Ehtiyot bo'ling, Infeksiya!

Muhriddin Beg’amov
Саралаш

- O'g'lim kecha tilpondan chiqqan edi. Gaplashdik. "Qaytmayman, dada", deydi xuligan.

- Bizi nevaraga gap yo'q, Egamberdi jo'ra. Agar o'sha joyda ishlayman desa, nima qilasan qaytarib nevarani? Ish izlab yurganlar ko'payib ketayabdi. Oylik yetadi, deb o'ylaysammi bizda?

- Jo'ra, o'g'lim o'z bilimi bilan kirdi. O'qiyapdi, lekin Yaponiyada o'qitishning o'zi bo'lmaydikan. 3 yil o'tgan bo'lsa, deyarli hamma yuborgan dollarni bozordagi valyuchik ukaxonlardan oldim. Xotinim har kuni bankka qatnayverganidan tanish bilishlar "Xotiningiz bankda ishlaydimi?", deydigan bo'p qoldi. Bankdan tanish bilishing bo'lmasa umuman borib o'tirma! Davlat narxida valyuta olish uyoqda tursin, eshikdan kirishing prablema jura. Hammasi bir gapni topib olgan: "Bo'ldi, ikki haftada keling. Hozir Toshkentdan pul tushmayabdi."

- Haa, ko'pi ketib ozi qoldi, Egamberdiboy. Portalga yozmadingmi?

- Portal??? Portalga yozsam bankka yuboradi. Bankdagilar esa keyingi oy deyishdan nariga o'tmaydi. Ha, mayli, keliningga tilpon qilayche, bankda nima deyishayotgan ekan...

***

     Yuqoridagi xolatni kimdir o'qib yuragi jiz etgan bo'lsa, ajablanmasdim. Yana kimdir e'tibor bermasligi yoki ensasi qotishi mumkin. Ammo, har kimning boshidan o'tgani va ichidagi hissiyotlari o'ziga ma'lum. Yaxshisi, mavzudan chetlashmasdan yuqoridagi holatni tahlil qilsak. Birinchi analiz, albatta, korruptsiyaga bog'lanishi aniq. Boshqa jihatlari esa davlatning iqtisodiy tizimi, pul siyosati, bank va moliya tizimidagi muommolarga bog'lanib ketadi. Xullas, bularni yoritish uchun bitta kitob ham yetmasligini xisobga olgan holda, men bu yerda katta omil sanalgan korruptsiyaga to'xtalib o'tmoqchiman. Chuni yuqoridagi kabi xolatlarga korruptsiya bevosita ta'sir etishi aniq. Ajratilgan pullarning o'z "manziliga" yetib bormasligi, tanish-bilishchilik, ajratilgan byudjetning ko'rsavodlarcha sarflanishi yoki xisob-kitobdagi ayrim "xatoliklar" mamlakat iqtisodiy va moliyaviy tizimini beqarorlikka (deflatsiya yoki inflatsiya) yetaklashi aniq. Iqtisodiy instabillik - siyosiy va ijtimoiy istabillikning eng ulkan sababchisi va hakazo.

Korruptsiya xuddi infeksion kasallikka o'xshaydi. Bir vakildan ikkinchisiga yuqadigan xususiyatga ega.

Yuqorida men faqat bank tizimini keltirdim. Biroq, bu "infeksiya" deyarli 70% mamlakatimizni qamrab olgan. Deyarli har bir soha vakillari, institutlar va davlat muassasalari hamda organlari ma'lum darajada "infeksiyalangan!" Xo'sh, mana yaqindan sezilarli darajada uning simptomlariga qarshi kurashishni boshladik. Lekin, simptomlar qaytalanishda davom etmoqda. Shuning uchun men bu kasallikni yaxshilab o'rganib, o'z takliflarimni jamladim. Quyidagi chora-tadbirlar bilan 100% korruptsiyani olib tashlash mumkin, deyishdan umuman yiroqdaman. Chunki buning iloji yo'q! Korrruptsiyani hech bir davlat hanuzgacha batamom tagtomiri bilan yo'qota olgani yo'q. Lekin effektini ya'ni uning zararlarini minimal darajaga tushurishga erishilgan. Xullas, quyida bir necha chora-tadbirlarni keltirib o'taman.

