Chiroyli qomat - shumikan omad?..

Lola Shomaliyeva
Саралаш

Chiroyli qomat – shumikan omad?..

Omad…Shu 4 harfdan iborat so’z, inson hayoti davomida kutilmagan quvonchlarga boy bo’lib keladi. Uni yo’qotishdan, bizdan yuz o’girib ketishidan qo’rqamiz. Aslida-chi, unga ishonamizmi?! Ba’zida “Omadli inson ekanda!” , “Omadi  chopdi” yoki buning aksi o’laroq “ Eh, omadi kulmadida…” kabi iboralar yon atrofimizdan qulog’imizga chalinadi. O’ylanib qolamiz…

Omad o’z-o’zidan kelishi, tinimsiz mehnat qilayotganliklari samarasi emasmikan! Axir aytishadi-ku ,”Sendan harakat, mendan barakat”! 

Aql-farosatli, chiroyli qomatli insonlar mehnat qilmasa-da, omad ularga kulib boqarmikan? Ular hayotlaridan doimo mamnunlarmi?

Axir aql-farosatli, idrokli insonlar bosayotgan qadamlarini. qilayotgan har bir ishlarini o’ylab qilishadi. Hayot ularga in’om etayotgan go’zalliklardan bahramand bo’lib, lazzat totib, ilhom olishadi. Umrlarining har daqiqasini unumli ishlarga sarflashadi. Hamisha ularga omad yor!

Demak, omad chiroyli qomat tanlamas ekan…

“Men ham omadli insonmanmi?” deb o’zingizga savol berayotgandirsiz balki! Xayol surishga shoshilmang… Chunki omad siz bilan birga!!! Bu chaqnab turgan ko’zlaringiz ko’rib, yuragingiz urib turibdi. Dunyo aholisining 781 milliondan ortig’i, ya’ni o’rtacha har 10 nafar odamdan bittasi savodsiz. Ulardan farqli o’laroq, siz bu satrlarni o’qib turibsiz.

Siz kimgadir keraksiz, sizni yaqinlaringiz uyingizda intizorlik bilan kutmoqda. Siz ko’pchilikning qalbidan joy olgansiz. Ehtimol, bugungidan ham ko’ra omadlisiz!!!

2.66 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.66 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.09 / 4
  • Муштарийлар баҳоси
    4.34 / 8

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

5 Basira Islamova 18/04/2018
3 Maftunakhon Olimjonova 18/04/2018
1 Gulom Nazarov 18/04/2018
1 Отабек Йўлдошев 18/04/2018
5 Sayyora 19/04/2018
3 Aziza Odilbekovna 23/04/2018
5 Дилшодбек Ботиров 24/04/2018
3.5 Asrol Abdualimov 28/04/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
9 та фикр