Shiddat bilan o`sib borayotgan axborot komunikatsiyon texnologiyarni o`qitishda ko`plab davlatlar oqsamoqda, shu jumladan O`zbekiston ham. Biroq bu kamchiliklarni ko`ra turib, bunga ko`z yummoqdamiz. Ilk beriladigan ta’limga to`xtalsak, bu - maktabning beshinchi sinfidan boshlanadigan “Informatika” darsi hisoblanadi va har ikki haftada bir marotaba o`qitiladi. Bu davrda yarim yil kompyuterlar bilan jihozlangan xonadan uzoqda nazariy ma’lumotlarni oqish bilan sovuriladi. Eng qizig`i bu holat yettinchi sinfgacha davom etadi.
Yuqorida aytilgan davr mobaynida hajm jihatdan kichkina kitobdan foydalaniladi. Undagi ma’lumotlar 2000-yillar boshidan beri deyarli yangilanmagan, yosh o`quvchini qiziqtira oladigan darajada boyitilmagan va asosan rus tilidagi adabiyotlarga asoslanilgan. Baholangki kompyuter tili ingiliz tiliga yaqinroq hisoblanadi. Eng oddiy misolni keltiray, biz o`qigan kitobga asosan kompyuter ikki qismga bo`linadi: 1-hardware, 2-software. Kitobda birinchi atamaga nisbatan qisman yaqin ta’rif berilgan, ammo ikkinchi atamani ta’riflashda so`zni bo`lakka bo`lib tarjima qilingan. Agar ingiliz tili lug`atlariga qaraydigan bo`lsak:
Software – the instructions that contorl what a computer does; computer programs. (https://dictionary.cambridge.org/dictionary/english/software)
Bu bilan aytmoqchi bo`layotgan narsam shuki, eng oddiy narsalarda ham bolalarimizga noto`g`ri ma’lumot bermoqdamiz. Yuqori sinflarda esa holat bundan-da yomon, sakkizinchi sinfda ba’zi o`quvchilarga umumam kerak bo`lmasligi mumkin bo`lgan Microsoft Office Excel dasturi o`qitiladi, lekin uni aslida pullik ekanligi, uni sotib olish yoki oylik ijara asosida ishlatish kerakligi haqida umuman ma’lumot yo`q (shu jumladan, anti-viruslar ham). O`zbekiston kundan-kunga kiber jinoyatga botib bormoqda. O`quvchilarda Microsoft Windows’dan boshqa operatsion tizimlar haqida hech qanday tasavvur yo`q, hatto ko`plab o`qituvchilarda ham.
To`qqizinchi sinfda o`rganish qiyin va 35 yil oldin yaratilgan Turbo Pascal’ni zo`rlab o`rgatamiz. Baholangki ancha yosh, hozirda talab kuchli bo`lgan va o`rganishga oson dasturlash tillari talaygina (misol uchun, Python 3, JavaScript). Shaxsiy fikrimdan kelib chiqib aytadigan bo`lsam, dasturlashni o`rgatishdan oldin uni nima ekanligi haqida tasavvur uyg`otish kerak.
So`zim oxirida xalq ta’limi tizimida ishlovchi odamlarga yuzlanmoqchiman, to`rt-besh so`m pul deb talabga javob bermaydigan kitoblarni butun davlat uchun darslik sifatida belgilamanglar.
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
12 та фикр