Business Woman ayollar hamrohi

Dilorom Ashurova
Саралаш

Qadimiy hunarlardan biri bo’lgan «quroqchilik» matoning mayda bo’laklarini ulab, undan har xil hajmdagi – katta -kichik buyumlar va kiyimlar tikishdir. Turli rang va shakldagi mato parchalaridan bezakli buyum hosil qilinadi. Qadimdan momolarimiz uy- ro’zg’orда ishlatiladigan matolardan ko’rpacha, yostiq, ko’rpa, chimildiq hamda turli kiyimlar: nimcha, do’ppi va h.k. tikib kelishgan.

U paytlarda chiroyli va sifatli matolar juda qimmat va kamyob bo’lgan. Shu sababli tikuvchilar mato qoldiqlarini tashlab yuborishga kuzlari qiymasdan kichkina bolalarga kiyimchalar, yostiq jildlari, ko’rpa, ko’rpachalar tikishgan. Shu taxlit мatoni iqtisod qilish orqali bu usul milliy hunarmandchilik darajasiga olib chiqilgan. Ba’zi manbalarda aytilishicha, quroqchilik hunari ilk bor Angliyada vujudga kelgan.

Yengil sanoatning rivojlanishi, matolarning ko’plab ishlab chiqarilishi natijasida quroqchilik hunariga bo’lgan e’tibor bir oz pasaygan edi. Bugunga kelib bunday buyumlarga yana qiziqish ortib bormoqda. Bu buyumlar endilikda nafaqat matolarni iqtisod qilish maqsadida, balki san’at darajasida qayta tiklandi. Quroqchilik hunari bo’yicha har yil ko’rgazmalar tashkil qilinadi. Unda turli xil sumkalar, choyshablar, yostiq jildlari, hatto oyoq kiyimlar ham namoyish qilinadi.

Sizni «quroqchilik» san’ati qiziqtirdimi? Ishni nimadan boshlasam ekan deb uylayapsizmi?

Keling, bu yo’lda sizdan yordamimizni ayamaymiz. Bunda siz dastlab ishni mato bo’laklarini topishdan boshlashingiz lozim. Agar o’zingiz yoki yaqinlaringiz orasida tikuvchilik bilan shug’ullanayotganlar bo’lsa ularda bir qancha mato bo’laklari yig’ilib qolishi tabiiy. Siz ana shu bo’laklardan foydalanishingiz mumkin. Agar siz quroqdan tikilgan buyumlaringizning san’at darajasida ko’tarilishini istasangiz u holda bozordan matolarning katta bo’laklarini xarid qilishingiz lozim bo’ladi. Qanday matolarni sotib olish foydali bo’ladi?

- Paxta tolasidan yaratilgan matolar tikish va bichishda qulay bo’lib, ulardan qo’l sochiqlar, choynak qopqog’i, stullar uchun yostiqchalar, qozon ushlagichlar ishlab chiqarish mumkin.

- Qalin matolardan gabardin, dron kabilardan gilamchalar tikish mumkin.

- Ipak matolarni tikish qulay bo’lishi uchun ularni ish boshlashdan oldin kraxmallagan ma’qul. Biroq shuni aytib o’tishimiz lozimki, bu matolardan tikilgan mahsulotlar chidamli bo’lmaydi.

- Mato bo’laklaridan foydalangan paytda bir mahsulotga birvarakayiga bir necha turdagi matolarni ishlatish mumkin. Masalan: qozon ushlagichlarning ustki qismi uchun qalin matolar, tashqi qismiга esa yupqa matolar ishlatsa bo’ladi.

- Og’ir buyumlarning (gilamchalar,stul yostiqchalari va h.k) astar қисмига qalin matolar, sintifon, vatin ishlatish mumkin.

- Bezash ishlari uchun ipak tasmalar, jiyak, lentalardan foydalansa bo’ladi.

- Quroq buyumlarni ishlatishda iloji boricha ularning bir xil o’lchamda bo’lishiga e’tibor berish kerak. Shunda mahsulot juda chiroyli va nafis chiqadi. Siz matolarni qanchalik diqqat- e’tibor va qiziqish bilan tayyorlasangiz, siz kutayotgan natija ham shunchalik go’zal va bejirim chiqadi.

Har bir quroqning bir xil hajmda bo’lishiga qanday erishish mumkin? Buning uchun siz kartondan yasalgan maket andazadan foydalanishingiz mumkin. Ayni shu maqsadda maxsus chizg’ichlar ham ishlab chiqilgan.

Agar bizning yuqoridagi ma’lumotlarimiz siz azizlar uchun foydali бўлса, biz – mualliflar qilgan ishimizdan xursand bo’lamiz.

3.14 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.14 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.14 / 2
  • Муштарийлар баҳоси
    4.36 / 2

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

5 Behzod Ulugov 26/04/2018
5 ravshan 26/04/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
2 та фикр