Oliy maʼlumotliman, ammo ishsizman...

Sarvinoz Qayumova
Саралаш

Yurtimizda chet tillariga eʼtibor oshgandan oshib bormoqda deymizu, barcha eʼtiborni ingliz tili oʻziga tortib olayotgandek tuyuladi nazarimda. Fargʼona Davlat univeraitetini chet tillari fakulteti nemis tili yoʻnalishini bitirganimga koʻp boʻlmadi.  Koʻpchilik ikkinchi mutaxassislikka ingliz tili yoʻnalishida oʻqib olgin deyishdi. U holda men 4 yil nima qildim? Yana oʻqishim kerakmi? Oʻqish yaxshi, lekin kontraktchi?  Qiziqishimchi?

 Maktabda oʻqib yurgan damlarimda chet tili sifatida nemis tili oʻqitilar edi. Ustozimiz Xalq taʼlimi alochisi Parpiyeva Habiba Nabiyevna har bir darsni qiziqarli, noanʼanaviy tashkillardi. Ushbu tilga qiziqishim oʻsha paytlarda shakllangan.  

Universitetda nemis tili juda ham yaxshi oʻqitiladi. Germaniyadan har yili oʻqituvchilar kelib darslar oʻtadi, seminar, tadbirlar tashkillaydi.Bundan tashqari deyarli har semestrda Germaniyadan kelgan mehmonlar bilan uchrashuvlar boʻladi. Xatto Germaniyaning Oʻzbekistondagi muxtor elchisi bilan ham suhbat uyushtirilgan.

Oʻqishni shunday zavq bilan bitirdiku, tarvuzimiz qoʻltig'imizdab tushdi. Qayerga bormaylik ingliz tili mutaxassisini soʻraydilar. Biz nima qilaylik? Nemis tili koʻp maktablarda tugatilibdi. Toʻg'ri ingliz tilida butun jahon gaplashadi. Shu oʻrinda birinchi prezidentiniz Islom Karimovni bir gaplarini yodga olishni joiz deb bildim. "Ingliz tilini hamma oʻrganishi mumkin, lekin nemis tili intiligentlar tili" degan edilar.

Biz endi nima qilaylik? Barchasiga koʻz yumib oʻzimizni ingliz tiliga bag'ishlaylikmi, yoki sevgan yoʻnalishimizga sodiq boʻlib ishsiz qolaylikmi?! Nega har yili nemis tili yoʻnalishiga talabalar qabul qilinyapt? Shu kabi savollar meni har kuni qiynaydi.

Oliy maʼlumotliman, lekin ishsizman...

  

3.15 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.15 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.12 / 3
  • Муштарийлар баҳоси
    4.35 / 4

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

2.5 Мансур Тангишов 16/05, 11:24

Mavzu yaxshi tanlangan, ijtimoiy ahamiyati ham dolzarb. Mavzu nomidan men ko‘proq narsa kutgandim, biroq muallifning faqat o‘z hayotidagi qisqa misolni ko‘rdim. Hech bo‘lmaganda bir qancha joylarga ish qidirib borilgani haqida biroz batafsilroq va ta'sirliroq qilib yozilganda o‘qimishlilik darajasi oshgan bo‘lar edi.Qo‘shimcha faktlar va misollarni keltirish, hech bo‘lmasa shu yo‘nalishni bitirgan tanishlarining qisqacha taqdiri aks ettirilishi bo‘lganda ham nisbatan sifatli post bo‘lar edi. Lekin ayni dolzarb muammoni ko‘tarib chiqib yozganlari ham e'tiborga loyiq. O'zbek tilidagi singari nemis tilida ham yoza olsangiz nemis tilini o‘rgatish bo‘yicha maxsus blog yoki interaktiv website yuriting, shu sizga kelajakda ish topishda ham, kerak bo‘lsa shu orqali daromad olishda ham qo‘l keladi.

