Korrupsiya - millat dushmani

Korrupsiya millat tanazuli.

Korrupsiya (lot. corruptio — aynish, poraga sotilish) — mansabdor shaxsning oʻz mansabi boʻyicha berilgan xuquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiisteʼmol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham korrupsiya deyiladi. Biz yashaydigon hududda yani Andijon viloyati qaysidur tumanda bolalar bog'chasiga enagalik lavozimiga kirish stavkasi naht 100$ ekan qarang agar pul bermasang bir nechta qovun pishig'i o'tib ketsaham sizga bo'sh o'rin topilmas ekan. Qo'sh qo'sh do'konlari, mashinasi bor kam taminlanganlar 3-yoshgacha bolalar puli oladigon zamonda, davlat ishida arang 700-800ming oylikga ishlaydigon oilaga bu pul berilmas ekan sabab esa siz davlat ishida ishlaysiz. Qalovini topsang qorham yonadi deyishadi agar MFY mutasaddilAriga shu bola pulini dastlabki 2-oyi siznki deb kelishilsa agar shu bola pulini olish yo'li  qayerdandur paydo bo'ladi  Ha aytgandek davlat ro'yxatida ishsiz deb qayd etilgan boyvachchalar esa BENJAMIN FRANKLIN tog'a bilan qilingan aloqasi tufayli davla budjetidagi aynan o'z egalariga yetib borishi kerak pullarga ega chiqadi nima qilibdi? Ahir buham biznes avval pul tikib keyin ikki uch oyda shu sarflagan puli daromad qilib qaytib keladi hozir aynan ishbilarmonlarning zamoni bo'lsa. Bir yoqda yetimlarini arang EKIH bilan boqayotgan ayollar umid bilan MFY eshi tagidan noumid qaytishayotganiham bor gap. O'zim guvohi bo'lgan holat haqida MFYga spravka uchun borgan edim paxta mahali edi. MFY kotibi bir notanish ayol kishiga telefon orqali men bilmayman hoziroq paxtaga chiqasiz bu hokimni buyrug'i, bu prezidentni buyrug'i deb bir ayol kishiga dag' dag'a qilyapti ayol esa bolasi yolg'iz qolishi yoki betobligi haqida gapirgani aniq yodimdan ko'tarildi biroq anashu diktator kotib meni ishim yo'q paxtaga chiqasiz deb bir bolalar puli oladigan ayolga taziq o'tkazayapdi agar rad etsa jazo bolalar puli berilmas ekan. Suhbat yakunida men kotibga aka sizga kim huquq berdi nega o'zingizcha odamlarga hukum o'tkazayapsiz deganimda sen aralashma uka seni  hech kiming bo'lmaydiku deb javob berdi. Shu payt kompyuter qarshisidagi bir tannoz yosh qizcha paxtaga chiqadida pulni olgandan keyin desa bo'ladimi menga? Pulni sizlar yoninggizdan berayapsizmi aynan shu gapinni prokuraturadahama aytaolasizmi degan savolimdan keyin kotib ukaana spravkang tayyor deb suhabtni bo'ldi. Bechora bola pulini oladigan ayollarimiz shu pul uchun uyida imkon bormi yo'qmi, farzandi kasalmi sog'lommi farqo yo'q paxtaga chiqishga majbur rad etsa pul berilmaydi degan tahdid. Bu qaysi adolat meyyorlariga mos keladi aynan hokimning buyrug'i deb begona ayolga do'q urgani kim huquq bergan ularga aynan hokimlarmi yoki boshqa kimdur? Korrupsiyaga qarshi nafaqat davlat organLari balki biz fuqorolarham kurash olib borishimiz kerak. Dastavval oiladan boshlash maqsadga muofiq deb bilaman.  Farzandlarimizga o'zbekona turmush tarzi halol va xaromni farqiga borishni ongiga songdira olsak bizni yuksalishimizdan to'sin turuvchi bu illatni ildiziga bolta urgan bo'lamiz. Korrupsiyaga qarshi kurashish oila va maktabdan boshlab yoshlar ongiga singdirish ta'lim sifatini yanada yuksaltirish asosiy omillardan deb xisoblayman. Korrupsiya bu demokratik davlatning eng katta va xal etish shart bo'lgan muammosi xisoblanadi. Korrupsiya siyosiy yo'nalishlardaham juda keng ommlashgan jinoyat xisoblanaadi. Saylovlarda saylov jarayoniga tayorlanishdagi sarf xarajatlarni qoplab berish vadasi, saylobchilarni ovozlarini sotib olish, buletenlarni soxtalashtirish yoki kimlargadur mansabdor bo'lob olganidan keyin turli mansabdan foydalanib qonunga xilof ravishda manfaatlar yaratib berish vadasi bilan odamlarni o'zi tarafiga og'dirib olishham juda ko'p uchrab turadi. Millatning umidi, xalqning vakili korrupsiya ortidan mansabdor bo'lgan shaxs yurt ravnaqi uchun qanday xissa qo'shadi, odamalar dardini xis etaolmaydi bu esa jamiyatimizda notenglikni kelitiirb chiqaradi. Korrupsiyani asosiy sabab va omillari yurtimizda ta'lim tizimi butkul izdan chiqgani va islohotga muhtoj ekanliki sababdur. Bir abuturent talaba oliy o'quv yurtiga pora evaziga kirib o'quv jarayonlaridaham ustozlarga pora berib hatto mutahasislik diplomiga ega bo'lguniga qadar korrupsiyadan foydalangan talaba qanday halol kadr bo'lib yetishib chiqish mumkun? Uning butun faoliyati faqat korrupsiyadan iborat bo'lganidan so'ng bir mansabdorlik  lavozimiga kelganidan so'ng eng birinchi fikri o'zi sarf etgan xarajatlarni qaytarish bo'ladi bu uchun xarqanday noqonuniy yo'llaran foydalanadi va uning uchun xalq dardi ikkinchi darajadaga aylanadi. Singapur iqtisodiy riojlanganlikiga asosiy sabab aynan ularda birinchilar bo'lib korrupsiyaga barham berilgani emasmi butun dunyo deyarli hozir Singapur iqtisodiy modelidan foydalanib keladi. Jamiyatimizda korrupsiyani ildiz otishida yana bir omil bu qog'ozbozlik va fuqaroni ma'lumoti ahamiyatga ega bo'lob qolgan eski davr odatiga yopishib olganimizdur. Aksar holatlarda biz yoshlar asosiy maqsad bilom olish emas  shunchaki diplomga ega bo'lib bir kursini bamd etish asosiy maqsad bo'lib qolgan. Endi savol tug'uladi har qanday yo'l bilan bo'lsada faqat diplom hujjat uchun talaba bo'lgan kadr qanday qolib kasbiy mutahasislikga ega bo'lsin unda bilim va kasbga bo'lgan muhabbat va sadoqat bo'lmahamdan keyin asosiy maqsad faqat yaxshi yashash, hashamat bo'lgan inosndan qanday vatan uchun manfaatli kadr yetishib chiqadi? Talim tizimini isloh qilmasak boshlang'ich ta'limdan to oliy ta'limgacha halollik va shaffoflikni tamonlamasak o'qtuvchilarga hurmat va extiromni yuksaltirmasak har qanday amaldagi qonunlar yangi ishlab chiqarilgan va chiqariladigan qonun hujjatlari farmonlarham korrupsiyani barham topishiga yordam bermaydi. Farzandlarga go'daklik chog'idan yurtga sadoqat halol yashash bor narsaga qanoatlanib sabr etishga o'rgatmasak korrupsiya, poraxo'rlik kabi illatlar jamiyat tanazuliga yetaklab boraveradi.Korrupsiya nimasi bilan xavfli? Dastavval davaltimizda yuksak malakali kadrlar yetishib chiqishida salbiy tasir etadi, jamiyatda fuqaroLar aro iqtisodiy ijtimoiy  tenglik, ta'lim va sog'liqni saqlash tizimini izdan chiqishi va boshqa turli salbiy oqibatlarga sabab bo'ladi. Fikimcha JKning aynan 210-211 moddalariga jinoyat uchun belgulangan jazolar yanada og'irlashtirish kerak deb bilaman Xitoy DR kabi o'lim jazosi bo'lmasada umrbot qamoq yoki aministya berilmaslik bandi kiritilsa bu illat kamayrmidi oz bo'lsada bu JKdagi 158-modda eng og'ir jinoyat yani konistitutsion tuzumga tajavuzdan kam jinoyat emas mening fikrimcha. Sud, prokuratura sohasi amaldorlari korrupsiyaga botib qolganliki ularning jinoyatlari haqida OAV vositalari deyarli yiliga kamida 2-3marotaba xabar bermoqda. Xo'sh aynan korrupsiya poraxo'rlikga qarshi kurashuvchi adolat posbonlari o'zlari shu boqoq ichida ekan oddiy xalq kimga dardini aytsin. Huddi yirtqich bo'ri o'rmonda tabib bo'lgan sherdagi holat yodimga keladi.

