Men qishloqda turaman-u,lekin o'ylab qolaman,nahot do'ppi kiygan inson o'zini noqulay his qilish darajasiga yetsa.Xuddiki "neandertal" odamga qaraganday qarashsa(alam qiladigani o'z yaqinlaring,hamqishloqlaring),kiming qazo qildi deb so'rashsa haqiqatdan ham noqulaylik his etasan kishi,buning ustiga ular aytgandek,shu paytgacha qilmagan ishingni qilibsan tinchlikmi???Men shunda o'ylab qolaman va taajubga tushib so'rayman nima faqat yaqin kishilar qazo qilgandagina boshga do'ppi kiyiladimi???va undanda hayratlanarli javob olaman,Ha,albatta....Ha rostdan ham men tug'ilganimdan shu kunga qadar do'ppi kiygan kunlarimni barmoq bilan sanasa bo'ladi.Lekin men ayni yosh va navqiron paytimda,ba'zibir yaqinlarim fikri bilan aytganda eng o'ynab kuladigan paytimda, do'ppi kiyib yurishga qaror qildim,va "neandertal"odam laqibini ham oldim,ba'zilarning fikri ojiziga ko'ra.Ha chindan ham milliyligingni targ'ib qilishga bel bog'laysan,o'sib kelayotgan yosh avlodga o'rnak bo'lishga urinasan,alal oqibat "neandertal" odam tamg'asini qo'yishadi.Boshida e'tibor bermaslikga urinasan,sal o'tib buni unitasan,va alal oqibat ular ham bunga o'rganib qolishadi.Eng muhimi shuki,"neandertal" odamning maqsadi ezgu va ulkan, u shu tamg'a evaziga bo'lsada "mentalitetimizga" mos keluvchi va milliyligimiz ramzi bo'lgan do'ppini o'zimizning yoshlarga,yoshlarimiz boshiga qaytarish.U haqiqiy boshpana,haqiqiy milliy ruhni aks ettiruvchi vosita,va eng muhimi dunyoning istalgan yerida bo'lishingdan qat'iy nazar, qayerdan ekanligingni anglatuvchi O'zbekona do'ppi....
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
5 та фикр