, hozirgi kunda juda ko'plab internet foydalanuvchilari tomonidan daromad topish maqsadida o'ynaladigan totalizatorlar haqida mushohada yuritmoqchiman. 

        Men shu kunga qadar ko'plab o'yinlarda PreProduction Tester bo'lib ishlab kelmoqdaman, deyarli barcha o'yinlarda biz foydalanuvchilar psixologiyasidan kelib chiqqan holda fikr yuritamiz... Lekin, totalizator tizimlariga kelganda deyarli ~94% tasodifiy(random) yutuqlar chiqarish algoritmidan foydalanamiz. Lekin oxirgi 2 yil davomida tizimlarning barchasida o'yinchining yutish tarixi o'rganiladi va 70/30 taqsimga ko'ra o'yinchiga yutuq beriladi. Bunda o'yinchi tizimga tikkan pullarining faqatgina 30 foizini qaytarib olishi mumkin bo'ladi, agar doimiy o'yinchi bo'lgandan esa 70% gacha qaytarib olish imkoniyati yaratiladi. Bu degani o'yinni boshlagan zahotingiz o'yinda yutish yutmasligingiz aniq bo'ladi.

Onlayn o'yinlarda, Sizning yutishingiz, sizni yutqizgan pullaringizga bog'liq!

       Xo'sh, totalizator nima degani?  Fransuzchadagi “totalisateur” so‘zidan olingan bo‘lib, hisoblash, yakunlash ma’nolarni bildiradi. Oddiy aytganda, totalizator bu – mo‘maygina pul yutib olish maqsadida bukmeykerlik kompaniyasiga pul tikish deganidir. Ya’ni biror-bir bukmeykerlik kompaniyasida ro‘yxatdan o‘tasiz. O‘yin stavkalarini tashkil qiluvchi platforma hisob raqamiga pul tashlaysiz. Unda istagan odam biror-bir sport o‘yini voqealari, natijalarini oldindan taxmin qiladi va shu taxmin uchun pul tikadi. Yutuq miqdori taxmin bilan natijaning qanchalik to‘g‘ri kelishiga bog‘liq. Sizning taxminingiz to‘g‘ri chiqsa, sizga yutuq chiqadi. Ustama pul ham berilishi mumkin. Agar taxminingiz o‘zini oqlamasa, siz tikkan pul kuyadi.

        E'tibor bering, sport musobaqalari ko'rsatgichlariga asoslanib o'ynaladigan totalizator tizimlarining ko'pchiligi vaqt orqali yutish algoritmiga tayanadi. Ya'ni tizimga tikilgan pul qabul qilinish oraliq vaqti o'yinning pul tikilinayotgan natija ko'rsatish vaqtigacha cho'zilishi kuzatiladi. Agar Sizning bashoratingiz to'g'ri bo'lsa, bashorat qilish kuponi qabul qilinmaydi. Natijada, totalizator tizimi o'z byudjetini saqlab qoladi. Aksincha, bashoratingiz yutqizish parametrlariga mos bo'lsa unda Sizning bashorat kuponingiz qabul qilinadi va Siz yutqizasiz. Bunday harakatlarni istalgan totalizatordan kuzatish mumkin...

      O'zbekiston sport o'yinlarini totalizator tizimiga joylanganda ~1.93ming(21.04.2018, marathonbet) nafar foydalanuvchilar tomonidan bashorat kuponi olinganini ko'radigan bo'lsak hozirgi kunda Respublikamiz hududida bu onlayn qimor o'yinining ancha rivojlanganini ko'rish mumkin.

      Eslatib o'tish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi “Qimor o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining “Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazishni tartibga solish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, mamlakatimizda bunday o‘yinlarni o‘ynash taqiqlangan.

     Qonunni eslatish o'rnida muqaddas dinimizda ham qimor o'yinlarining qoralanishi, undan kelayotgan daromad esa xarom xisoblanishini hisobga olishlaringizni iltimos qilib qolardim. Aziz aka-opalar, uka-singillar men O'zbekistonlik oddiy bir dasturchi shu kunlarda ko'plab yoshlarning shu o'yinlarga o'ralashib katta qarzlarga kirib ketayotgani, xattoki joniga qasd qilganlarni ko'rdim. Ota-onalaridan ruhsatsiz uyidagi jihozlarni sotib yuborayotgan voyaga yetganlarni ko'rdim. Singlisini to'yiga pul yig'ib qo'yib uni yutqazib qo'ygan akalarni ko'rdim. Yutqazgandan keyin alamidan qo'l ko'tarib qimor stavka'sini talab qilgan o'rtog'ini o'ldirib qo'yganlarni ko'rdim.

     Men ko'rganlarimni va bilganlarimni Sizlarga ulashdim. Sizlar ham e'tiborli bo'linglar. Mening birinchi blogimni o'qiganlarga tashakkurimni bildirib qolaman.

Tekin pishloq faqat qopqonda bo'lishini unutmasangiz bo'ldi

      Quyida, so'zlarimning isboti sifatida 1xBet bukmeyker tizimining g'irrom o'yinlaridan birining video lavhasini joylashtirdim.

3.85 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.85 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.16 / 5
  • Муштарийлар баҳоси
    4.38 / 16

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

5 Alisher Tojiev 21/05/2018
4 G'ayrat Norqobil 21/05/2018
4.5 Abdurahmonov Iskandar 21/05/2018
4.5 Xudoyberdi Mirhosilov 21/05/2018
5 Nozimjon Safarov 21/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
19 та фикр