Ta’lim tizimini rivojlantirishning 5 yo’li

Mirzohid Abdumurotov
Саралаш

Hozirda rivojlangan davlatlarning taraqqiyot bosqichiga nazar soladigan bo’lsak ularning rivojlanishiga va taraqqiyotga erishishida ko’pgina omillarning hissasi evaziga rivojlangan. Iqtisod, siyosat va eng asosiysi ta’limni rivojlantirgan. Misol uchun Yaponiya, Janubiy Koreya, Angliya, Germaniya va Amerka Qo’shma Shtatlari siz o’ylashingiz mumkin bu davlatlarning ba’zilari boshqa zaif davlatlarning evaziga rivojlangan deb lekin agar ular bilmsiz yoki siyosati bo’lmaganda oddiy davlatlardan farqi bo’lmasdi. Shu o’rinda bizning mamlakatimizda hozirda ta’lim tizimining o’zgarish bosqichida va bu bosqichda ta’lim sifatini oshirish kerak lekin qanday qilib?

1. O’qituvchilar statusini oshirish

Bilamizki Yaponiya ta’lim tizimi rivojlangan davlatlar orasida yuqori pog’analarda turadi. Nima uchun? Chunki u joyda o’qituvchilarni o’rni juda muhimdir va ularga hamma shart-sharoitlar yaratilgan natijasida talim sifati yuqori. Bizdachi? Shaxsan o’zimni misol qilmoqchiman men oliy o’quv yurtini tamomlab ish foaliyatimni boshlaganimga 1,5 yildan oshdi talim sohasida o’qituvchilik qilaman bilimga chanqoq o’quvchilarga ta’lim berish sevaman shunga qaramasdan ko’plab qiynchiliklarga duch kelaman ya’ni, qog’ozbozlik va moddiy tomondan. O’rta ta’lim maktablarda yosh o’qituvchilar juda kam katta yoshli ko’p o’qituvhilar tajribalari bor lekin dars o’tish metodikasi eskirgan va shijoat kam. Nima uchun yosh o’qituvchilar kam degan savolga ta’lim muassasasidagi moash kundalik hayotiga yetishi amri mahol yosh kadr uy joy olishi kerak yoki uylanishi kerak qanday qilip bu maoshga bu ishlarni amalga oshiradi natijada maktabda ishlayotgan yosh o’qituvchilarda o’quvchilarga bo’lgan e’tibor so’nadi oqibatida ta’lim sifati pasayadi. Mening fikrimcha o’qituvchilarga ko’plab imkoniyatlar berishi kerak ya’ni uy olmoqchi bo’lsa uzoq muddatli kridet yoki ba’zi hujjatbozlikdan voz kechish va oylik moashni eng yuqori haq to’lanish kerak keyin har yili o’qituvhilardan natija talab qilinsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Eng birinchi navbatda Oqituvchilarning statusi oshsagina ta’lim rivojlanadi va davlat taraqqiyotga erishadi

2. Maktabgacha ta’lim tizimiga ko’proq e’tibor

Yurtimizda bir maqol bor “Bo’ladigan bola boshidan ma’lum” deb bekorga aytishmaydi. Viloyat markazlarida maktabgacha ta’lim chuqurroq nazar qaratilada lekin chekka hududlarda ta’lim sifati yaxshi emas shunga qaramasda talantli bolalarni ko’plab uchratishimiz mumkin, bu kabi bolalarga e’tibor qaratilsa ular kelajakda yurtimiz ravnaqi uchun kerakli kadr bo’lib yetishadi. Shu bilan bir qatorda Maktabgacha ta’lim muassalari bolalarni qaysi sohaga qobilyati borligini aniqlash kerak va ota-onalariga tavsiyalar berish kerak misol uchun “farzandingiz qurilish sohasiga qiziqarkan kelajakda quruvchi arxitektor bo’ladi” deb tavsiyalar berilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Shu o’rinda ota onalar ham farzandlarinig qiziqishlariga e’tiborliroq bolmog’i lozim.

3. O’rta ta’lim maktablaridagi ta’lim tizimiga o’zgaritish kiritish.

Bilamizki, o’quvchilarning asosiy bilm bazasi maktabda olinadi shuning uchun o’quvchilar bu maskanda ko’proq bilim olshi darkor. Mening fikrimcha maktablarni yo’nalishlarga qarab ajratish kerak , aniq fanlar, ijtimoiy fanlar va tabiiy fanlar tizimida. Hozirda o’quvchilarimiz o’rta maktabda 10 dan ziyod fanlarni o’zlashtirmoqda lekin ular hamma fanni yaxshi o’zlashitiraypti deb o’ylaysizmi? yo’q albatta. Maktablarda shunday tizim joriy qilish kerakki o’quvchi 4-sinfni bitirayotgan paytida test olinishi kerak ular qaysi fandan yuqori ball olsa qiziqishlariga qarab ularni shu yo’nalishdagi gruppalarda o’qitish kerak va ularni ko’proq rag’batlantirsa ko’proq bilim olishga qiziqadi.

4 . Universitetlarda Loyihalarni ko’paytirish

Universitetlarimizda o’qiyotgan ko’pchilik talabalar sifatli ta’lim olayapti deb ayta olmayman bu bilan men universitetni yoki o’qituvchilarni ayblamoqchi emasman bu yerda ko’proq talabani aybi bor deb o’ylayman chunki, talabalar izlanmaydi va dangasalikni xush ko’radi. Tan olishimiz kerakki universitetlarda talabalarning bilimiga emas davomati birinchi o’rinda turadi. Men o’ylaymanki Oliy ta’lim muassalarida davomat tizimiga kamroq e’tibor qaratish kerak. Mahalliy oliy ta’lim mussalarimizda Talabalar assotsiatsiyasini tashkil etish kerak va ko’plab sohasiga doir loyihalar yaratish kerak ana o’shanda talabalar qiziqishi ortadi

5 . Sifatli kadrlarni yetishtirish

Sifatli kadrlar deganda o’z kasbining ustasi va kasbini yurakdan bajaradigan insonlarga nisbatan ishlatiladi. Bu kabi kadirlarni chiqarish uchun yana biz Oliy ta’lim muasssalriga e’tibor qaratishimiz kerak

ya’ni talabaning yunalishi pedagoglik bo’lsa u universitetni bitirib pedagoglik sohasida davom ettiradi shuning uchun Oliy ta’lim muassalari amaliy mashg’ulotlarga chuqurroq e’tibor qaratish kerak 4 oy o’qish bo’lsa 4 oy amaliy mashg’ulot qilish kerak va amaliyot vaqtida moash tolansa maqsadga muvofiq bo’ladi.

Shu o’rinda Yurtimizni ravnaqi uchun har bir yoshlar o’z hissasini qo’shsa vatanimiz bundanda yaxshiroq bo’ladi va bizdan keying avlodga poydevor bo’ladi albatta.

3.28 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.28 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    0.00 / 0
  • Муштарийлар баҳоси
    4.36 / 1

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

3 Эрмат Ашуров 16/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
0 та фикр