G'arbiy demokratiya - Insoniyat tanazulli

Ergasheva Umida
Саралаш

G'arbiy demokrariya - Insoniyat tanazulli.

Demokratiya o'zi nima? Grekcha so'zdan olingan bo'lib "Demos" xalq, "Kratiya" hokimiyat ma'nosini anglatadi.

Har bir demokrarik davlatning eng asosiy va ustivor vazifasi bu insonlar huquqi va erkinlikini to'la taminlash demakdur. Erkinlik bu inson hayoti uchun eng muhim va asosiy omil xisoblanadi. Erkinlik bu behayolik va noinsoniylik degani emas. O'zlarini eng demokratik davlat va inson huquq va erkinliklari to'la taminlangan deb o'z noinsoniy nafsi va behayoliklarini demokratiyaga haspo'shlayotgan g'arb mamlakatlari insoniylik normasidan chetlab o'tib bo'lingan qaloq jamiyatdur.

Muhabbat atalgan bir his bor edi, 

Uni deb qavmlar bir-birin yegan. 

Julyetta ismli bir qiz bor edi, 

Bir yigit bor edi Romeo degan. 

Bor edi muhabbat atalmish qo'rg'on, Uchib kirolmasdi chivin ham hatto. 

Sovg'asin Yagoning qo'lida ko'rgan, Bo'g'ib qo'ya qolgan juftin Otello.

 Endi bu yurtlarda dunyo teskari, Muhabbat hislari badar ketganlar. 

Jannatni madh etib yurganlar bari, Jahannam komiga borib yetganlar. 

Xo'roz xo'roz bilan o'tkazsa to'yin, Buqalar buqa deb ipini uzsa,

 Bu qanday tomosha, bu qandayin o'yin, Sigirlar sigirga ko'zini suzsa.

 Inson mukarramdir unutma aslo,

 Sha'niga yomon gap to'qima , bolam. 

Bu she'rni bir o'zing o'qiding, ammo 

O'qima birovga, o'qima, bolam. ABDULLA ORIPOV

 Aynan inson huquqi deya e'tirof etilayotgan va butun insoniyatni tanazuliga sabab bo'ladigan g'arb madaniyatlari, bir jinslilar nikohi, oila deb atalmish jamiyatning asosiy bo'g'inini keraksiz sarqitga chiqarayotgan demokratlar yer shari uchun yadro qurollaridanda xafli nazarimda. Bugungi kunda dunyoning 21-davlati Nidirlandiya, Fransiya, AQSh, Urugvay, Germaniya, Ispaniya, Argentina, Islandiya, JAR va boshqa davlatlarda bir jinslilar nikohi qonuniy ruxsar etilgan davlAtlar sirasiga kiradi. 

2012-yil Rim papasi Brenedik 16 dunyoning 180-mamlakati elchilari qatnashgan anjumanda “Buyuk ehtirom erkak va ayol nikohidan qurilgan oilagadir. Bu shunchaki oddiy ijtimoiy an‘ana emas, bu har bir jamiyatning asos poydevoridir. Oila qadriyatiga putur yetkazayotgan siyosatlar o‘z harakati bilan insoniyat sha‘ni va kelajagiga tahdid solmoqdalar”, dedi jumladan Rima papasi Benedikt 16 o‘z murojaatida. Nasroniylik dini va bizning muqaddas dinimiz Islom dinidaham bunday g'ayri insoniy  nikohlar keskin taqiqlangan va eng ulkan gunohi kabirlardan xisoblanadi. Bir jinslilar lesbianlar va gemoseksuallarning Bryusel shaxrida rasmiy uyushmasi mavjud va yuqorida keltirib o'tilingan davlatlar bu holatd inson huquqi sifatid e'tirof etishadi. 2011-yilda bir jinslilar nikohiga qonunan ruxsat berganlar soni 10-tani tashkil etsa 2017-yilga kelib ushbu ko'rsatgich qariyb 21-tani tashkil etmoqda. Allox taolo inson zotini juft erkak va ayol qilib yaratib qo'ygan ayrim hayvonlarham jirkanadigon kimsalar esa tabiatning o'zgarmas qonuni buzib o'z jins vakili bilan munosabatlarga kirishmoqda bu esa eng avvalo insoniyat naslini qirilib ketishiga eng katta sabab.Yurtimizga kirib kelayotgan ommaviy madaniyat deb atalayotgan va g'arbni abgor qilgan behayolik asta sekinlik bilan  kirib keloqda. Nafaqat bir jinslilar nikohi balki behayolik, shaxvonig ehtiyojni hohlagan kimsa bilan hohlagan usulda qondirish inson huquqi deya ongu shuriga singib  ketga  jirkanch fikrlari ming afsuski bizgaham sekin astalik bilan kirib kelmoqda. G'arb madaniyatini targ'ib qilayotgan Televedeniya, internet va hatto yoshlarning e'tiborini diqqat markazida bo'ladigan san'atkorlarimiz tamonidanham bevosita yoki bilvosita olib kirilmoqda. Demakki yoshlarning kumir bo'lgan ularga kiyinish, muomala va deyarli barcha sohada yanan taqlid qiladigan sanatkorlarimizning saxnadagi kiyimlari, video kliplari mintalitetimizga to'la mos kelishlari shart. Liboslar yoki ijodidagi kliplar va qo'shiqlarida behayolikni targ'ib etuvchi omillar uchraydigan bo'lsa ularga nisbatan keskin choralar ko'rishlikni va hattoki umrbot saxnaga chiqishni taqiqlashgacha bo'lgan jazolarni qo'llashni taklif etaman.