Korrupsiyani yo'qotishda men asosan 3 ta printsip bor, deb bilaman. Singapur yoki boshqa demokratik yevropa davlatlariga qaraydigan bo'lsak, ularda birinchi payqaydigan strategiya - innavatsion texnologiyalardan samarali foydalanishi. Ya'ni, offis va davlat mexanizmlari ishlaydigan joylar butunlay kameralashtirilgan va hukumat hodimlardan kerakli xujjatlarni va kelishuvlarni faqat o'sha belgilangan CCTV xonalirida amalga oshirilishini talab qiladi. Kerakli xujjatlar ham qo'lbola tarzda emas, elektron shaklda ko'pincha qabul qilinadi. Bu jarayon o'rtadagi "dallollarni" kamayishiga olib keladi.

Ikkinchi strategiya - iqtisodiy va sotsial ko'lamni oshirish. Bu degani, birinchi o'rinda asl fuqorolik jamiyatiga tayangan demokratik siyosiy tizimni kuchaytirish. Tanish-bilishchilikni kamaytirib, professional tarzda vaziyatga baho berish va manapoliyalarni keraklisini olib qolib, keraksizini ochiq bozor iqtisodiyotiga o'tish bilan, raqobatdoshlar olib kirish evaziga yo'qotish. Bularning hammasi chetki investorlarni albatta ahamiyatini tortadi. Ular soqqa kirita boshlaydi. Nimaga endi aynan Singapurda korrupsiya indeksi kam? Chunki ularda import va investitsiya juda ko'p. Chet elliklar hukumatga ishonadi. Qachonki bozor iqtisodiyotiga to'liq o'tilsa, konkurensiya kuchaysa, shundagina iqtisodiy ko'lam o'sadi. Bu esa maoshlar oshishini anglatadi. Maosh oshishi, albatta korrupsiyaga qaysidir darajada ta'sir o'tkazadi.

Uchinchi strategiya - mentalitetni o'zgartirish. Bu o’ta muhim deb xisoblayman. Korrupsiyani bir kun yoki 1 yilda keskin kamaytirib bo'lmaydi. Buni iloji yo'q! Buning uchun hammani xibsga olish kerak bo'lib qoladi. Ammo, biz yoshlikdan yoshlarimizning fikrlashiga ta'sir o'tkazsak, bu aniq o'z effektini kelajakda ko'rsatadi. Bu borada ta'lim tizimining, hamda hozirgi hokimyat o'rnining darajasi katta. Korrupsiya bu insonning mentialiteti. Har kim har qanday fikrlaydi. Hech qachon odamlar nir xil fikirlamaydi. Shuning uchun korrupsiyani umuman yo'qotib bo'lmaydi. Lekin odamlarning fikirlashini, neyroplastikasini o'zgartirish orqali unga ta'sir o'tkazishimiz mumkin. Yoshlarni tarbiyalang!

Xulosa o’rnida shuni aytishni joiz topdim. Deyarli har bir inson tinch, to’kin-sochin hayotni istaydi. Yaratgan egamdan oilasi totuvligini tun-u kun so’raydi. Oilalar totuv bo’lishi uchun esa fikrlash va hatti-harakatlarimiz o’zgarishi shart. Chuni yangicha fikrlash va yondashuv yangi, sog’lom ijtimoiy jamiyatni yaratadi. Bu o’z o’rnida har bir fuqoroning turmush tarzini bevosita va bilvosita belgilab beradi. 

3.48 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.48 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.14 / 1
  • Муштарийлар баҳоси
    0.00 / 0

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
0 та фикр