Googleda qiziqarli va foydali so’rovlar

Lazizbek Ergashev
Саралаш

«askew» – google sayti biroz qayrilib qoladi

«recursion» – google «Did you mean: recursion?» (recursion deb qidirmoqchi bo’ldingizmi?) deb javob qaytaradi ☺

«the answer to life the universe and everything» (butun dunyo va hamma narsaning javobi) – google 42 deb javob qaytaradi. Biz shaxsan nima uchun shunday bo’lishi haqida biroz izlandik. Keyin aniqlasak Douglas Adamsning «The Hitchhiker’s Guide to the Galaxy» asarida yozilishicha hamma narsaning javobi – 42 . U yana shunday degan «Balki siz bu fikrimga qo’shilarsiz yoki yo’q, lekin aslida shunday».

«Do A Barrel Roll» (360 darajaga aylanish) – google qidiruv tizimi 360 gradusga aylanib yana o’z holatiga qaytadi. Buni bajarib ko’ring juda qiziq

«Zerg Rush» – google bunday so’rovga mashxur ‘Starcraft’ video o’yini paydo qiladi.

«Anagram» – Anagram deb so’zning harflari jo’yini almashtirib boshqa so’z yoki so’zlar kombinatsiya hosil qilishga aytiladi. Boshqa odam esa o’sha yangi so’zdan eski so’zni yasashi kerak. Googlega Anagram deb so’rov bersangiz u sizga «nag a ram» deb qaytaradi. Bu o’yinga bir misol

«Define Anagram» – google ‘define anagram’ so’ziga anagram so’z yaratib beradi. va u sizga ‘nerd fame again’ deb javob qaytaradi

«once in a blue moon» (ko’k oyda bir marta) – google sizga 1.16699016 × 10-8 hertz deb javob qaytaradi.

«the loneliest number» (yolg’iz raqam) – google sizga kalkulyatorda 1 ni ko’rsatadi. Manimcha buni o’zingiz tushunib oldingiz nima uchunligini. Bundan tashqari «the number of horns on a unicorn» (yakkashox shoxlari soni) deb so’rov bersangiz u yana 1 deb javob qaytaradi

«sqrt(cos(x))*cos(300x)+sqrt(abs(x))-0.7)*(4-x*x)^0.01, sqrt(6-x^2), -sqrt(6-x^2) from -4.5 to 4.5» – googleda shu funksiyani qidirsangiz u sizga yurakcha grafigini chizib beradi. Chunki bu yurakchaning grafigida ♥

«atari breakout» – googleda shunday deb qidiruv berganizdan keyin Images (Rasmlar) bo’limiga o’ting va AtariBreakout o’yinini o’ynang

«google packman» – bu ham o’yin

«google in 1998» – siz 1998 yilga qaytib o’sha yildagi googleni ishlatasiz

«blink html» – so’rov natijalaridagi HTML Blink so’zlari paydo bo’lib o’chadi

«flip a coin» – tanga tashash

Gohida sizga aniq bir ma’lumot kerak bo’lib qoladi va uni googleda qidirsangiz ko’p malumot chiqqanidan kerakli ma’lumotlarni osonlikcha topishga qiyinchilikka uchrashish mumkin. Ammo qidiruvni yengillashtirish uchun maxsus so’rov gaplar bor.

Calculator – Googleda kalkulator chiqadi va unda misollarni yechish mumkin

Tashkent to Bukhara – bu manimcha eng foydalilaridan biri. Bir shahardan boshqa shaharga piyoda, poyezd bilan va mashina bilan qancha vaqtda borishingizni taxminan hisoblaydi. Bundan tashqari ikki shahar orasidagi eng qisqa masofani ko’rsatadi.

Define something – Define deb biron so’zni yozsangiz agar so’zning tavsifi paydo bo’ladi.

Cast:Furious8 – kinodagi barcha aktyorlar haqida ma’lumot beradi

7777=English – sonni ingliz tilida qanday o’qilishini yozadi

meter into feet – bir o’lchov birligidan boshqa o’lchov birligiga o’tish

set timer for 5 seconds – 5 sekundga timer qo’yish shundan keyin jiringlagan ovoz keladi

sunrise Uzbekistan – O’zbekistonda quyosh soat nechida chiqishini aytadi

sunset Uzbekistan – O’zbekistonda quyosh soat nechida botishini aytadi

english to uzbek – Inglizcha o’zbekcha lug’at chiqaradi. Foydalanish uchun tez va juda qulay

forecast in bukhara – buxorodagi ob-havoni ko’rsatadi

founder of Google – Google yaratuvchilari haqida ma’lumot. Google so’zi o’rnida boshqa kompaniyalarniyam ishlatib bo’ladi

book written by Alisher Navoi – Alisher Navoi yozgan kitoblar haqida ma’lumot.

Bukhara OR Tashkent – ikkita so’rovni birga bajaradi. Menga ishoning bu juda foydali. E’tibor bering OR so’zi faqat katta harflar bilan yozilishi shart

IP – sizning IPni yozadi

time in Canada – Kanadagi vaqtni ko’rsatadi

population in uzbekistan – O’zbekistondagi aholi sonini va o’sish grafigini ko’rsatadi

what day is it in 10 days – 10 kundan keyin qaysi kun kelishini aytadi

tan(y) – funktsiya grafigini chizadi

roll a dice – zarik tashaydi va nechi tushganini aytadi

dog sound – it ovozini eshtishingiz mumkin

Bundan tashqari boshqa dasturchilar shunga Googlega o’xshash ammo qiziqalriroq qidiruv tizimlari yaratishgan

Google Gravity – Bosh sahifada yerga tortish kuchi ishlaydi

Google Space – Bosh sahifa xuddi koinotda turgandek uchib yuradi

Google Sphere – Bosh sahifadagi barcha narsalar sfera ko’rinishida bo’lib qoladi

Epic Google – Bosh sahifadagi barcha narsalar kattalashib boradi

Yuqoridagi barcha qidiruv so’zlari sinab ko’rilgan va 100% ishlaydi

2.74 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.74 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    0.00 / 0
  • Муштарийлар баҳоси
    4.35 / 2

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

Ҳозирча Блогерлар томонидан баҳоланмаган
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
3 та фикр