Mahalliychilik.

Farruxbek
Саралаш

"O‘zbekni tugatar mahalliychilik" deb aytganlar haq deb o‘ylab qolaman ba‘zida. Bu narsa jamiyatimizda mahallalardanoq darhol ko‘zga tashlanadigan xunuk holat.

Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p kuzatganim, respublikamizning "X" hududidan chempion chiqsa "X" hududdagilar boshlaydi "bu bizdanda bizni oshni yeb shunaqa kuchayib ketgan" va hakozo gaplar. "Y", "Z", "W" va boshqa hududdagilarni javobi esa "qayerlik bo‘lsa ham o‘zbekku, bilamiz qayerda tug‘ilganini eslatish shartmas, O‘zbekistonlik u".

Endi o‘sha "X" hududimizda yomon ish bo‘ldi kimdir bolasini, kimdir erini yoki kimdir otasini o‘ldirdi. Bu vaziyatda "X" hududdagilar bu odamni o‘zlarini oshini yeb katta bo‘lganini unutadi va hammamiz bir millat ekanligimizni eslaydi. "Y", "Z", "W" da yashaydiganlar esa faqat chempion bilan emas, ana o‘sha odam bilan ham millatdosh ekanligini unutib uni "X" hududdanligini isbotlashga tushadi. Biz alohida alohida jamiyatlar emas, bir butun holimizda o’zbek bo’lamiz. Aybi oshkor bo’lganda o’zimizdan itarishni emas, bir yoqadan bosh chiqarib, muammoni oldini olishni o’rgansak yaxshiroq bo’lardi, shunaqa vaqtlarda. Bu albatta, IMHO.

Bunday misolga kunda-kunora ijtimoiy tarmoqda, ba’zan hayotda ham tez-tez duch kelamiz. Muammoning asl ildizi real hayotimizda juda chuqur. Tarmoqlarda isitmasi oshkor qilishni boshlagan. Bu muammoga barham berish uchun balki yillar kerak bo’lar. Chunki ongida men o’zbekman, O’zbekiston mening yurtim degan tushuncha shakllangan avlod ulg’ayishini kutishimiz kerak. Aslida, bu ishni o’z farzandlarimizdan boshlashimiz kerak. Men, siz, u va boshqalar farzandlarimizni "buxorolik", "qo‘qonlik", "toshkentlik", "andijonlik", "namanganlik", "gulistonlik", "jizzaxlik" va boshqa joylik emas "O‘ZBEKISTONLIK" qilib tarbiyalaylik. Toki "O‘ZBEK" millatimiz 92 urug‘ga ajrab ketib qolmasin.

3.01 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.01 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.16 / 3
  • Муштарийлар баҳоси
    4.36 / 5

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

5 Fozil Boyoxunov 26/04/2018
5 Diyor Imamkhodjaev 26/04/2018
5 Baxtiyor Ahmad 26/04/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
1 та фикр