Biz va Ular

Rabbimqul Isakulov
Саралаш

Aksar o’zbek yoshlari, nafaqat yoshlar balki o’rta yoshli kishilar va hatto ba’zan katta yoshli odamlar qatori men ham chet davlatlardan biriga chiqib, u yerdagi hayotni ko’rish, boshqacha aytganda pul topib kelish niyatida yurardim. Na bir hunarning egasi va na o’z mutaxassisligimni bilimdoni bo’lmasam ham chetga chiqish istagi o’qishni bitirishim yaqinlashgan sayin, vaqt o’tishi kuchayib boraverdi. Taqdirning taqozosi bilan o’qishni davom ettirish niyatida musofir bo’ldim. Manzil esa dunyo bo’yicha rivojlangan davlatlarning 11-pog’onasidan joy olgan 23 million 200 ming aholiga ega Avstraliya bo’ldi.

Y. Sezarning o’sha mashhur iborasida ayiltganidek “Veni, vidi, vici.” ya’ni keldim, ko’rdim, yengdim. Men esa keldim, ko’rdim va TAQQOSLADIM. Inson zoti o’zi shunaqa ekanda… Bir turga mansub har xil narsalarni ko’rsa o’zi istab-istamagan holda ularni bir biri bilan taqqoslay boshlar ekan. Menda ham shunday bo’ldi va bo’lmoqda. Qayerda innavatsion qulaylik ila ishlab chiqilgan narsani ko’rsam, “nega bizda unday emas, bizda ham shunday qilsa bo’ladiku”, degan xayollar o’tadi. Umuman olganda avallari ham shunga o’xshash savollar qiynardi. Nega bizda rivojlanish dunyo taraqqiyotidan biroz sustroq? Shu kabi savollarga javob topishga qiynalib oxiri bu haqida o’ylashdan to’xtagan ham edim. Mana endi rivojlanishda ancha ilgarilab ketgan o’lkaga kelib, o’zaro ikki davlatni solishtirish orqali savollarimga o’z dunyo qarashimdan kelib chiqqan holda qisman bo’lsa ham javob topishga harakat qildim. Rivojlangan davlatlarda rivojlanishga sabab bo’lgan nima bor? Vatanimizda yuqori sur’atlardagi taraqqiyot uchun nima yetishmayapti? Savollarimga topgan javoblarimni iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy atamalarni ishlatmasdan oydinlashtirishga qaror qildim, toki turli sohalarda faoliyat olib boruvchi, turli yoshdagi mushtariylarimiz tushunishlarida qiyinchilikka uchramasinlar.

Avstraliyada ishlab, o’qib yurar ekanman, eng ko’p eshitgan va shu sababdan eng ko’p ishlatgan so’zlarim “Thank you” va “Sorry” bo’ldi. Ya’ni “rahmat” va “uzr” so’zlari. Aynan shu so’zlar rivojlanmagan davlatni rivojlangan davlatga aylantiradi desam, nima deysiz? Katta ehtimol bilan bu oddiy so’zlarning davlatning rivojlanishiga nima aloqasi bor deyishingiz aniq. Bu fikrimni quyida izohlab bermoqchiman. Keling, avvalo, “rahmat” so’zidan boshlaymiz. Rahmat deb qachon, qanday paytta aytiladi va buning ma’nosi nima? Albatta, bu so’z minnatdorchilikni bildirib, kimningdir ishidan mamnun bo’lganda o’sha kishining ishini qadrlash ma’nosida ishlatiladi. Ya’ni, umuman olganda, bir insonning mehnatini qadrlash ma’nosi bor bu so’zda. “Uzr” so’zi esa biror- bir ishda xatolikka yo’l qo’yilganda, qilingan xato tufayli boshqalar zarar ko’rilganda, xatoni e’tirof etish, xatoni to’g’irlash va albatta, xatoni takrorlamaslik ma’nosida ishlatiladi. Boshqacha aytganda, davlatda fuqaroning mehnatiga yarasha munosib “rahmat” aytilsa va davlatda kadrlar ayniqsa mansabdor shaxslar tomonidan xato qilinganida unga o’rinli “uzr” so’ralsa(xatoni tan olib, uni to’g’irlab va takrorlamaslik choralari ko’rilsa) bunday davlat tez orada rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishiga ishonaman. Mehnatning qadriga yetish sababidan kadrlarga yanada shijoat bilan ishlash va o’z kasbiga nisbatan muhabbatni oshirishga erishiladi. Ayni ishda yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar e’tirof etilganda tan olib, xatolar tuzatilsa albatta bunday fazilat yuqori darajadagi natijalarga olib keladi. Xulosa o’rnida, Bangladeshning yettinchi prezidenti, siyosatchi Ziaur Rahmonning aytgan so’zlarini keltirib o’tmoqchiman. Biz Vatanimiz uchun so’ngimizgacha kurashishimiz kerak, deydi Ziaur Rahmon. Kurash deganda albatta qurolni qo’lga olib, kimgadir qarshi jismonan kurashish emas, balki o’z xatolarimizga qarshi, kamchiliklarimizga qarshi kurashishimiz kerak. Shunda, O’zbekistonni hech qaysi davlar prezidenti terrorchi davlatlar qatoriga kiritishga jur’ati yetmaydi.( AQSH prezidenti Donald Trumpning nutqlaridan biriga ishora) Shunda, chet el fuqarolari O’zbekiston deyilganda Pokistonni emas O’zbekistonni tushunishadi. (Chet elliklarning aksariyati O’zbekiston deyilganda Pokistonni tushunishadi)

3.32 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.32 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.12 / 3
  • Муштарийлар баҳоси
    4.36 / 6

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

3 Quramboyev Jamshid 29/04/2018
4 Мухаммад Шакур 29/04/2018
2 Улуғбек Каримов 20/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
1 та фикр