 G'arb madaniyati yurtimiz va O'rta osiyoga kirib kelishi yildan yilga jadal suratda o'sib bormoqda. Ommaviy madaniyat deb atalayotgan behayolikni targ'ib etuvchi "madaniyat" eng asosan internet orqali yurtimizga kirib kelmoqda. Unday kimsalarning hayotda o'yna kul, ko'ngil hushlikqil, hayotdan lazzatlan oila va ota-ona senga ortiqcha bir yuk  shiori bilan hayot kechirishadi. 2016-yil yakunigacha G'arbiy Qozoqiston SSV 117-nafar 15-18-yoshgacha bo'lgan homilador qizlarni ro'yxatga olgan bu ko'rsatgich bizning yurtimizda umuman yo'q deb hechkim aytaolmaydi. Yoshlarimizning milliylik, mintalitetimiz va asrlar osha e'tiqod qilib kelayotgan muqaddas islom diniga bo'lgan muhabbat va hurmat asta sekinlik bilan kamayib ketmoqda. O'zbek san'arkorlarini g'arb madaniyatiga hos behayolikni targ'ib qiluvchi video kliplari, ommaviy sahnalarda yarim yalang'ich liboslarda kichiq qilishlari va yoshlarni aynan ortidan ergashtirib borayotgani ayni haqiqat. Kiyinish borasida milliy kiyimlarimiz, qadryatlarimizga hos bo'lgan liboslar yoshlarni egnida uchratish amri mahol bo'lib bormoqda. Milliylikimiz va qadryatlarimizning toptalishi va unutilishiga asosiy sabablardan biri televedinya va undagi turli turk, lotin amerikasi seriallari va ulardagi ochiq sochiq kiyimlar, sevgilisi uchun ota-onadan voz kechgan "sevishganlar" o'z his tuyg'ularini, hissiyotlarini yashirmay bir biriga ko'rsatayotgan epizodlar hayotimizda oddiy hol bo'lib qolgan. Qaysi istiroxat bog'i, kinoteatr, xiyobonga bormang atrof to'la sevishganlar o'z emotsiyalarini bemalol yashirmay uyalish degan tuyg'udan asarham yo'q. Dunyoda faqat insondagina "uyatlish" hissi bor ekan. Demak biz asta sekin insoniylikdanda chetga chiqib bormoqdamiz uyat hissi odamzot uchun begona tuyg'udek unutilib bormoqda. Tasuvki bazan eshitib qolamiz "aka o'z singlisini nomusiga tajavuz qilgan",  "kollej talabasi 17-yoshida farzandli bo'lib farzandini axlat xonaga tashlab ketibdi" " falon joyda falon qiz maktab yoshida o'z joniga qasd qilibdi" va shu kabi holatlar hayotimizda uchrab turibdi demakki bu ulkan muammo. Yurtimizdaham yevropa va lotin amerikasi mamalakatlari kabi holat tuzatib bo'lmas darajaga kelishidan oldin keskin chora tadbirlar ko'rishlikning ayni vaqti deb xisoblayman. O'rta Osiyoda faqat ikki mamlakat O'zbekiston va Turkmanistonda bir jinslilAr nikohi( gomeseksualizm) uchu  jazo bor. O'zbekiston respublikasi jinoyat kodeksi 120-moddada "besaqolbozlik(erkak, erkak kishi bilan jinsiy aloqa qilish) 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Qonunchilikimizda ushbu jinoyat uchun jazo choralarini kuchaytirish va ushbu jinoyat uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etish va jinoyatni og'irlashtiruvchi holatlariga qarab 20yil va umrbot ozodlikdan mahrum etish hamda ushbu jinoyatni nogiron yoki voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etsa umrbot qamoq jazosi belgilash va ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarga avf etish va aministiya akti umuman qo'llanmaslikini taklif etaman. Televedinyada ochiq yarim yalang'och kadrlarni efirga berishni butkul taqiqlash, yotoqxona, tungi kiyimdagi liboslarda klip va kinolarni suratga olish va efirga berishni butkul taqiqlash. Jamoat joylari hiyobon, istiroxat bog'lari, kinoteatrlarda ahloq normasiga zid munosabatda o'z extiroslarini jilovlay olmayotgan yoshlarni jarima tortish va ularni ota onalari bilan maxfiy ravishta suhbat olib borish jamoat joylariga kamera nazoratlarini o'rnatishni taklif etaman. Zero ayni damda oddiy holga aylanib ulgurgan yoshlarni munosabAtlarini yosh avlod ko'rib ulg'aymoqda va ularning ongida bu skameykalarda, daraxlar ostidagi extirosli xarakatlari normal vaziyat sifatida shakillanib bo'linadi. Zero g'arb mamalakatlaridaham shu ozgina e'tiborsizlik sabab qayholatga kelib qolgani barchaga ma'lum. Hozirda yoshlarimizdagi ushbu holatlar inson huquqi sifatida baholansa va choralar ko'rilmasa bundan 15-20yil ilgari uyat bo'lgan va odamlar tabiatiga yot bo'lgan hozirda oddiy holga aylangan sevishganlae munosabati kelasi 20-30yildan keyin  bir jinslilar nikohiham inson huquqi, qonun doirasiga kirgazasan deb talab etmaslikiga kim kafolat beradi. Yurt ertasi bo'lgan biz yoshlar bunday yengil va tartibsiz hayotga moyil bo'lib ulg'aysak ertaga yurt kimlarning qo'liga qoladi?

