"Teazeal" - Vatandan Vatangacha (fotoblog)

Davronbek Alijonov
Саралаш

Assalomu alaykum, qadrli o'quvchim, (odatda esa, "Tizilchilar!" deb boshlayman) 

Ismim Davron. "teazeal" loyihasining muallifiman. Odatda yurtimizdan uzoqda ko'p bo'laman. Sayohat qilish men uchun hayotimning ulkan qismi hisoblanadi. Shu kungacha 56 mamlakatda bo'ldim. Sayohatlarimni boshqalar bilan ham bo'lishish maqsadida sayohat blogerligi mening kundalik qiziqishimga aylanib ulgurgan. 

Loyiham, foto-blog - "teazeal" haqida ma'lumot berib o'tsam. "teazeal" so'zi inglizcha "tea" choy, "zeal" kuch-g'ayrati degan ma'nolarni beradi. Chet elda yurgan O'zbekistonlik milliy bayroq, milliyligimiz ramzi bo'lgan do'ppimiz, va piyolamizni yoki umuman, O'zbek insonni ko'rib qolsa behad hursand bo'ladi. Endilikda ushbu loyiha bilan chet el mamlakatlariga borib o'tirishning hojati yo'q. Ijtimoiy tarmoqlar asri natijasida loyiham oradan bir qancha vaqt o'tib, Andijonlik vatandoshini "Jahongashta choyho'r" yoki loyiha nomi bilan chaqiruvchi, o'zlarini "tizilchilar" deb ataydigan muhlislar bazasiga ega bo'ldi.  

Bolalikda buvijonim bilan ko'k choy g'ayrati bilan uning Sobiq Sovet Ittifoqi tarkibida bo'lgan mamlakatlarga sayohatlari va qiziqarli voqealari menda sayohat qilishni orzu qilishga undardi. Orzularim rejalarga aylanganda o'sha davrlar men uchun misli bajarib bo'lmaydigan bo'lib tuyilgan ko'p davlatlar aro sayohatlar man haqiqatga aylandi. Loyiham belgisi va asosiy elementi ham O'zbek piyolasidir. Boshqa so'z bilan aytganda, o'zbek dasturxonini bezatgan piyola endi O'zbek Instagram olamini ham bezatib turibdi. Piyola va dunyoning go'zal joylari uyg'unligida esa blog kuzatuvchilariga o'sha borgan mamlakatim haqida ma'lumotlar, qiziqarli voqealar va albatta kunlarim qanday o'tayotgani haqida aytib kelmoqdaman. 

Loyihaning asosiy maqsadi aslida O'zbeklar va O'zbekistonni chet el xalqlari oldida yanada tanitish, dunyoning turli mamlakatlarida yashayotgan O'zbekistonlik yurtdoshlarimizni aynan bir vatanparvarlik ruhida ushlash, berilayotgan sayohat ma'lumotlari bilan ularning ham madaniy va ma'naviy qarashlarini oshirish va takomillashtirish, O'zbekistonda ichki va tashqi turizm rivojlanishiga hissa qo'shish. Maqsadlarga har sayohatda erishilayotganiga guvoh bo'laman. Eng ko'p yurtoshlarimiz yashaydigan Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya va Malayziyada O'zbekistonlik kuzatuvchilarim bilan ko'rishish ular bilan jonli choylashish bahti nasib qildi. 

Albatta "teazeal" bir qator ko'zga ko'ringan saytlar, jurnalistlar, gazetalar va hattoki "O'zbekiston" telekanalida ham mehmon bo'ldi. Bularga kun.uzdagi "Jahongashta Piyola", "Darakchi"ning "52ta mamlakat ko'rgan O'zbek piyolasi", Jasur Hamroevning onlayn strimlari va yuqoridagi nom bilan yozgan maqolalarini keltirish mumkin. Blogerlar musobaqasi haqida esa menga singlim televizor orqali berilgan yangilikdan aytib qoldi. Qatnashish uchun ohirgi soniyalarda qolganimni ham ayni vaqtda O'zbekistonda emasligim, sayohatning Janubiy Koreya safaridan Avstraliya safariga ketayotgan bir pallasi ekanligi sabab bo'ladi. 