Nelar bo'lmas jahonda yer go'yo ters aylandi tabiblikga o'rmonda yirtqich bo'ri saylandi. 

Ana qarang tish qayrab o'tirar shum shifokor,

Yo'lgq boqar jovdirab tezroq kelsa deb bemor....

Korrupsiyaga barham berish uchun  yoshlarga maktab yoshidanoq oz bo'lsaham dunyoviy bilimga qo'shimcha diniy ilmham o'rgayib uarni ruxini tozalab borish maqsadga muofiq. Toxir Malik ustozning bir men uchun eng sevimli bo'lgan juma so'zlari bor "Bazan eshitib qolamiz bolani ongini ding bilan zaharlamang, Anglamolikimiz shartki bolani  ongi ding sarchashmasidan bebaxra qolgandagina zaharlanadi" Mehmon tuyg'ular kitobidan. Xar bir mansabdor avvalo  alloxni sevsa, iymoni buyun bo'lsa, yutrdoshlarini o'z ota onasi, oilasidek qabul qilsa va kasbiga sadoqat va vijdon bilan yondoshsa albatta bu salbiy illat asta sekinlik bilan barham topadi.

3.32 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.32 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.13 / 2
  • Муштарийлар баҳоси
    4.35 / 3

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

4 G'ayrat Norqobil 20/05/2018
2 Abdurahmonov Iskandar 20/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
2 та фикр