Jim turing, shovqin solmang, bloggerlar so‘zlasin...

Kamoliddin Mannopov
Саралаш

Jahon hamjamiyatida axbotor texnoligiyalari va internet juda tez suratlarda rivojlanib bormoqda va hayotimizning har bir sohasiga kirib boryapti. Natijada, har bir sohada ajoyib qulayliklar yaratilib ish unumdorligi, mahsulot sifati va ish jarayoni mukammal hisob–kitoblar bilan tashkil etilmoqda. O‘tgan 20-asrda rivojlanish sanoatga asoslangan bo‘lsa, 21-asrga kelib barcha sohalar komputerlashgan tizimda o‘tib bo‘ldi. Albatta, bu o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmadi, balki rivojlangan davlat olimlarining tinimsiz ilmiy izlanishlarining mehnat mahsuli hisoblanadi. Ya’ni, taraqqiyot ta’limga asoslandi! Pirovardida, dunyo davlatlarining iqtisodiyoti ham davlat boshqaruviga mos ravishda rivojlanib bordi. G‘arb demokratiya, ochiq fikrlik va iste’dodlarning e’zozlanishi hisobiga butun dunyo iqtisodiy, ijtimoiy, va siyosiy ilmiy asoslarini ishlab chiqdi va har bir soha bo‘yicha xalqaro tashkilotlarni tashkil qildi. Boshqa davlatlar esa o‘z-o‘zidan ergashishga majbur bo‘ldi. Ilm-fan bilan dunyoni bo‘ysundira oldi.

O‘zbekiston ham sobiq Sovet Ittifoqidan ajralib chiqib, o‘z rivojlanish yo‘lini tanladi va o‘tgan chorak asr (25 yil) qaysidir ma’noda qisman maqsadiga erishdi. Bu davr mobaynida korrupsiyaga asoslangan sobiq Sovet Ittifoqidan qolgan uslub hukumat boshqaruv madaniyatiga o‘z ta’siri o‘tkazdi va haliham bu illat jamiyatimizda saqlanib qolmoqda. Eng achinarlisi, ommaviy axborot vositalari( Oav) va majlislarda davomli tarzda yolg‘on hisobotlar berilib bordi. Hammasi to‘g‘ri, muammo yo‘q. Xullas, SH (shukurchilik) vitaminiga to‘yintirilgan “buyurtma” xabarlar, ma’lumotlar va statistika jamiyatda formula darajasiga ko‘tarildi. Surxondaryoning chekka bir qishlog‘idan yuborilgan murojaatlar, hatto, quyoshli mintaqaning Darband chegara postidan ham o‘ta olmas edi.

Inson qadrini ko‘tarish va butun dunyo aholisini baxtli yashashga haqli ekanligini his qiladigan rivojlangan davlatlar boshchiligida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Elektron hukumat (Electron Government), Elektron boshqaruv (Electronic Governance) dasturlarini ishlab chiqdi. O‘zbekiston ham BMTning ushbu loyihasini tadbiq qila boshladi. Albatta, bu dasturlar ularning katta moliyaviy va texnik yordamlari (investitsiyalari) hisobiga amalga oshirilmoqda. Xalqaro tashkilotlarning maqsadi bitta-har bir fuqaroning ovozini eshitish! Bu juda muhim va zarur hisoblanadi. Ushbu loyiha mamlakatimizda eng samarali loyihalardan bir bo‘ldi deb o‘ylaymiz. Sababi, har bir O‘zbekiston fuqarosi president va markaziy davlat tashkilotlariga tog‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishi yoki takliflar berishi mumkin. Tan olish kerakki, bu sohada interaktiv davlat xizmatlarida jismoniy va yuridik shaxslar uchun juda ko‘plab qulayliklar yaratildi. Xozirda barchamiz internet nashrlari yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali respublikamiz va dunyo bo‘ylab bo‘layotgan yangiliklardan boxabarmiz va o‘z munosabatimizni bemalol bildira olamiz. Firk bildirish erkin, cheklovlar yo‘q. Ajoyib! Demak, biz o‘z dunyoqarashimiz va fikrlashimizga mos kishilar davrasidamiz. Ya’ni, biz o‘z bilimimiz va munosabatimizni bildirib internet orqali jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shib kelmoqdamiz. G‘oyalarni hurmat qiladigan STARTUP lar davrida internetdagi o‘zbekistonlik faollari ham ajoyib ishlarni boshlab yuborgan. Bloggerllar chempionati o‘tkazilmoqda.

