Rivojlanish uchun qanday tadqiqot qilinadi?

Surayyo Raxmonova
Саралаш

Bizda odatdagi tadqiqotlar qanday, nima maqsadda qilinayotganligi va ularning natijalari hammaga ma'lum. Shuningdek, avval "bizda shunaqa holat, unga barham berish kerak, bunaqa ketmasligimiz kerak, oldini olishimiz kerak" deguvchi "kerakchi"larni, qilinsin, bajarilsin, yuklatilsin, amalga oshirilsin, nazorat kimgadir ham topshirilsin deguchvi sin-sin chi Direktorlarni tanqid qilib qo'yganligim uchum tadqiqotlar holatini statistikasiz g'iybat-muhokama qilmasdan qoldirishni joiz deb bilaman.

Tabiiy resurslari bo'lmasada amalga oshirgan tadqiqot natijalari asosida rivojlangan Yaponiya davlatida tadqiqotlar real imkoniyatga asoslangan tadqiqot rejasi asosida boshlanadi. Ushbu reja davlat muassasasi yoki xususiy tashkilot tomonidan tadqiqotga ajratilgan mablag' va muddatdangina iborat. Qilinadigan ishlarni esa tadqiqotchi o'zini qobiliyatio va yaratuvchanligidan kelib chiqib rejaga kiritadi. Jumladan, xorijda konferensiya o'tkazish, xorijdan mutaxassis jalb qilish, 4000 ta turistdan anketa yig'ish yoki 300 ta quyonni 10 guruhga bo'lib, 60 kun davomida 10 xil tajriba qilib kuzatish kabi juda mashaqqatli ishni talab qiluvchi rejalar.

Tadqiqotchining ajratilgan mablag'dan ortiqcha xarajaatlari uning asoslantirilgan hisobotiga asosan qoplab beriladi. Ajratilgan muddat ham shu yo'sinda uzaytirilib beriladi. Muhimi natija! Tadqiqot madaniyati shunchalik darajada rivojlanki, ko'chirmakashlikning ko'plab turlarini ifodalovchi iboralar, tadqiqot natijasini soxtalashtish uchun alohida, natijani buzib ko'rsatganga alohida, statistikani tadqiqot maqsadlarida buzib ko'rsatganga alohida atamadagi ta'lim jazolari bor. Tadqiqotni to'griligini, maqsadi bilan natijasi qanchalik muvofiqligini oddiy mobil telefonda bir zumda tekshirib beradigan dasturlari ham mavjud.

Deyarli barcha kompaniyalar Tadqiot va Rivojlanishga (Research &Development (R&D)), kata e’tibor berishadi. Tadqiqotchilarning fikridagi birinchi o’y – jamiyat uchun qanday qulaylik yarata olaman, uni mushkulini yengillata olaman degan o’y-falsafa bilan yashashadi. Yangi, talabgir va raqobatbardosh tadqiqot natijasini realizatsiya qilib, tadqiqotchilarga alohida ziyofatlar uyushtirib o’z minnatdorchiliklarini doimiy bildirib turishlarini o’zim guvohi bo’lganman.

To’g’risi, “u-bu tizimda u-bu qilinishi kerak, kerak, kerak” degan chaqiriqlardan toliqib qoldik, hatto ta’sirini ham sezmaydigan bo’lib qoldik. Kamina esa o’ziga yoqqan bir namunani undan bahramand bo’lishingiz uchun e’tiboringizga taqdim etdi. Bunda tegishli taqsirlarimizning xulosa chiqarishlari o’zlariga havola.

P/S: tadqiqotga ajratilgan mablag' - tadqiqotchining haqqi va tadqiqot amalda joriy etilganda kelgan tushumdan foiz miqdorida ajratib beriladigan ulushni qamrab olmaydi. Bu «boshoq sepmagan hosil olmaydi”, ya'ni investitsiya qilmagan sharoitini yaxshilay olmaydi degan oddiygina hikmatdan kelib chiqib qilingan tadbir hisoblanadi. 

3.22 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.22 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.15 / 2
  • Муштарийлар баҳоси
    0.00 / 0

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

3 Бахтиёр Шералиев 20/05/2018

Hurmatli muallif, men o'zim ham tadqiqotchiman va Siz nimani nazarda tutib blogpost yozganingizni juda yaxshi tushunaman. Lekin blogpost o'ta darajada sayoz yozilganligini aytmay ilojim yo'q. Siz bir tadqiqotchi o'laroq, masalani keng ommaga ayni soha vakili sifatida chiroyli qilib batafsil yoritib berishingiz mumkin edi. Zero Siz qalamga olgan masala nihoyatda dolzarb bo'lib, unga nisbatan beparvolik davlatning kelajagiga katta ta'sir ko'rsatadi. Mana shularni keyingi blogpostlaringizda hisobga olasiz deb umid qilaman.

3.5 Мансур Тангишов 20/05/2018
3.5 Мубашшир Аҳмад 20/05/2018
2.5 Ботиржон Шерматов 20/05/2018
3.5 Умид Гафуров 20/05/2018
3 Мақсуд Саломов 20/05/2018
2.5 Шунқор Чориев 20/05/2018
3 Музаффар Назаров 20/05/2018
3 Тўлқин Юсупов 20/05/2018
3.5 Абдумалик Носиров 20/05/2018
4 Расул Кушербаев 20/05/2018
3 Маҳсуджон Асқаров 20/05/2018
3 Саид-Абдулазиз Юсупов 21/05/2018
3 Қаҳрамон Асланов 21/05/2018
4 Нодир Закиров 21/05/2018
4 Шерзод Шерматов 21/05/2018
2.5 Давронбек Тожиалиев 21/05/2018
3 Уйғун Ғафуров 21/05/2018
3 Иноят Садикова 21/05/2018
2 Олимжон Солижон ўғли 21/05/2018
3 Нигора Умарова 21/05/2018
4 Адҳам Отажонов 21/05/2018
3 Беҳзод Қобулов 21/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
0 та фикр