Bugungi yoshlarning madaniyati haqida

Bahodirjon Nematov
Саралаш

Bugungi yoshlarning muqaddas dinimizga, ota-onaga, bilimga, nikohga, kasb-koriga va albatta muomala madaniyatiga boʻlgan saviyasi haqida nimadir tayyorlamoqchi boʻlidim albatta bu bugungi kunning asosiy hal qilish va aniqlik kiritish kerak boʻlgan masalalardan biridir. Chunki bugungi kunda mamlakatimizda jamiyatimiz va xalq farovonligini oshirish uchun internet, tv, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa koʻplab imkoniyatlar yoshlarni qiziqishini oshirmoqda bu yaxshi lekin biz shu bilan birga oʻz mentalitetimizni madaniyat va islom dini buyurgan ota-onaga boʻlgan hurmat hissini yuksaltirishimiz kerak. Sababi bugungi kunda internetga kirayotgan yoshlarning 90%dan koʻprogʻi (bu shahsiy tekshiruvimdan kelib chiqib) chet elga aloqador xabar, video, musiqa, rasmlarni koʻrib oʻtiradi.

Shu oʻrinda savol tugʻiladi nega aksar yoshlar tariximizni bobokalonlarimizni bilishmaydi lekin falon futbolchini qachon tugʻulganini-yu qayerda oʻynashini aniq sanasigacha biladi? Bunga sabab faqat yoshlar emas balki ularni katta qilayotgan ota-onalar ham birdek sababchi mening nazarimda. Nimaga desangiz xoxlagan oʻziz tanigan oʻnta odamga savol bering! Kimni uyida 100 ta kitob bor?  Va yana kimning uyida nechta televizor bor? 100 ta kitobni puliga 1 ta televizor bermas lekin 1 ta televizorning puliga 100dan oshiq kitob beradi.

Bu borada yoshlarga tarbiyani bogʻcha, maktablardan boshlasak ota-onalarga taʼlimni masjid va jamoat joylardan boshlashimiz kerak. Xoʻp endi savol tugʻiladi bogʻcha maktab masjidlarda aniq taʼlim tarbiya berilyapti lekin jamoat joylarida qanday taʼlim beriladi? Bunga javobim Jamoat joylarida bannerlarda yozilgan hadis oyat yoki dono xalq soʻzlaridan toʻliq yoki parcha yozib qoʻyish kerak yoki chiroyli bir tarbiyaviy surat shaklida taʼlim berish kerak nazarimda.

2.66 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.66 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    0.00 / 0
  • Муштарийлар баҳоси
    4.35 / 2

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

Ҳозирча Блогерлар томонидан баҳоланмаган
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
6 та фикр