Ayni damda sizlar bilan sayohatlarim davomida men uchun ta'sirli bo'lgan vaziyatlarni bo'lishmoqchiman. Bundan roppa-rosa 1 yil muqaddam Yangi Zellandiyaning Krastchurch shahrida edim. Erkin va baland adirliklar qarshisida mana shu so'zlarni yuragimdan o'tqazdim:

"Vatan haqida so'z ochsam, siz bilan 2 vatandoshlar kabi suhbat qursam. Qo'limdagi piyolani uzoq tutib, bayrog'imni ko'kka yoysam. Bu bayrog' - men va siz. Musaffo osmonda, yangi Oy va 12 yulduz ostida, boshimizni tik tutib yurishimiz, yoshlik, kuch-g'ayratimiz qon-u jonimizda jo'shib yashashimiz, tinchligi shior bo'libm ota-onasi, qariyalarini duosida, kelajakning oq niyatidagi huzurimiz, Islom ranglari bilan burkangan, muqaddas tuproq, ko'hna Zamin ahli ekanligimiz bizni shu bayrog' orqali dunyoda o'z o'rnimizni belgilaydi. Men uchun, siz uchun eng go'zal bayrog". Ona Vatan bayrog'i. Unga munosib bo'lish hammamizga nasib etsin. #choylashamiz".

O'zbekistonda blogerlik rivojlanayotganidan juda ham mamnunman va uning bir qismi ekanligim meni yanada g'ayratlantiradi. Hozircha 56 ta davlat, turli shaharlar, dunyoning turli nuqtalarida O'zbekistonliklar bilan uchrashuvlar, dunyoning mashxur joylarining piyolamiz yoki milliyligimizni ko'rsatadigan foto-bloglar, 24 soat format videolari bilan o'z sayohat blogerlik faoliyatimni boshladim. Bu Instagramdagi 67ming kishilik sahifa (eski sahifa), Youtube dagi "teazealTV" bilan natijalarda o'z aksini topmoqda. "Tizilchilar" deb atalgan ijtimoiy tarmoqdagi oila kundan kunga o'sib bormoqda. Buning uchun barcha kuzatuvchilarimga minnatdorchiligimni bildiraman. 

So'z so'nggida esa, bir gapni aytib o'tmoqchiman. Bu qo'shiqdagi so'zlar menga doim motivatsiya va turtki bergan. Sizlar bilan bo'lishishim kerak deb hisobladim:

Men umid qilaman, uzoq masofaga sakraganingizda yiqilishdan qo'rqmashingizni. Men umid qilaman, agar dunyoning suvlari ko'tarilsa devor qurib, himoyalanishingizni. Men umid qilaman, agar jamiyat kimnidir ismini baland ovozda aytib maqtasa, bu aynan sizning ismingiz bo'lishligini. Men umid qilaman, hamma qo'l siltaganda ham maqsadlaringiz yo'lida qolishingizni. Men umid qilaman, sevib qoling, va yuragingizdan sezing. Men yana umid qilaman, hayotning zarbalarini qabul qilishni bilishingizni, undan jarohatlanmashingizni. Va albatta siz uchun umid qilamanki, bir kun kelib siz ham "Men buni uddaladim, hayot bergan har bir daqiqaning egasi bo'lishlikni uddaladim, Ko'plab manzillar ko'rdim, har narsada o'zimni sinab ko'rdim va har bir singan suyaklarim bilan ayta olamanki, MEN YASHADIM" deyishingizni. 

O'zingizni asrang, Aziz kuzatuvchim, Ramazon Karim. Yana #choylashamiz !


Fotosuratlarim Instagramda. Unga ushbu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

3.75 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.75 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.17 / 6
  • Муштарийлар баҳоси
    4.47 / 70

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

5 Hasanboy Mirzaqulov 20/05/2018
5 Abduvohid Mannopov 20/05/2018
5 Asilbek Kaziyev 20/05/2018
5 Fakhriddin Muhammadjonov 20/05/2018
5 Gulnoza Xikmatova 20/05/2018
5 Avaz Yakubov 20/05/2018
5 Shahzod 20/05/2018
5 Saidkomolhon Yunusov 20/05/2018
5 Furkat Karimov 20/05/2018
5 Allohyor Muzaffarov 20/05/2018
5 AzizBek Abdualimov 20/05/2018
5 Olmos Tolmos Chotov 20/05/2018
5 Akbarshox Ne'matullayev 20/05/2018
5 Макс Волков 20/05/2018
5 Oybek Nurmatov 20/05/2018
5 Mirmuhsin 20/05/2018
5 Abdurahim Giyosiddinov 20/05/2018
5 Alohon 20/05/2018
5 Nazlı Reyhanli 20/05/2018
5 Javoxir Javxarvich Jasurov 20/05/2018
5 Maqsuda Mamaraimova 20/05/2018
5 Shohruh Bakaev 20/05/2018
5 Iroda Tursunova 20/05/2018
5 Oynura KHamidullayeva 20/05/2018
5 Khudoyorkhon 20/05/2018
Яна
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
57 та фикр