BUYUKLIK SARI

Agarda g'oyalaringizga ishonsangiz, shu yo'lda mustahkam turing, oldindan ko'ra biling va kelajakka nazar soling. Balki sizning g'oyalaringiz muhokamasi vaqtida ularni “bajarib bo'lmas”, “haqiqatdan uzoq”, “amalga oshirish qiyin”, “aql bovar qilmaydi” kabi fikrlar bilan taqiq qo'yilsa, taslim bo'lishga shoshilmang. Bu holda siz ham xuddi Lord Kelvin yoki IBMning ijrochi direktori singari xatoga yo'l qo'yishingiz mumkin. Agarda harakatingiz va xarajatingiz narxi uncha katta mablag'ni tashkil etmasa, tavakkal qilib ko'ring. Inson taqdiri o'z qo'lida! Ko'plab ixtirolar tavakkalchilik ortidan ekanligini unutmang!

Quyida kompaniyalar bilan bog'liq eng qiziq noto'gri fikrlarni jamladik. Marhamat.

* “100 million dollar! Yo'q, Microsoft bunchaga arzimaydi”. IBM, 1982 yil.

* “Bizga ularning musiqalari, umuman gitaradagi ijrolari yoqmaydi – bu kechagi kun”, – 1962 yilda Decca Recording ovoz yozish kompaniyasining The Beatles guruhi albomiga bildirgan fikri.

* “Kelajakda kompyuterlar 1.5 tonnadan kam bo'lmaydi” – Popular Mechanics jurnali, 1949 yil.

* “Men bu mamlakatni bo'yiga ham eniga ham aylanib chiqdim. Eng aqlli insonlar bilan hamsuhbat bo'ldim. Va shuni ishonch ayta olamanki, ma'lumotlarni qayta ishlash (EHM) bo'yicha moda bir yildan uzoq muddat umr ko'rmaydi”, – degan edi 1957 yilda Prentice Hall ishlab chiqarish boshqarmasi rahbarining kompyuterlar haqidagi fikri.

* “Mana shu jismda foydali nima ham bo'lishi mumkin?” – 1968 yilgi IBM firmasining mikrochipni tahlil etish masalasi ko'rilayotgan majlisdagi rahbarlar nutqidan.

* “640 kilobayt xotira har bir inson uchun etarli”, – 1981 yilda Bil Geytsning nutqidan.

* “640 kilobayt xotira har bir inson uchun etarli”, – 1981 yilda Bil Geytsning nutqidan.

* “Hech kimda o'z uyida kompyuterga ega bo'lish zaruriyati paydo bo'lmaydi”, 1977 yil Digital Equipment Corp. direktorining so'zlari.

* “Telefon degan qurilma aloqa vositasi sifatida qarash uchun juda ko'p kamchiliklarga ega. Shu boisdan ham bu qurilmani biror qiymatga ega deb hisoblamayman.”– 1876 yil, Western Union kompaniyasining muhokamasidan.

* “Uchar jismlar havodan og'ir bo'lganligi sababli ham uchishi mumkin emas”, – Qirollik jamiyati prezidenti, fizik Lord Kelvinning 1895 yilgi nutqidan.

* “Neft izlab erni teshish? Neft topish uchun erni burg'ulash kerak degan safsataga nahotki ishonsangiz?! Sizlar aqldan ozgansizlar”, –Edvin Dreykning loyihasiga qaytarilgan javobdan (1859 yil).

* “Ixtiro qilish mumkin bo'lgan narsalarning barchasi ixtiro qilib bo'lindi”, – Charlz Dyuell, patent berish tashkiloti, AQSh, 1899 yil.

* “Aqlli jarroh uchun insonning oshqozoni, ko'krak qafasi va miyasi hamisha yopiq bo'ladi”, – janob Jon Erik Eriksen – britaniyalik shifokor, qirolicha Viktoriyaning bosh shifokori (1873 yil).

* “Osmondan tosh tushishi mumkin emas, osmonda tosh paydo bo'lolmaydi!”, – Parij ilm fan akademiyasining meteoritlar haqidagi xulosasi, 1772 yil

Begonalarga o'z ichki ovozlaringizni o'ldirishiga imkon bermang. Asosiysi jasur bo'ling va his tuyg'ularingizga quloq tuting. Ular siz kim bo'lmoqchi ekanligingizni biladi”, – Stiv Jobs

3.04 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.04 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.15 / 2
  • Муштарийлар баҳоси
    4.35 / 2

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

5 Muslimbek Abdullayev 09/05/2018
4 G'ayrat Norqobil 21/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
1 та фикр