Oliy maʼlumotliman, ammo ishsizman...

Sarvinoz Qayumova
Саралаш

Yurtimizda chet tillariga eʼtibor oshgandan oshib bormoqda deymizu, barcha eʼtiborni ingliz tili oʻziga tortib olayotgandek tuyuladi nazarimda. Fargʼona Davlat univeraitetini chet tillari fakulteti nemis tili yoʻnalishini bitirganimga koʻp boʻlmadi.  Koʻpchilik ikkinchi mutaxassislikka ingliz tili yoʻnalishida oʻqib olgin deyishdi. U holda men 4 yil nima qildim? Yana oʻqishim kerakmi? Oʻqish yaxshi, lekin kontraktchi?  Qiziqishimchi?

 Maktabda oʻqib yurgan damlarimda chet tili sifatida nemis tili oʻqitilar edi. Ustozimiz Xalq taʼlimi alochisi Parpiyeva Habiba Nabiyevna har bir darsni qiziqarli, noanʼanaviy tashkillardi. Ushbu tilga qiziqishim oʻsha paytlarda shakllangan.  

Universitetda nemis tili juda ham yaxshi oʻqitiladi. Germaniyadan har yili oʻqituvchilar kelib darslar oʻtadi, seminar, tadbirlar tashkillaydi.Bundan tashqari deyarli har semestrda Germaniyadan kelgan mehmonlar bilan uchrashuvlar boʻladi. Xatto Germaniyaning Oʻzbekistondagi muxtor elchisi bilan ham suhbat uyushtirilgan.

Oʻqishni shunday zavq bilan bitirdiku, tarvuzimiz qoʻltig'imizdab tushdi. Qayerga bormaylik ingliz tili mutaxassisini soʻraydilar. Biz nima qilaylik? Nemis tili koʻp maktablarda tugatilibdi. Toʻg'ri ingliz tilida butun jahon gaplashadi. Shu oʻrinda birinchi prezidentiniz Islom Karimovni bir gaplarini yodga olishni joiz deb bildim. "Ingliz tilini hamma oʻrganishi mumkin, lekin nemis tili intiligentlar tili" degan edilar.

Biz endi nima qilaylik? Barchasiga koʻz yumib oʻzimizni ingliz tiliga bag'ishlaylikmi, yoki sevgan yoʻnalishimizga sodiq boʻlib ishsiz qolaylikmi?! Nega har yili nemis tili yoʻnalishiga talabalar qabul qilinyapt? Shu kabi savollar meni har kuni qiynaydi.

Oliy maʼlumotliman, lekin ishsizman...

  

3.15 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.15 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.12 / 3
  • Муштарийлар баҳоси
    4.35 / 4

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

3 Doniyorbek Yulchiev 17/05/2018
3 Ulug‘bek Xalilov 17/05/2018
4 G'ayrat Norqobil 19/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
4 та фикр