Milliylik-millat ko'zgusi yohud Do'ppi g'iybatchilari...

Ulug'bek Narimanov
Саралаш

Ma'lumki, barcha davlatning o'z milliy bayrog'i, milliy madhiyasi, tamg'asi, madaniyati va albatta milliy liboslari bo'ladi. Men bugun libosga urg'u bermoqchiman. Chunki hozirgi zamonda "Ommaviy madaniyat" huruji  tobora kengayib borayotga ekan bu mavzuga to'xtalmasdan ilojimiz yo'q. O'zimdan misol qilaman:

-Kecha bozorga borgandim. Bozor oldida bir onaxon do'ppi sotmoqda. Tez bordim. Ko'k gulli qalampir chizgili bir do'ppi menga juda yoqdi... Sotib oldim-u darrov sotuvchiga qarab:

-Yarashdimi?

-Yarashdi o'g'lim...

O'sha kuni ketayotsam yo'limdan uchragan odam menga g'alati nigoh bilan qarayverdi. Hayron bo'ldim. Yo'ldan bir tanishim chiqib shosha pisha kim o'ldi??? dedi. Bir uchib tushdim. Hayron qoldim... Nima endi do'ppini faqat odam qazo qilsa kiyamizmi?...

Ertasi kuni kollejgaham do'ppi kiyib bordim. Tengdoshlarimning yarmi havas qilishdi. Bizham do'ppi kiyamiz deyishdi. O'qishdan qaytayotsam  qanaqadir yirtiq shim kiygan yigit menga qarab kuldi. Yech boshingdagini nima qilasan? dedi. Bu axir milliyligimiz-ku dedim. Yonida yana ikkita do'sti bor edi. Ularham do'stini gapini ma'qulladi...

Xulosa qilaylik... Aytingchi do'ppini faqat ma'rakada kiyasizmi? Nima u keraksiz lattami? Kechirib qo'yasiz yirtiq shim kiygan yigitlar-u yevropaga taqlid qilayotgan qizlar! Do'ppi bu- milliylik nishonasi, millatning ko'rki. Qachongacha o'z milliyligimizdan qochamiz? Kelajakda farzandlaringiz milliy kiyim haqida so'rasa shkafingizdagi kepka, shlyapa yoki chet el kiyimlarini ko'rsatasizmi? Yo'q!!! Bunday kelajajakning ma'nosi yo'q. Bunday qarashlarni yo'q qilib bo'lmaydi deysizmi? Adashasiz! Buning eng maqbul yo'li bu oila, maktab, maxalladir. Yoshligidan to'g'ri tarbiya olgan farzand hech qachon egri yo'lga yurmaydi. Mahalla, oila, maktab birgalikda farzandni tarbiyalasa farzand albatta millat jonkuyari bo'lib ulg'ayadi. Mamlakatimizda so'nggi yillarda milliylikka juda katta e'tibor, xurmat kuchaydi. Xatto do'ppini ta'lim muassasalari formasiga kiritilmoqda.  Milliylik har qadamda bizga o'zligimizni, kimligimizni va kimlarning avlodidan ekanligimizni eslatib turadi. Shunday ekan milliylikni unutmaylik zero Tarixsiz-kelajak yo'q! 

3.22 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.22 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.14 / 1
  • Муштарийлар баҳоси
    4.36 / 2

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
1 та фикр