BIR KUNLIK QADR

BIR KUNLIK QADR

Balki fikrlarim optimizmdan ancha yiroqdir, ammo haqiqat. Yaqinda(aprel oyi boshlari) she'rlarimni qo'ltiqlagancha ijodiy muhit tomon oshiqdim. Oh, Navoiy-30!  Senda qancha daholarning nafasi bor! Sening ko'chalaringda qancha buyuklar izlari qolgan va qolayapti! Ana shunday hayajon bilan gazetaga kirdim. Ijod namunalarimni bo'ylari uzun, qosh-ko'zlari chip-chiroyli, kiyimlari ham juda go'zal, ijoddan esa a-a-a-ncha uzoq bo'lgan bir opaga tutqazishga majbur bo'ldim. Tutqazayotib o'ylarim chalkashdi. "Kechir, meni she'rlarim!" Afsus kotiba opaga she'rlarim maqul kelmadi. Qolaversa, Alisher Navoiy tavalludi o'tib ketgan bo'lsa-da, men u kishi haqida she'r yozib uni besamar ko'tarib yurganmishman! Chunki aprel oyida hech bir gazeta sarlavhalarida Alisher Navoiy haqida she'r berilmas emish. Ancha kech qolibman. Ammo sal kutsam yil bu yilgi sonlarida chiqishi mumkin ekan... Kechiring,  Hazratim!!! 

3.40 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.40 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.13 / 5
  • Муштарийлар баҳоси
    4.34 / 20

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

5 Aziza Sobirova 21/04/2018
3 Baxtiyor Ahmad 24/04/2018
4.5 Javohir Izzatullaev 25/04/2018
5 Dilobar Asliddin Qizi 26/04/2018
2 Отабек Йўлдошев 27/04/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
4 та фикр