Dilfuzani taqdir achchiq chig'irig'iga aylantirganda, biz qayerda edik? Bu voqea siz-u bizga saboq bo'lsin

Ahror Sodiqov
Саралаш

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat va Yakkabog’ tuman Kengashining sa’y-harakatlari bilan Dilfuza sog’lom hayotga qaytdi.

Dilfuza Buxorova 2002-yil 6-sentabr kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan Dilfuza 3 yoshida onasidan ayrilib, momosining bag‘rida o‘sdi, ulg‘aydi. Hayotning achchiq-chuchuklari 2010-yilda mehribon momosining vafotidan so‘ng boshlandi. Bu orada otasiga ikkinchi xotin bo‘lib tushgan ayol Dilfuzani o‘z qizidek ko‘ra olmadi. Bir so‘z bilan aytganda, “yetimni boshini silash”ni, uning savobi ikki dunyoga yetishini unutdi.

Natijada kun ora arzimagan urush-janjallar Dilfuzani qiynab yubordi. U har uydan qochib ketganida xolasinikida yoki Qashqadaryo viloyat voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish Markazidan qo'nib topib yashab yurardi.

— Bu holat 2010-yildan buyon takrorlanadi, — deydi Dilfuza ko‘zda yosh bilan. — Uydagi urush-janjallardan qochib Shahrizabz tumani Shamoton qishlog‘ida yashovchi xolamnikiga borib, shu qishloqdagi maktabda 3 sinfdan 4 sinfning III choragigacha ta’lim oldim. Bu orada otam janjal qilib meni uyimizga olib ketdi. 2 yil maktabga yubormadi. 2016-yil sentabr oyida akamni xonadoniga ko‘chib bordim va Yakkabog‘ tumanidagi 21-maktabda 5-sinfga qadar o‘qidim. Keyinchalik, yangam meni Nodira ismli begona bir ayolga berib yubordi. U yerda ham rosa qiynaldim. Otamni faqatgina davlat tomonidan menga beriladigan yordam puli qiziqtirar edi. Yana meni topib uyga olib ketdi va ishlab pul topasan, deb ko‘chaga haydadi. Ilojsiz maktabga bora olmadim. O‘qituvchimiz maktabga bor, deb uyimizga kelganida har doimgidek janjal boshlandi va men yana uydan bosh olib ketdim va viloyat voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish Markaziga joylashdim. Hozir yoshim 16 da. Shu ahvolda yana qancha yashayman, degan javobsiz savollar meni qiynab yurgan bir vaqtda Yoshlar ittifoqining viloyat Kengashi raisi Sh.Sattorov va bo‘lim mudiri M.Shukurovalar Markazga kelishdi. Muammolarimni, tashvishlarimni va qiziqishlarimni o‘rganishdi. Yoshlar ittifoqining ko‘magi bilan endi qonuniy asosda xolam bilan yashayman.

Shuningdek, zamonaviy tikuv mashinasi ham sovg‘a sifatida menga taqdim etildi. Endi to‘garakda malakamni oshirib, kasbimning ustasi bo‘lib yetishishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim.

2.41 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.41 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.13 / 5
  • Муштарийлар баҳоси
    4.33 / 5

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

3 Бахадиров Ғуломиддин 22/04/2018
3 Отабек Йўлдошев 22/04/2018
5 Azizbek Xudoyberdiyev 28/04/2018
3 Muslimbek Abdullayev 08/05/2018
5 Ahror Sodiqov 13/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
1 та фикр