Maktab Formalarini Majburiy Kiydirishni To'xtatish Uchun 3 Sabab !

Bir qancha muddat avval yangi maktab formalarini sinovdan o’tkazilayotgani haqida yangiliklarni hammamiz eshitgan bo’lsak kerak. Eshitmaganlar uchun eslatib o’tay bo’lmasa, o’tgan yilning boshlarida yagona maktab formasini joriy qilish tashabbusi Pzidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan edi! Xozirgi kunlarda esa, ana shu yagona formani qanday dizaynda bo’lishini belgilash maqsadida musobaqa o’tkazilib deyarli, yakunlanyapti! Shaxsan men uchun formani qanday dizaynda bo’lishi unchalik muhim emas. Asosiysi, arzon, qulay va 2 yil kiyish mumkin bo’lishidadir. Iloji bo’lsa maktablarda forma kiyish majburiyatini olib tashlashsa ham, mayli edi. Nega deysizmi? Chunki xozir sizlarga forma kiyish maburiyatini olib tashlash uchun 3 ta sababni tayyorlab qo’ydim. Demak boshladik!

1.Pulni Tejaymiz ( anchagina )

Avvalambor, maktab formalarini olib tashlash orqali ko’plab oilalarning 2 oyda yaroqsiz xolatga keluvchi ko’ylak yoki shimlarni falon pulga sotib olish uchun qiyanalayotganlarga yordam bergan bo’lamiz. Oddiy xisob kitob qilib ko’raylik, bitta o’quvchi uchun bir yillik formani sotib olish uchun qancha pul kerak bo’ladi? Ancha! Shaxsan men kollejda o’qiyman, lekin, maktabda o’qib yurgan kezlarimda kamida 3ta ko’ylagim 40 ming so’mdan, 2 ta shimim 75 ming so’mdan, qishki va yozgi oyoq kiyimlarim 200 ming so’m, galstuk va hokozo mayda-chuydalar bilan 500 ming so’mdan oshiqqa tushib ketardi! ( taxminan xisob qildim, anig’i esimda yo’q, to’g’rilik darajasi 80% ) O’ylab ko’rsam, xuddi shu pulga taxminan va o’rtacha narxda 41 ta baadiy kitob yoki 25-30 ta ilmiy-ommabop kitob sotib olib butun boshli kichik kutubxonachangizni yaratib qo’yishingiz mumkin-a!

2.Noqulay

Xozir ko'pchilikni boshidan " O'sha 500 mingga olgan formmasi-yu, oyoq kiyimini boshqa paytlar ham kiyadi. Faqat maktabga borgandagina tufli kiymaydi-ku" degan savol berishlari mumkin. Bunga ham javobim tayyor! Formani noqulay deb atashimga yagona sabab-uni issiq kunlarda kiyish issiq, sovuq kunlarda kiyish sovuq! Men doim aprel yoki sentabr, oktabr oylarida o'qib yurganimda mayka va ko'ylak kiyib issiqdan kallamga hech nima kirmasdi! Qishda esa aksi bo'lib, bu formalar sovuqlik qilib qolar edi. Erkin harakatlanish kabi muommolarni aytmasak ham, hamma biladi. Agar biz kiyib yurgan libos bizga qulay bo'lmasa uni kiyishdan nima Ma'no?

3. Ta'limga Nima a'loqasi bor?

Xozirgi kunda chiroyli kiyingan insonlar emas ilmli va saviyali odamlar dunyoni "boshqarayotgan" bo'lsa, axir. Kuzatuvlar natijasida shuni aniqladimki, nodavlat o'quv muassasalaridayam forma joriy etilmaganini sababi juda oddiy - Bu yerga bolalar kimdandur ajrab turushchun emas ta'lim olish uchun keladi! Asosiy maqsad ta'lim olish - forma kabi juda ko'p vaqtni oluvchi omillardan yiroqman. Xuddi Sukerberg aka singari )))

Albatta yangi va yagona joriy etilajak maktab formasi pishiq va qulay bo'lishini va'da qilishyapti. Baribir, har kuni ertalab turib yarim soat vaqtni maktabga kiyinish uchun sarflagandan ko'ra 50 bet kitob yoki sport bilan shug'ullanish foydaliroq va issiq yoki yengilgina o'zingizni kiyimlarinigizni kiyib maktabga borib kelish anchagina zavqliroq va foydaliroq deb o'ylemanm! Izohlarda albatta fikringizni qoldiring, fikrlaringizni o'qishdan xursandman ( negativ bo'lsa ham ) !

3.40 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.40 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.15 / 3
  • Муштарийлар баҳоси
    4.35 / 10

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

5 Shukurullo 27/04/2018
4 Ezo Ismatova 27/04/2018
4 Ҳабибулло Мўйдинов 27/04/2018
3.5 Yuldashev Islombek 27/04/2018
4 МММ 27/04/2018
4 Abdusaid Saidahmatov 28/04/2018
5 Озода Азимова 29/04/2018
5 Ezoza Umarova 30/04/2018
4.5 Shahboz Abdunabiev 02/05/2018
2 Sardor Kattabekov 17/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
7 та фикр