3 Маҳсуджон Асқаров 16/05, 16:33
3.5 Саид-Абдулазиз Юсупов 17/05, 03:46
2 Бахтиёр Шералиев 17/05, 05:32

Sarvinoz, Sizdagi holatni juda yaxshi tushunib turibman. Men ham shu Siz bitirgan universitetni bitirganman. Shu yerda ishlaganman. Haqiqatda FarDU da nemis tili juda yaxshi o'qitiladi. Lekin aslida sizdagi muammo umuman boshqa masalada ekanligini tushunishingiz lozim. Agar kimdir Sizga imkoniyat yaratib berishini kutsangiz, demak Siz hayotingiz davomida boshqalarning manfaati uchun xizmat qilasiz! Aslida har bir odam o'zi uchun o'zi imkoniyat yaratishga harakat qilishi kerak. Agar chindan Sizdagi nemis tili kuchli bo'lsa fikrimcha ishsiz qolmaysiz. Men doim Filologiyaga darsga borganimda talabalarga til bilan cheklanib qolmasdan biror sohani o'zi o'rganayotgan tilda o'rganishini tavsiya qilar edim. Masalan, Siz nemis tilini bilasiz, men biologiyani, lekin ikkimiz ham bir-birmizni sohamizni bilmaymiz, amalda bir-birimizga foyda bera olmaymiz. Agar Siz biologiyani nemis tilida o'rgansangiz (bu Sizga ancha oson) bemalol biologiyadan bo'ladigan ilmiy sohalarda nemis tilida faoliyat yuritishingiz mumkin bo'ladi. Oddiy tilchi fanni bilmaguncha ilmiy ishlarni umuman tarjima qila olmaydi. Mana shu narsalarga ham e'tibor bering. Chunki hozirgi zamonda integratsiyalashmagan sohalar rivojlana olmaydi. Qolaversa Siz nemis tili o'qituvchisi emassiz, Siz nemis tili mutaxassisisiz! FarDU ga borib o'quv bo'limidan so'rasangiz Sizga sohangiz bo'yicha maktab va kollejlardan tashqari yana qayerlarda ishlashingiz mumkinligi to'g'risidagi Davlat standartini ko'rsatishadi. Endi chempionatga yuborgan materialingizga keladigan bo'lsak, u juda bo'sh yozilgan. Agar chindan ham blogerlik faoliyati bilan shug'ullanishni istasangiz bu boradagi professionallarning ishini ko'proq kuzating, o'z ustingizda ishlang. Omad tilayman.

2.5 Қаҳрамон Асланов 17/05, 14:11
3.5 Шерзод Шерматов 18/05, 00:36
2 Давронбек Тожиалиев 18/05, 16:56
2 Нигора Умарова 18/05, 18:28
5 Расул Кушербаев 18/05, 22:55

Qisqa bo'lsa ham hayotiy masala. Blogpostda kotarilgan muammo originalligi postdagi qator kamchiliklarni yuvib ketadi. Muallifga tashakkur shu muammoga e'tibor qaratganlari uchun!

3.5 Мақсуд Саломов 19/05, 12:12
2 Шунқор Чориев 19/05, 18:52
3 Тўлқин Юсупов 19/05, 21:20
3 Умид Гафуров 19/05, 23:00
3 Мубашшир Аҳмад 20/05, 03:05
4 Беҳзод Қобулов 20/05, 13:17

Бу ҳолатдан хабарим бор. Роман-герман факультети немис тили йўналиши талабаларининг умумий дарди. Уларнинг саволларига жавоб бериш қийин...

3 Музаффар Назаров 20/05, 19:56
3 Абдумалик Носиров 20/05, 22:47
3 Олимжон Солижон ўғли 21/05, 13:12
3 Иноят Садикова 21/05, 13:44
3 Уйғун Ғафуров 21/05, 14:07
4 Нодир Закиров 21/05, 14:13
3 Адҳам Отажонов 21/05, 19:39
3 Ботиржон Шерматов 21/05, 21:23
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
4 та фикр