Harakat yoxud Hojiboy Tojiboyevning “BIR BURDA NON TEXNOLOGIYASI”

B
Саралаш

Abituriyent… Qarshisida “yil” deb atalmish katta “tog’” turibdi. Uni qanday bosib o’tish o’ziga bog’liq. Unga ta’sir etuvchi kuchlarga to’g’ri yo’l bilan qarshi chiqibgina tog’ning narigi tarafida turgan “talabalik”ka erishishi mumkin, aks holda qulashi hech gap emas. U badavlat bo’lishi mumkin. Hech qanday mehnatsiz “pulini to’lab” mashinada tog’dan oshib ham o’tar. Biroq, bugun tog’ni oshib o’tishga yordam bergan “sevimli mashina”si ertaga u qulagan jarlikdan olib chiqa olmasligi turgan gap. Bu – korrupsiya. Mehnat, mehnat va yana mehnat… Faqatgina shu yo’l kamolotga olib chiqadi.

Hayot nimaning yoki kimning haq ekanligini o’zi ko’rsatadi va bu jarayonda kishini sinab ham oladi. Bunda faqat yuksak iroda va sabr bilan yo’lda davom etish mumkin.

Talabalikka erishganimdan buyon men bilgan abituriyent do’stlarimning ko’zidagi havas va yuragidagi qo’rquv ularni ruhlantirish maqsadida ushbularni yozishga undadi.

Diplom – bir parcha qog’oz. Ammo shu bir bo’lak qog’ozda dunyoning kuchi jamlangan; mana shu qog’ozda kamida to’rt yil umr, to’rt yillik xotiralar bor; ushbu qog’ozgina dunyo hamjamiyatida yuqori o’rinlariga olib chiquvchi narvon bo’la oladi. Harakatda davom et…

Gohida “sevimli mashinasi” borlar asosiy to’siq bo’lib ko’rinadi. Jamiyatni orqaga tortuvchilar ham shular… Cho’chima...

Sendan kuchliroq kishi yo’q. Sen kuchli deb hisoblaydiganlar esa sendan avvalroq boshlashgan, xolos. To'xtama...

Manzilga oz qolganda hayajon ortadi. Ba’zan hech nimani o’rganmagandek bo’lasan. Kam bo’lsa ham siljiyapsanmi, demak sen harakatdasan. Umidingni so’ndirma…

Shuni aytishim lozimki, “abituriyent” shunchaki mavzu qahramoni bo’lmoqda, xolos. Qaysi sohada bo’lishingizdan qat’iy nazar o’zingizga bo’lgan ishonchni va qo’ygan maqsadingizni unutmasligingiz kerak. Men o’zim uchun kashf etgan Hojiboy Tojiboyevning “BIR BURDA NON TEXNOLOGIYASI” ni barcha o’zi uchun qabul qilishini xohlardim. So’z ustasi o’zining turkumlarining birida aytgan edi:

“…Endi biz ham sut-qatiq sotuvchilariga o’xshab uyma-uy baqirib yursakmikan, “Qiziqchiiii, qiziqchi keldi, qiziqchiii”, - deb. Odamlar ham so’raydi:

- Necha pulga kuldirasan?

- Aka, bitta non bersangiz yetadi.

- Iya, qimmat ekansan-ku.

- Bitta nonga qimmatlik qilamanmi, aka?!

- Mana, kecha bittasi bir burda nonga kuldirib ketdi ”.

Bu texnologiyani o’zimizga moslab olsak, bir burda nonga kuldiruvchi qiziqchi kamroq bo’lsa ham harakati bilan bitta nonni to’play oladi. “Toma-toma ko’l bo’lur” zayilidagi maqolni shu nuqtada eslab o’tishimiz mumkin.

Muhimi, qo’yilgan maqsad uchun harakatda davom etish lozim. “Imkoni yo’q” deb hisoblaydiganlarni esa, “imkoniyat” axtarib, harakat qilayotganlarga xalaqit bermasliklarini so’rab qolaman :)

2.83 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.83 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.15 / 2
  • Муштарийлар баҳоси
    4.37 / 7

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

5 B 11/05/2018
4 G'ayrat Norqobil 21/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
3 та фикр