Chet elga o'qishga ketayotganlarga bepul maslahat

Abbos Raxmonaliyev
Саралаш

Assalomu alaykum qadrdon do’stim, akam, ukam, opam, singlim va boshqalar!

Sizni xayotingizni tubdan o’zgartiradigan bosqichda turganingizdan chin qalbimdan tabriklayman lekin ko’p ham xursand bo’lavermang chunki xozirgi aytadigan so’zlarim ta’bingizni ozgina xira qilishi mumkin lekin aslo chet elga chiqish fikridan qayta ko’rmang. Xullas bu gaplarni sizga ko’pchilik aytishi mumkin balkim eshitmagandirsiz lekin albatta bu narsalarga so’mkachangizda joy bo’lsin yo’qsa deport bo’lib qaytib kelishingiz hech gap emas, xullas boshladik.

Chet el bu sizga enangizni uyi emas birinchi navbatda shuni yodinggizda tuting.

Siz aeroportdasiz haligi katta qushlar uchadigan joy va sizni uzoq yurtlarga eltib va birinchi navbatda mabodo qaytib keladigan bo’lsangiz birinchi qadam qo’yadigan joyingiz (agar qushcha parvozdan to’xtab qolmasa albatta). Aeroport – o’zingizni birinchi marta o’zbekligingizdan uyalgan joyingiz bo'lishi mumkin, hech qisi yo’q hammada bo’lib turadi, xullas bu yer o’zbeklar o’z niqobini yechib o’zbekligini unutadigan joy qisqacha qilib aytganda, chunki sizga bir paytlar siz o’taqoling deb eshik oldida kutib turgan odamlar bu yerda yuzingizga tupurib yuborishi ham mumkin, shuning uchun ko’ngilni xotirjam qiling.

Mana siz manzildasiz kayfiyat esa noldan minusga qarab ketmoqda chunki birinchi navbatda bu yerda nimalar qilib yurimman demasangiz demak odam emas ekansiz mening fikru ojizimcha hamma musofirdan shu fikr o’tadi va aslo biletni “borish –kelish” (tuda-obratno) ola ko’rmang, orqaga ketib qolishingiz mumkin va shu bilet ham sizni kelajaginggizga qandaydir ta’sir ko’rsatganini keyinchalik tushunib yetasiz. Endi sumkangizni oching va u yerdan sabr degan narsani olib cho’ntagingizga, ha yo’q u yerda tushurib qo’yishingiz va o’g’irlatib qo’yishingiz ham mumkin, shuning uchun keling shuni yutib yubora qoling sizni hech qachon tark eta olmasligi uchun. 1-2 haftada hammasi o’tib ketadi deb va’da bera olmayman lekin sizga shundek tuyulishi mumkin.

Siz begona davlatdasiz, shahardasiz begonalar ichidasiz, shu payt oldingizdan o’zimizning o’zbek degan tanish millatni uchratdingiz, siz bundan judayam xursandsiz, lekin u tog’risida afsuski bunday deya olmayman, ko’zlar bir biri bilan to’qnashdi, ikkalalaringni ham ichlaringdan o’zbek degan so’z keldi chunki chet yurtlarda biz o’zbeklarni bemalol ajrata olasiz lekin bir biringizga qarashdan boshqa hech narsa qilolmaysiz agar yangilardan bo’lmasa u ham. Agar sizda begona yurtda tanishingiz bo’lsa demak siz omadlisiz agar bo’lmasa demak siz “dvajdi” omadlisiz. Chunki tanishsiz o’zingiz ulg’ayasiz bu yerda unaqa narsalar yo’qligidan ozgina qiynalishingiz mumkin lekin mustaqil bo’lasiz. Tanishsiz o’zingiz ish topdingiz tabriklayman uyda unutib qoldirgan yoki sumkachangizga sig’magan mustaqillik degan narsani yana qaytadan qo’lga kiritdingiz yoki birinchi marta topib oldingiz.

Ish masalasi sizdan iltimos g’urur degan narsani yahshisi uyda qoldirib keling, sumkachangizda unga joy bo’lsa ham chunki bu yerda u bilan ancha qiynalishingiz mumkin. Bu yerda sizni hech kim qahva bilan kutib olmaydi shuni esingizdan chiqarmang agar esingizdan chiqsa boshingizni devorga qattig’roq uring eng arzon usuli bu, devorni qo’l bilan aslo urmang, agar noto’gri ursangiz suyak sinishi yoki lat yeyishi mumkin, doktorlar esa qimmat shuning uchun o’zingizni bosadigan oddiyroq ekonomichniyroq yo’l tanlang. Mavzudan yiroqlashmaymiz, bu narsalarni aytayotganimning boisi siz bu yerda o’z uyingizda qilmagan ishlaringizni qilishingizga to’gri kelib qolishi mumkin, masalan, moykada ishlashingiz, yuk tashuvchi bo’lishingiz va hokazo ishlar, nima bo’lsa ham o’zingizni asrang.

Tabriklayman, siz endi sabrlisiz, mustaqilsiz. So’mkachani esa qolgan payt to’ldiramiz endi, biz esa ishga borishimiz kerak bugun mijozlar ko’p. Ha aytgancha mabodo agar sumkachangiz aeroport belgilab qo'ygan kilogramdan yengilroq bo'lsa iltimos vijdonni solib qo'yishni unutmang, kerak bo'lib qolishi mumkin, aks holda joy bo'lmasa o'zinggiz bilasiz. Yana bir bor qaytaraman CHET EL BU SIZNING ENANGIZNI UYI EMAS !!!

Katta – umidlar puchga chiqmoqda - aslo ortga chekingmang. 

3.36 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.36 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.16 / 4
  • Муштарийлар баҳоси
    4.35 / 11

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

3.5 Shakir Abbasov 30/04/2018
4 Ezo Ismatova 30/04/2018
5 Авазбек Ёқубов 30/04/2018
3.5 Shoirakhon Rashid 01/05/2018
4.5 Ҳабибулло Мўйдинов 01/05/2018
3.5 Shohruh Azimov 05/05/2018
4 Abdulloh 12/05/2018
5 Robiya Tashmukhamedova 12/05/2018
5 Oxun Jon 12/05/2018
5 Sanjar Babadjanov 14/05/2018
1 Muslima Niyazova 21/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
0 та фикр