90 yil avval yo'qolgan kema qayta paydo bo'ldi yohud bermurd ucburchagi

Avazxoja Odilxojayev
Саралаш

Kuba hukumati navigasiya uchun taqiqlangan hudud <<Bermurd uchburchagi>>da noma’lum kemani qayd etdi.Ular kema bilan bog’lanishga bir necha bor harakat qilishgan,biroq hech qanday natija bo’lmagach kemani egallash uchun bir necha patrul kemalari yo’lga tushadi.Kemani ko’rgach patrul a’zolarining nafaslari ichlariga tushib ketgan ko’rinishidan bu kemaga 100 yil bo’lgan edi.Keyinchalik ma’lum bo’ldiki,bu 1925-yilda sirli tarzda g’oyib bo’lgan afsonaviy <<Kotopaksi>>kemasi ekan.Patrul azolari kema ichida ham g’aroyib hodisaga duch keldilar kema intireri u xuddi bir necha o’n yillar davomida ekipajsiz bo’lganini aytardi.Go’yo bir lahzada butun ekipaj sirli tarzda yo’q bo’lib qolgandek… <<Kotopaksi>>kemasi bundan 90 yil avval Janubiy Karolina,Charlstondan chiqgach ikki kun o’tib g’oyib bo’lgan edi.Endilikda Kuba hukumati ushbu sirli hodisa yuzasidan tekshiruvlar olib borishga kirishgan va tekshiruvlar tarixdagi mavhumlikka oydinlik kiritishga ishonmoqda.Bermurd uchburchagi Puerto-Riko,Mayami va Bermurd orollari oralig’ida joylashgan.Bir qancha vaqtlardan buyon bu hududda yuzlab kemalar va samolyotlar eng sirli tarzda g’oyib bo’lgan. Aytib o‘tish kerakki, Bermud uchburchagi mazkur tsiklonlar ro‘y beradigan eng katta hudud hisoblanadi. Yirik girdoblar 30—50 kilometr tezlik bilan harakat qiladi. Garchi hozirda meteorologik xizmat mavjud bo‘lsa ham, ko‘plab kemalar bo‘ronlar qurboniga aylanmoqda.Birinchi marta 1950 yilda Ye. Jons “Bermuda Triangle” nomi bilan kichik risola chop etgan. Lekin bu kitobcha odamlarga kichiklik qildi chog‘i, unga hech kim e’tibor bermadi. Maqolalar, kitoblar chiqishi to‘xtamadi. Ular vaqt o‘tgan sari dahshatli nomlar bilan chop etila boshladi, ularning barchasida Bermud uchburchagidagi g‘aroyib hodisalar haqida aytilardi.

2.49 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.49 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.15 / 1
  • Муштарийлар баҳоси
    4.35 / 1

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

5 Avazxoja Odilxojayev 24/04/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
1 та фикр