 Milliy liboslarda qadriyat aksi azal azalda momolarimizning o'zbekona, milliylikimizga mos kiyimlari yoshlarning egnidan asta sekinlik bilan yo'qolin bormoqda. Ularning o'rnini esa tor tanqis, yarim yalang'och zamonaviy liboslar egallab ulgurdi. O'zining milliyliki, madaniyati, urf odatlarini unutgan millat hech qachon yuksalmaydi. Unutmang suz aziz qiz ayollarimiz qandaydur yevropacha liboslarda emas qadim tarixga ega o'zbek milliy liboslarida dunyodoning eng go'zallari bo'lasiz. Zero dunyoda SHARM HAYOdanda go'zalroq libos yo'q. Bundan 30-40yil o'tib nabiralarimizning farzandlari Tursunga qo'shni mahalladagi Toshmadning o'g'lidan sovchi kelganida omonatini topshiradigan mahal nega vaqt borlikida bee'tibor bo'ldim, nega farzandlarimga din ,odob ahloq, o'zbekona sharm hayo, erkaklarda g'urur degan tuyg'uni o'rgatmadim, zamona shu ekan deb ularni erkin qo'yib qo'ydim Nega?! Degan savolga vijdon azobi bilan bu dunyoni tark etganimizdan nima naf?  Shu bugundan e'tiborli bo'laylik farzandlarimizga odob axloq, dinni o'rgataylik. Agar  demokratiya behayolik bo'lsa bizga bunday demokratiyani aslo keraki yo'q. O'zbek degan millat tarixdan butun dunyoga muallim, o'rnak bo'lib kelgan to yer yuzida hayot yakunlangicha O'ZBEK degan millat na'muna qilib ko'rsatishlari bizning asosiy maqsadimiz bo'lsin.

2.77 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.77 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.09 / 4
  • Муштарийлар баҳоси
    4.35 / 1

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

2 Doniyorbek Yulchiev 18/05/2018
2.5 G'ayrat Norqobil 19/05/2018
3 Abdurahmonov Iskandar 20/05/2018
2 Sherzod Shermukhamedov 21/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
1 та фикр