Oshkora qotillik…..

Mastura Xamroyeva
Саралаш

Oshkora qotillik…..Oppoq orzular. Uning bulutlarida shunday uchish mumkinki sizni u yerdan hech kim tushura olmaydigandek tuyuladi. Oldinga shaxdam qadam tashlab, uni tutib bir umr baxtli bo’lishga amin bo’lasan kishi. Qiz ham shunday orzular ila yor-yor sadoslari bilan yangi uy ostonasiga qadam quydi.

Bu o’zim yashaydigan viloyatda sodir bo’lgan voqea asli. Oddiy qishloqning oddiy bir qizi zamonaviy hayotda yashayotgan, zamonaviy va bashing oilaga kelin bo’ldi. Ko’ngil qurg’ur yamonda men kambag’al u boy yoki tengi ekanmanmi demaydi. Keladiyu yuragingni nishonga olib, shunday o’q otadiku uni davosini bugungacha hech kima topa olmagan. Shu sababmi Tohir daryoda oqqan, Majnun sahroni kezgan, Farxod esa toshni ham maydala olgandir balki. Bu ikki yosh ham sevgisin kuchi bilan qo’llarini mahkam tutib oila qurdi. To’y bo’ldi. El yurtga osh berildi. Oling quda, bering quda marosimlari ham chetda qolmadi.

Ulardan baxtli inson yuq edi go’yo. Barcha ularga havas qilayotgandek tuyulardi. Kelin salom o’tdi. Mehmonlar yangi kelinchakni ko’rgani daryo misol oqib keldi. Uning mebellariy-u sarpolarini tomosha qildi. Kelin yuziga jilmayib qarab, qaynonaga estexzoli qarab ketardi. Bundan ajablangan qaynona hayron.

Bir hafta o’tmasdan uyda janjal, emishki kelinning mebeli chet elniki emas armisohdan qolganmish. Gilamichi unaqasini hatto molxonasiga ham ravo kurmashmush. Kelin hayron, nega qaynonaning avzoyi birdan uzgardi. Tunu-kun hizmatda bo’lsa ahir ota-onasi ham qo’ldan kelgancha sarpo qilgan emasmi. Nahot millionlarga qarz evaziga kelgan mebellar arzimasa. Bunga ham sevgan insonning daldasi sabab chidadi. Alam qildi, ota-onasini haqorat qilsa ham tag’in jim chidadi.

Erta tongda boshlandi qiyomat mebelini olsuni bu kambag’al kelin yo’qolsin deb qoldi qaynona. Bo’ldi janjal bo’ldiki yetti mahalla eshitdiyov. Kambag’al bechoralarga bizni teng qildingga, qara bergan narsalarini degan dashnomlar bilan siylandi kiyov bola ham. U bo’ldi bu bo’ldi jankal arimadi, ket desa ham kelin ketmadi. Urushli kunlar qizisa qizidiki to’xtamadi.

Bir kun xa usha kun tongda mash’um habar butun kichik shaharchaga tarqaldi. Qishloqlik yangi kelin o’zini osib qo’yibdi. Ajal uning bo’g’zidan olib omonatini alam va hasrat, oppoq orzulariga chang solgan holda olgan emish. Oxir oqibat mebel-u gilam, sarpoyu-surug inson umridan aziz kelib uni o’limga hukm qildi.

Aytishganmish qaynonaga “Kelining oydek go’zal bo’lsa ham, botqoqdan chiqqan qurbaqa misol ekan. Mebelini kurdizmi egachi ahir sizdek boy inson xonadoniga shu yarasharmidi. Gilamichi uzi ishlatib kerak bo’lmaganda qizi sepiga qo’yganmi deymanda”. Tag’in gapiga kulguli qarashlar ham qo’shilgani qaynona nafsoniyatiga tekkanmish. Bu so’zlarning bolalab butun kichik shaharchaga tarqashi dard ustiga chipqon bo’ldi. Ana qaynona g’azab otiga mindiku qamchisidan qon tomib turgandek bo’ldi. Ana shu qonsiragan qamchi oppoq orzuli kelinchak qoni bilan to’yib keyin tinchidi.

Janoza tugar tugamas maxalla ayollari gap tarqatdi tag’in: “Kelin irodasiz ekan, qaranglara gunoxga botishini o’ylamay o’zini osib qo’yibdi. Hayot tashvishlariga chiday olmaskan turmushga chiqib nima qiladi” deb.

O’ylab ko’ringga aslida qiz gunoxkormi. Gunoxkor asli mish-mish tarqatgan g’iybatchilar emasmi? Butun axli inson qizni g’iybati bilan o’ldirgan o’sha mish-mishchilarning oshkora qotilligini ko’radiyu nega indamaydi. Ularni kim sud qiladi, kim jazosini beradi axir. Orzulari osmon kelin gap so’zlar sabab o’zini o’ldirsayu yana tag’in uzi gunoxkormi.

Atrofga qarang insonlar oshkora qotillik qilib jazodan ozod qolgan gunoxkorlar talagina. Baxtimiz o’z qo’limizda hech bir buyum inson hayotidan ustun emas. Siz esa oshkora qotillik qiladigan insonlardan asraning zero bir so’z bilan ilon inidan chiqqandek, bir gap bilan oydin orzuli insonlar nobut bo’ladi.

3.11 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.11 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.14 / 5
  • Муштарийлар баҳоси
    4.35 / 4

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

5 Xudoyberganov Ulug‘bek 18/04/2018
5 Mastura Xamroyeva 18/04/2018
3 Отабек Йўлдошев 18/04/2018
4 Doniyorbek Yulchiev 26/04/2018
3 Javohir Izzatullaev 29/04/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
17 та фикр