Osh yemagan Enrike

Mirzayor Erkinov
Саралаш

O‘tgan yil dekabr oyi O‘zbekiston uchun shov-shuvli voqealarga boy bo‘ldi. Ularning orasida Enrike Iglesiasning konserti chinakam shouga aylandi. Muhim siyosiy voqe’liklarga esa to‘xtalmayman.

O‘zbek muhlisi uchun kenja Iglesias qayta kashf qilindi, lekin aynan shu konsert vositasida mamlakatning zamonaviy imidjini ham bir qadar ko‘tarib olish mumkin edi.

Robbi Uilyamsga qayerinidir bekitib olishi uchun chopon sovg‘a qilishdi, masalan (har holda menga bu shunday ko‘rindi). Unga ham ikki qo‘limiz bilan ko‘zimizni yuma qolamiz.

Enrike Iglesias bu boshqa mavzu. U trenddagi qo‘shiqchi (garchi hozir unga nisbatan e’tibor 2000-yillar boshlaridagi kabi bo‘lmasa-da), ijtimoiy tarmoqlarda uni millionlab odam kuzatadi:

• Facebook’dagi sahifasiga 50 milliondan ko‘proq foydalanuvchi layk bosgan (salkam 49 million foydalanuvchi face-postlariga obuna bo‘lgan);

• Instagram’da 11,8 million;

• Twitter’da 14,2 million;

• YouTube’dagi Vevo-kanali esa 13 million obunachiga ega.

Enrike sahifalaridan yolg‘iz Facebook’da birgina e’lon berildi: u ham bo‘lsa konsert chiptasi rasmi qo‘yilgan, 28-dekabrda O‘zbekistonda konserti bo‘lib o‘tishi haqidagi event-yo‘qlama.

Boshqa tarmoqlarda esa bu haqida xabar ham berilmagan, konsert yakuni haqida na fotohisobot, na qayd qoldirilgan.

Homiy tomonidan ko‘rsatilgan tashabbus e’tirofga sazovor, lekin chipta tarqatilishidagi noxolislik yuzaga kelgani - eski tos, eski hammom va eng muhimi, jahonga mashhur san’atkorning tashrifi - informatsion-imkoniyatdan mamlakatning global imidji targ‘ibotida unumli foydalana olishmagan.

Deylik, Iglesiasga “10 reasons to visit Uzbekistan” kitobini sovg‘a qilish, uning media uchun mas’ul jamoasiga konsertning san’atkorning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida ham faol yoritilishini tayinlash zarur edi (Afsus bunga ham vaqtida imkon berishmadi).

Dunyo qachongacha bizni faqat yog‘li palov yeb, faqat shu taom bo‘yicha rekordini o‘zi yo‘qqa chiqaradigan xalq deb o‘ylaydi?

(Palov desa, fransuz kinoijodkorlarining “Однажды во Франции” (Vive La France, 2013) komediyasi xayolga keladi: yagona faxri tabule salati bo‘lgan Tabulistanga o‘xshab qolmaylik yoki tushunarli tilda aytganda - boshqacha “El-Klassiko” - faqat palovda kimo‘zarga odatlanib. Kutubxona yoki kovorking markazi qurishga kimo‘zar o‘yna, jilla qursa o‘n bet kitob o‘qishga, maktablarni ta’mirlash, hech bo‘lmasa, bozorlaringni, yuradigan ko‘changni tozalash, axlat tashlamaslikka kimo‘zar qil)

3.55 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.55 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.13 / 6
  • Муштарийлар баҳоси
    4.36 / 7

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

5 Xudoyberganov Ulug‘bek 18/04/2018
3 Baxtiyor Ahmad 25/04/2018
4 Javohir Izzatullaev 28/04/2018
2 Улуғбек Каримов 20/05/2018
4 Davronbek Alijonov 21/05/2018
5 Gulruxoyim Yusupova 21/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
5 та фикр