Nuqsonni kasb qilganlar yoxud nogironlik ayb emas.

Nuqsonini kasb qilganlar yohud nogironlik ayb emas.

Hammamiz ham ko`cha ko`yda ko`rgan duch kelgan vaziyat: ko`zi ojiz, nogironlik aravachasida o`tirgan, to`rt  muchasi sog`lom ba’zida esa o`zini nogironlikka solib o`tirgan insonlarni   “hudo yo`liga sadaqa qiling”,  “sadaqa baloni aritadi” va shunga o`xshash gaplarni aytib tilanchilik qilib o`tirganiga guvoh bo`lganmiz. Bunday holatlarga ko`pchiligimiz hatto e’tibor bermaymiz ham. Aslida  bu jamiyatimizdagi bo`shliqning  bir debochasidir. Avvalo  davlatimizda har qanday “o`qiyman” degan insonlarga ham “ishlayman” degan insonlarga ham sharoitlar yaratilgan. Alohida yordamga muhtoj insonlarga davlat tomonidan turli xil yordamlar(pensiya jamg`armasi, bepul tibbiy xizmatlar, ta’lim olish uchun maxsus muassasalar va b.sh)  ko`rsatiladiki ularning o`qib biron bir kasb-hunar egasi bo`lishi va kelajakda o`z-o`ziga hizmat qila olishi uchun yetarlicha sharoitlar yaratilgandir. Lekin, afsuski yuqoridagi vaziyatlarga hanuzgacha kunda – kunora duch kelaveramiz. Bunga asosiy sabab nima? Balki ko`rsatilayotgan yordamlar kamlik qilayotgandir? Balki, bunga mas’ul mutasaddi hodimlarning sustkashligi sabab bo`layotgandir? Balki, ota onalarning befarqligi va oqibatda aqliy noqisligi bo`lmagan farzandlarning hech qanday ta`lim olmagani natijasida o`z nuqsonidan “foydalanib” shunday ishga qo`l urayotganidir? Yoki nogironligi sabab biron – bir kasb egallamagan va noilojlikdan tilanchilik qilayotgandir?  Hullas bunga sabablar bisyor ammo aniq xulosa va yechim yo`q.  

Ba’zan, sog’lom insonlar ham o`zida yo`q nuqsonni bor qilib ko`rsatib tilanchilik qilganiga guvoh bo`lganman. Axir, nogironlik yoki nuqson orqasidan pul topish, tilanchilik qilish va oqibatda buni o`ziga kasb qilib olishi aqlga sig`maydi.

 Bunday nohush holatlarning oldini olish uchun avvalo tug`ilajak farzandlarning sog`lom rivojlanishini ta`minlash;

Bo`lajak onaning shifokor qabuliga vaqtida borishi va sog`lom muhitda rivojlanishiga sharoitlar yaratish;

Farzandlarning ta`lim – tarbiya olishiga e’tiborsiz bo`lmaslik;

Ularning bo`sh vaqtini samarali tashkil etish;

Nogiron farzandi bor oilalarda esa tushintirish ishlarini olib borish kerak. Bunga  asosiy sabab,  ko`plab nogiron farzandi bor oilalar o`z jigarbandlarini ommadan uyalishi natijasida  yashirish  holatlari va ularni jamiyatga qo`shmaslik,  hech qanday ta`lim – tarbiya va kasb-hunar egallamasligi oqibatida esa bolaning hattoki o`z – o`ziga hizmat ko`rsata olish malakalarining ham shakillanmasligiga olib keladi. Bu esa juda achinarli holatdir.  Yuqorida ko`rsatilgan vaziyat va holatlarga bunday bolalarning tushib qolishi 100% ko`rsatkichdan 90 % ni tashkil etadi.  Assuski bu ko`rinib turgan ayni haqiqatdir. Yuqoridagi sanab o`tilgan vaziyatlar har kimning ham boshiga tushishi yoki yo`lida uchrashi mumkin. Masalaning mohiyati avvalo sog`lom turmush tarziga rioya qilish, ta’lim olish yohud hunar egallash va albatta befarq va bee`tibor bo`lmaslikni talab etadi.  

2.54 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.54 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.13 / 2
  • Муштарийлар баҳоси
    4.35 / 1

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
1 та фикр