Chet elda o'qish "modami" yoki "biznes"?!

Ahmad Quvondiqov
Саралаш

Hozir hamma chet elda o'qishga "ishqiboz". Ha haqiqatdan ham ishqiboz. Huddi futbol ishqibozi kabi. Qo'lida bitta bilet bo'lsa bo'ldi, bir varonka semichkani cho'ntakka solib stadionga qarab ketaveradi. Siz unga futbol qoidalarini yaxshi tushunasanmi yoki futbolchilarni yaxshi tanisanmi, havo sovuq yomg'irlik bo'lsa stadionga borib ko'rish shartmi, axir issiqqina uyingda ko'rpacha ustida issiq choy (myuzdek kola) ichib futbol ko'rganga nima yetsin deb so'rab ko'ringda. Sizga u shunday bir o'qirayib qaraydiki, javobning bunday ko'rinishidan uning manosini anglab olish qiyin emas. Ya'ni, " ho' nima deyapsan o'zi, qo'limda biletim borku axir, men ishqibozman" deganday.

Mandan so'rashadi: "Aka 5.5 ayelts (IELTS) bilan qayerda o'qisa bo'ladi, Koreada qanaqa o'qishlar bor?" yoki "Aka manam Korea taraflarda o'qimoqchiman, qanaqa hujjatlar kerak bo'ladi?" yoki bo'lmasam "Aka Koreada arzonroq o'qishlar bormi, manam bir borib ko'qmochidim?". Hullas shu kabi va bundanda "g'aroyib savollar" dan ensam qotadi desam oshirvorgan bo'lamanu lekin o'ylab qolaman.

Bu blogpost orqali horijda o'qiyotgan va o'qishga ketayotgan yoshlarimizning hatti-harakatlarida ko'zga tashlanayotgan kamchiliklar va ular haqidagi o'zimning shaxsiy fikrlarim bilan o'rtoqlashib o'taman. Sizning fikringiz boshqacha bo'lishi mumkin. Boshladik.

Man yoshlarning chet ellarda o'qishiga aslo qarshi emasman, o'zim ham horijda o'qiganman. Lekin bir narsaga aniq oydinlik kiritib olishimiz kerak. Nega aynan horijda, yoki nega aynan Koreada o'qish?! Agar siz qiziqqan soha O'zbekistonda yaxshi o'qitilmas ekan, maqsadni to'g'ri qo'yib qayerda siz qiziqqan sohaning yaxshi mutaxassisi bo'lish mumkinligini o'rganishingiz kerak emasmi?! Men aytamanki agar siz hohlagan soha Hindistonda zo'r o'qitilsa Hindistonga, Afrikada yaxshi o'qitilsa Afrikaga borish kerak. Falonchi tanishingiz yoki qarindoshingiz Koreada yoki Amerikada o'qiyotganligi siz ham uning orqasidan ergashib ketishingiz kerak degani emas. Qisqa qilib aytganda chet elda o'qish siz o'ylagandek moda yoki biznes emas, balki mas'uliyatdir.

Hozir yoshlar qo'limda ayelts bo'lsa bo'ldi cho'ntakka bir varonka semichkani to'ldirib stadionga, yo'q uzr, chet elga ketishim mumkin deb o'ylaydigan bo'lib qolishgan. Savolga etibor berib qarasangiz hali chet elga borib nimani o'qishni, o'zi nimaga qiziqishini ham aniq bilmaydi, lekin chet elda o'qimoqchiligini va o'qish puli aniq arzon bo'lishi kerakligini biladi. Ingliz tilini sal bilgani uchun endi chet elga borib o'qimasa uyat bo'ladiganday, modadan ortda qoladiganday. Axir sen stadionga semichka chaqib futbol ko'rish uchun ketayotganing yo'qku. IELTS bu stadionga bilet emas, u shunchaki sening ingliz tilini qay darajada bilishingni ko'rsatadigan bir hujjat holos. Chet elda o'qish uchun IELTSning yonida yana kamida 10 xil hujjat bilan birgalikda yana katta va aniq yo'naltirilgan maqsad ham bo'lish kerak. Man Koreada shunday talabalarni ko'rdimki, hatto o'z ismini kiril alifbosida to'g'ri yozolmayapti, oddiy bitta saytga ro'yxatdan o'tolmasdan birovlardan so'rab yuribdi.

Endi shu yerda muammoning asl mohiyatiga nazar tashlashga harakat qilaman. Nega chet elga ketishga shunchalar harismiz? Chunki horijda ko'proq pul topsa bo'ladi, O'zbekistonda ishsizlik yuqori. Chet elga borib oz moz ishlab oilasiga yordam berayotgan vatandoshlarimiz ham bor. Nega chet elda o'qishni hohlaymiz? Chunki O'zbekistonda oliy talim sifatining qandayligini, o'qishga kirishdan boshlab bitirgungacha bo'lgan yo'l korrupsiya botqog'iga botib qolganligini hamma biladi. 4 yil o'qib, 4-5 ming dollar pul sarflab diplomni olgan aksar talabalarning taqdiri "otang bozor, onang bozor" kabi bo'lishi ham hammaga ayon. Shu kabi sabablar natijasida yoshlarning chet elga ketish orzulari paydo bo'lmoqda.

