"Dezayin"

Rufat Saydazimov
Саралаш

Yoshligimda muomalam qo'polroq bo'lsa kerak deb internetdan muomalani yaxshilash uchun maslahat qidirdim. Va o'qigan tavsiyalarim orasidan eng esda qoladigani shu bo'ldi.

Suhbatdoshingizni oxirgi marta ko'rib turgandek muomala qiling!

Tasavvur qiling, mahallada uchratgan qo'shningizni, maktabdagi sinfdoshingiz yoki oilangizdagi yaqin insoningizni hozir oxirgi marta ko'ryapsiz. Qarshingizda sizga qarab turgan insonni boshqa ko'rmasligingizni his qilsangiz uning dilini og'ritmaslikka, uni ko'nglini ko'tarishga harakat qila boshlaysiz. Gapirarayotgan gapini diqqat bilan, boshqa narsalarga chalg'imay eshitasiz.

Hayotimda biror mushkul ishga duch kelsam yechimini internetdan qidiraman. Vaqtimni, asabimni tejagan holda menga begona bo'lgan insonlarning yozib qoldirgan maslahatlaridan foydalanaman. O'zbek adabiy tilida ko'pchilik yozishni xushlamaydi. Ko'pchiligi: "ona tili darsi emasku hozir, adabiy tilda bexato yozishga harakat qilishni nima keragi bor, axir fikrimni tushuntira olsam bo'ldiku", - deydi. Bunday javob beradiganlar pishmagan go'shtni paqqos tushirib: "Axir men oshpaz emasmanku, asosiysi qorin to'q bo'lsa bo'ldi-da" dermikan. Yoxud avtomobilda soatiga 10 km tezlikda yurib: "Axir men shumaxer emasmanku" desa kerak. Yoki bo'lmasa men shifokor emasmanku deya qo'liga tushgan zaxarli dorilarni ichib o'zini o'ldirarmikan?Faqat bittagina sabab tufayli adabiy tilda yozish tarafdoriman. Kerakli ma`lumotni topa olish uchun asosiy kalit so'zlarni bexato yoza olish zarur. Qolgan may-chuyda xatolarini kechirsa bo'ladi.  Masalan, "dizayn" so'zini kelajakda kimdir "dezayin" deya yozsa uni internetdan qidirib topish juda qiyin bo'ladi. Savodxonlik va aqliy mehnatni rivojlanishi uchun bu jihat juda ham muhim.

3.03 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.03 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.12 / 2
  • Муштарийлар баҳоси
    0.00 / 0

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

Ҳозирча Муштарийлар томонидан баҳоланмаган
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
0 та фикр