O'zbekistonning Buyuk siymolari haqida serial

Jamalov Kamron
Саралаш

Nega biz O'zbekistonimizning Buyuk siymolari haqida sifatli seriallar suratga ola olmaymiz?

Meni doim hayron qoldiradigan va ajablantiradigan narsaham shu aslida !

 Yaqin yillardan beri o'zimizning madaniyatimiz haqida ko'p gapirmoqdamiz va madaniyatimizni yanada rivojlantirish to'g'risida ko'p harakatlar amalga oshirilmoqda. Bu kabi ishlar albatta ijobiy ko'rsatkich bermoqda lekin madaniyatimiz rivoji uchun qilinayotgan shuncha sayi harakatlarimiz behuda ketmayaptikin?

O'zimiz bir o'ylab ko'raylig-a! 

Telekanallarimizda efirga uzatilayotgan ba'zi seriallar bizning madaniyatimiz rivojiga xissa qo'shadimi? Gap qaysi seriallar haqida ketayotganini barchamiz yaxshi anglab turibmiz chunki bugungi kunda bu masala ko'p muhokama qilinmoqda.

Hattoki o'zimizning milliy seriallarimiz haqidaham ijobiy fikr aytish qiyin!

Nega o'sha chet el seriallarini sevib tomosha qilamizku o'zimizning seriallarga qiziqish yo'q? Bunga javoban  o'z fikrim bilan shuni aytishim mumkinki, o'zimizning seriallar menimcha "sayoz" ishlanmoqda va  deyarli har birida mavzu bitta.

Bolaligimda Xitoy va Koreys kino ijodkorlarining tarix haqidagi seriallarini o'zimham juda katta qiziqish bilan tomosha qilganman chunki o'zim tarixga juda qiziqaman. 

Nega aynan chet eldagi kino ijodkorlari o'zlarining tarixini seriallar orqali butun dunyoga ko'z - ko'z qiladi biz buni uddalay olmaymiz? 

Axir  bizning tariximizda ham Buyuk ajdodlarimiz va hattoki kerak bo'lsa o'sha chet mamlakatlaridan ham maqtansa arzigulik bobolarimiz bo'lgan! 

Masalan, Abu Rayhon Beruniy - bu inson butun dunyo meditsinasiga asos solgan va  "Meditsina" so'zining kelib chiqishi ham Beruniyning Yevropaliklar talqinida "Avitsenna" deya atalishi tufayli vujudga kelgan.

Al-Xorazmiy - matematika fani asoschisi, butun dunyoga hisoblashni o'rgatgan O'zbegim farzandi. Xozirda  butun dunyo matematiklaridan so'rasangiz Al-Xorazmiyni bilmaydigani bo'lmasa kerak. 

Jaloliddin Manguberdi - Xorazmshohlar davlatining so'nggi hukmdori, mohir sarkarda. U 33 yil umr koʻradi va uni 11 yili jang ichida oʻtadi. Butun dunyoni  birlashtirib Chingizxonga qarshi chiqqan yengilmas Xorazmshoh.

Amir Temur - Jaloliddin Manguberdidan keyin katta shuhrat qozongan sarkarda, davlat arbobi  Sohibqiron Amir Temur. U 27 davlatni birlashtirgan holda katta Imperiyani tashkil etib o'z davlatini barcha jabhalarda rivojlantira olgan buyuk inson.

Zahiriddin Muhammad Bobur - oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, Boburiylar sulolasi asoschisi, Temuriy shahzoda. 

Muhammad Tarag'ay Ulug'bek - o'zining dunyo Astronomiyasiga  qo'shgan hizmatlari beqiyos. U kishining yulduzlarni o'rganish borasidagi bilimlarini xozir ham amalda qo'llashmoqda.

Alisher Navoiy - ulugʻ oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi boʻlgan. Bu ajdodimiz ham dunyo tan olgan she'riyat mulkining sultoni.

Yuqorida ajdodlarimiz va allomalarimiz haqida qisqacha to'xtalib o'tdim aslida sanab o'tsam hali beri adog'iga yeta olmaydigan Bobolarimiz bo'lgan va manashu ajdodlarimiz, ularning hayoti va ijodi haqida dunyo miqyosida ko'z-ko'z qiladigan va  ko'rsa arziydigan seriallar suratga olsak bo'ladi.

Men bu #blogpost orqali o'zbek kino ustalari ishiga aralashmoqchi va hattoki ularni qoralamoqchi emasman shunchaki shunday buyuk dunyo tamaddulida katta o'rin tutgan ajdodlarimizni va xozirgi O'zbekiston qanday insonlarning farzandlari ekanini dunyo bir ko'rsin deyman.

2.54 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.54 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.11 / 4
  • Муштарийлар баҳоси
    4.36 / 4

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

4 Jamalov Kamron 18/04/2018
5 Бахадиров Ғуломиддин 19/04/2018
2 Isroil Tillaboev 19/04/2018
1 Kareem Abduljabbar 24/04/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
2 та фикр