Bu orzuga qanday yetish mumkin? Chet elga ketish uchun viza olishning eng oson usuli nima? Buning yo'li juda oson. Chet elda o'qiyotgan tanishingizga 3-4 so'm vada qilasiz, ular orqali (shunday o'rtakash biznesmenlar bor) biror bir o'qishga hujjat topshirasiz, vizani olib ertasiga uchasiz. Borib bir yil o'tar o'tmas daraxtdagi dollarlarni yig'ib boyib ketasiz. Har kuni banketlar, sayohat, ijtimoiy tarmoqlar sizning bir qarasa tog'ning uchida bir qarasa yerning ostida, ertaga dengiz sohilida, indinga odamlar limmo lim to'lgan down townda (shaharning biznes va savdo markazi) yoki shopping senterda tushgan selfilaringiz bilan to'lib toshgan. Uyga qaytib Toshkentdan bitta kvartira va bitta moshina olasiz. Qarabsizki zo'r bo'lib ketasiz. Haqiqatdan zo'r a? Hozir horijdagi hususiy universitetlarning "tuvagi tillo" emas brilliantdan bo'lib ketdi. Ularning baxtiga yaxshiyam siz borsiz.

Yuqorida o'rtakashlarni esga olib o'tdim. O'rtakashlar ham yomon topmayapti. Ular siz jo'natgan hujjatlarni o'zi o'qiydigan universitetga topshirib beradi, o'qishga qabul qilinsangiz siz jo'natgan pulni universitet hisob raqamiga o'tkizib berib sizni o'qishga qabul qilinganligingiz haqidagi hujjatni sizga jo'natib beradi. Shu 3 ta bosqichdan iborat jarayonni ular "viza oberish" deb atashadi, xizmat haqi stavkalari 1000 dollardan 3000 dollargacha. Chet elga boraman deganlarning hammasida ham harajatlarni to'liq qoplashga puli yetarli emas, va hali chet elga bormay turiboq kamida 5000-6000 dollar pulni sarflab "viza olgan talaba" horij yeriga qadam bosar bosmas haligi qarzga olgan pullarini qaytarish payiga tushib ketadi. Ishlaydi.

Manga berilgan savollarning 50 foizi yuqorida eslab o'tganlarim bo'lsa, qolgan 50 foizi "ishlab o'qish" haqida. Ha aynan ishlab turib o'qish haqida, o'qib ishlash haqida emas. Urg'u ko'proq ishlashga qaratilgan. Ishlab o'qiydigan talabalar bilishadiki, ish-o'qish-uy tartibida ilm olish juda qiyin masala. Nafaqat vaqt yetishmaydi, balki odam jismonan va aqlan charchaydi. Bunday sharoitda ko'ngildagidek ilm olish qiyin. Yaxshi mutaxassis bo'lish osonmas. Shunday sharoitda bo'lsada nafsini va jasadini qiynab yaxshi o'qiyotganlar ham kam emas, man ularga qoyil qolaman.

Lekin aksar talabalar asosiy etiborlarini pul topishga qaratishgan, darslarga qatnashish va o'zlashtirish darajasi past. Buning natijasida universitet ma'muriyatining tartib intizom bo'limi tomonidan tuzib chiqilgan "qoloq" talabalar ro'yxatida O'zbekistonlik talabalar yuqori o'rinlarni egallashadi. Natijada ko'plab universitetlar endilikda o'zbek talabalarini universitetga qabul qilish kvotalarini pasaytirib yoki umuman olib tashlashgan. Bu esa boshqa o'zbek talabalarining obro'siga yomon ta'sir ko'rsatadi va orqalaridan haqiqiy ilm olish maqsadida kelayotgan talabalarning yo'llarining to'silishiga sabab bo'ladi.

Korea misolida aytadigan bo'lsak aksar talabalar faqat ishlash uchun kelganliklari sababli tilni yaxshi o'rganishmaydi, oddiy ijtimoiy qonun qoidalarni ham yaxshi bilishmaydi. Horijda musofirlikda yashashning mas'uliyatini yaxshi his qilishmaganliklari sababli turli xil muammolarga duch kelaverishadi.

Xulosa o'rnida o'z fikrlarimni bildirib o'tadigan bo'lsam, to'g'ri hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida pulsiz ko'p narsani bitirib bo'lmaydi, shunday bo'lishiga qaramay yoshlarimizdan ilm olishga haqiqiy muhabbat bilan yondashishlarini, oyoq tagini emas sal oldinroqni kelajakni o'ylab ish qilishlarini, maqsadni yuqori qo'yishlarini iltimos qilardim.

3.20 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.20 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.13 / 1
  • Муштарийлар баҳоси
    4.34 / 6

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

3.5 Бахтиёр Шералиев 25/04/2018

Hurmatli muallif fikrlaringizda jon bor, bunga o'zim ham guvoh bo'lganman. Faqat fikr bildirayotganda ayrim degan so'zni ham qo'llasangiz ayni muddao bo'lar edi. Qolaversa imlo bilan ishlashni maslahat beraman.

2 Абдумалик Носиров 26/04/2018
2.5 Давронбек Тожиалиев 27/04/2018
4 Олимжон Солижон ўғли 30/04/2018
3 Расул Кушербаев 07/05/2018
3 Шерзод Шерматов 14/05/2018
3 Саид-Абдулазиз Юсупов 17/05/2018
4 Маҳсуджон Асқаров 18/05/2018
3 Тўлқин Юсупов 19/05/2018
3.5 Нигора Умарова 19/05/2018
3 Мақсуд Саломов 19/05/2018
2.5 Музаффар Назаров 19/05/2018
2 Умид Гафуров 20/05/2018
3.5 Мубашшир Аҳмад 20/05/2018
3 Қаҳрамон Асланов 20/05/2018
3 Иноят Садикова 20/05/2018
3 Шунқор Чориев 20/05/2018
3 Беҳзод Қобулов 20/05/2018
4 Нодир Закиров 21/05/2018
3 Мансур Тангишов 21/05/2018
3 Уйғун Ғафуров 21/05/2018
3.5 Ботиржон Шерматов 21/05/2018
3.5 Адҳам Отажонов 21/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
3 та фикр