2018-yil bahorida bir necha fidokor kishilarni harakati bilan Bloggerlar chempionatiga start berildi. Maqsad-yangidan-yangi g‘oyalarni olish va iste’dodlarni kash qilish. Eng qizig‘I ushbu loyiha davlat tashkilotlari yoki xozirda cheksiz imkoniyatlarga ega Yoshlar Ittifoqi tashabbusi bilan emas, aynan xususiy tashkilotlar tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda. Chempionatning oxirgi kuniga kelib 350dan ziyod blog-postlar yuborildi va bular orasida o‘z sohasining ajoyib ma’lumot va taklif-loyihalari bilan qatnashganlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Barcha qatnashchilarning ishlaridan rivojlanish maqsadini ko‘rishimiz mumkin. Ba‘zi ishlar shundayki, chempionat mukofot jamg‘armasidan ham qiymatliroq narxga ega. Bu shunchaki pul yutib olish uchun tashkil qilingan bir tadbir emas, bilimlar bellashuvi. Bu kabi aholi takliflari bilan ishlash rivojlangan davlatlar davlat boshqaruviga xosdir. Fuqarolar bilan birga jamiyat taraqqiyoti, tinchligi sari qadam bosish. Amaliy harakatlar. Quvonarlisi, ushbu chempionatni bir nechta davlat tashkilotlari ham qo‘llab–quvvatlamoqda. G‘oyalarga milliardlab sarflanadigan xozirgi dunyoda, bizning O‘zbekiston hukumati ham bu kabi bloggerlar chempionatlarini davlat dasturiga kiritish kerak. Hududlar bo‘yicha sohalarni rivojlantirish chempionatlarini tashkil qilinsa va o‘z loyihasi bilan yetakchilik qilgan kishilar yoki guruhlar onlayn (online) tarzda final bosqichlarida bahs munozara bilan bellashsalar, barchasi haqqoniy bo‘lar edi. Aytaylik, hukumat bir sohani rivojlantirish uchun Germaniya yoki Januniy Koreadan loyihalarni sotib olmoqda va juda katta mablag‘ sarflanmoqda. Lekin hukumatimiz ushbu ishlarni o‘z fuqarolarimiz bilan hamkorlikda amalga oshirsa, iqtisodiy va ijtimoiy tomondan foydali bo‘lar edi. Masalan, aytaylik, Samarqand viloyatini sohalar bo‘yicha rivojlantirish uchun tanlov e’lon qilinib va g‘oliblar loyihalari davlat tomonidan moliyalashtirilsa, ikki tomon uchun ham iqtisodiy va ijtimoiy tomondan manfaatli bo‘lar edi. Ushbu loyihalarning barcha ma’lumotlari oshkora tahlil qilib borilsa, aholimiz va hukumatimiz uchun ham jamyatni rivojlantirishda oshkoralikka asoslangan ajoyib model bo‘lar edi. Tinib-tinchimas g‘arbliklar kabi biz ham barcha sohada tajribalarimiz natijalariga asoslangan loyihalarni amalga oshirsak, xozirgi kundaki kabi mahalliy hokimiyat rahbarlari yoki ba’zi tashkilot rahbarlaridan norozilik holatlari hamda davlat tashkilotlari va aholi o‘rtasidagi ko‘rinmas devorlar o‘rniga bir-birini fikrini hurmat qiladigan va aholini qo‘llab-quvvatlaydigan davlat boshqaruv muhitiga erishamiz. Maqsadimiz bitta-ochiqlik va halollikka asoslangan jamiyat qurish bo‘lishi kerak. Yetakchilarmizni ilmli, vijdonli va fidokor kishilardan tanlaylik, aziz vatandoshlar. Poraxo‘r va maddohlardan voz kechib, mardlar bilan jamiyatimizni quraylik, maqsadlarimizga ilm bilan erishaylik. Zero, o‘z sohasini ilm egalari hech qachon vatanini sotmaydi, xalqiga xiyonat qilmaydi, xalqi bilan birga bo‘ladi. Ta’lim tizimini rivojlantirish-O‘zbekistonimiz taraqqiyoti asosidir!

Kamoliddin Mannopov

3.37 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.37 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.14 / 2
  • Муштарийлар баҳоси
    4.36 / 1

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

4 G'ayrat Norqobil 20/05/2018
4 Abdurahmonov Iskandar 20/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
1 та фикр