Ruhga yaxshi "ozuqa" kerak(mi?).

Elyorxon Rahimberdi
Саралаш

   Maxluqotlarning eng mukarrami bo'lgan inson jism va ruhdan iboratligi hammamizga ma'lum. Xuddi shuningdek bir yurtda umrguzaronlik qilayotgan odamlar ham ruhlar va jismlardan tashkil topgandir. 

  Biz jismonan yashashimiz uchun taomlanamiz va ichimliklar ichamiz. Shuningdek ruhimiz ham oziqlanadi. Shu o'rinda tabiiy bir savol tug'iladi. Xo'sh, ruhning ozuqasi nima? Bunga qisqacha qilib, insoning yaxshi fazilatlarini yoki uning yomoni xulq-atvorini shakllantiradigan barcha narsa,- deb javob berishimiz mumkin. 

  Bugungi kunimizga nazar soladigan bo'lsak, ko'pchiligimizning dardimiz oshqozonimiz bo'lib qoldi. Erkaklar-u ayollar choyxona va restoranlarga "yugurish" bilan ovoralar. Rekord oshlar damlanyapti, rekord sumalaklar qilinyapti. Ha endi bu tabiiy bir holda, kerak bo'lgandan keyin yeymiz, ichamiz-da degan e'tirozlar ham bo'lishi mumkin. Darhaqiqat tanamiz sog'lom va quvvatli bo'lishi uchun me'yoridagi yegulik va ichimliklar kerak. Ruhimizchi? Bugun u qanday oziqlanyapti?  Bizning ruhimiz ozib-to'zib, kasalmand bo'lib qoldi. Nega deysizmi? "Ona norasida farzandini o'ldirdi, ona qizini o'ldirdi, farzand otasini o'ldirdi" kabi xabarlarni o'qiyverib, diydamiz qatib ketdi. Bunday fojealar bizga oddiy holdek bo'lib qoldi. Fohishabozlik, ichkilikbozlik kabi illatlar urchib ketdi. Bu ayrim insonlar hayvondan ham past darajaga tushib qolganini, ruhlari "koma" holatiga kelib qolganini bildiradi. Demak, ruhimiz yaxshi "ozuqa"ga muhtojdir.

  Xo'sh,  unda biz ruhni qanday yaxshi oziqlantiramiz? Har kim bunga o'z dunyoqarashidan kelib chiqib turlicha javob berishi mumkin. Kimdir yaxshi kitoblar o'qishni, kimdir maroqli kinolar ko'rishni va hokazolarni aytishi mumkin. Mening fikrimcha, eng kuchli ruhiyatga, eng oliy insoning fazilatlarga ega bo'lishimiz uchun, boshqa dinlarga xurmat saqlagan holda aytishim mumkin-ki, biz ISLOMga muhtojmiz.

2.95 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.95 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.13 / 2
  • Муштарийлар баҳоси
    4.34 / 2

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

1.5 G'ayrat Norqobil 01/05/2018
1 Abbos Bobomurodov 02/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
3 та фикр