Bugun boshlaymiz!

Muzaffar Umar
Саралаш

Men jurnalist emasman, aniq bir shaklda yozish uslubim ham yo’q. Qanday fikrlasam, uni shunday ifodalayman. Lekin inson qaysi soha vakili bo’lmasin, o’z fikrlarini, g’oyalarini, rejalarini shaxsiy yoki ommaviy tarzda yozib qo’yadiki, kun kelib o’zi va boshqalar uchun manfaatli bo’lsin.

Men yozmoqchi bo’lgan mavzuni faqat shu soha borasida tushunib, o’qishga harakat qiling. Toki “Boshqa sohalar-chi?” – degan savol sizni chalg’itmasin. Demak, boshladik.

Hindiston deganda odamlarning xayoliga birinchi bo’lib nima keladi, bilmayman. Ammo men bu davlatni eslashim bilan tasavvurimda ularning dasturchilari (programmistlari) paydo bo’ladi. Balki buning asosiy sababi AQShga borib, o’sha dasturchilarni tayyorlash bilan shug’ullanadigan kompaniyada biroz o’rganib, undan so’ng qaysi IT (axborot texnologiyalari) kompaniyasiga ishga kirish uchun suhbatga borgan bo’lsam, o’sha kompaniyalarning deyarli barcha menejerlari hind bo’lib chiqqanidir?

Ha, hindlar nafaqat Amerika, balki Yevropadagi ko’plab davlatlarda ham IT kompaniyalarining asosiy richaglari hisoblanadi. Tabiiy savol tug’iladi: “Qanday qilib hindlar bu sohada barchadan ilgarilab ketdi? Demak, ularda dasturchilikni o’rganishga qobiliyatli insonlar ko’p ekan-da? Javob oddiy: Yo’q, yo’q va yana yo’q. Ular ham siz va bizga o’xshagan oddiy insonlar. Faqat bizdan ustun tomoni – ular biron bir narsani o’rganish uchun yoshining katta yoki kichikligiga qarab o’tirmaydi, o’rganadi. Chet elga chiqsa, qora mehnat orqali pul topishni emas, balki o’sha davlatdagi eng katta kompaniyalarda ishlab pul topish uchun harakat qiladi. Buning uchun nimani o’rganish kerak bo’lsa, o’rganadi. Amerikada qora mehnat qilib pul topadigan bironta hindni topolmaysiz, ishonavering. Bill Geyts ham o’z kompaniyasining boshqaruvini aynan amerikalik biron tanishiga, qarindoshiga, yoki qiziga emas, balki asli kelib chiqishi hindistonlik bo’lgan insonga topshirganligi ko’pchiligimizga sir emas. Hindlarni ko’p maqtab yubordim, shekilli. Endi asl maqsadga o’tsam.

Agar shaxsiy biznesingiz bo’lib, u orqali yaxshi pul topayotgan bo’lsangiz, yoki kasbingizni sevib, shu sohada miriqib ishlayotgan bo’lsangiz ham, bu maqolani albatta oxirigacha o’qing. Chunki kelajakda farzandingiz sizning kasb yo’lingizdan ketmasligi yoki siz qiynalib o’rgangan sohani farzandingiz osonroq va tezroq o’rganishiga bu yozaganlarimning foydasi tegishi mumkin.

“Dasturchilikni o’rganish uchun matematikani bilish kerak. Men esa tarixchi, biolog, sartarosh yoki jurnalist bo’lsam”, degan gaplar bilan tushkunlikka tushmang. Dasturchilikni har kim o’rganishi mumkin. Ha, hattoki siz ham. “Uni o’rganish uchun matematikani bilish kerak”, degan tushuncha menda ham bo’lgan. Toki matematikani bilmagan ba’zi hind dasturchilar bilan uchrashgunimcha, hali balog’at yoshiga yetmay, 7-8 yoki 11 yoshida, o’zining shaxsiy dastur ilovasini tuzib, millionlab dollar topayotgan yoshgina bolakaylarni qanday qilib bunday muvaffaqiyatga erishganlarining sababini Internetda ko’rib bilgunimcha men ham shunday o’ylaganman.

Kasbingizdan qoniqmayapsizmi? Unda ishdan so’ng biroz vaqt ajratib, maxsus kurslarga borib o’rganing. Buni reklama deb tushunmang. Men bironta ham dasturchilikni o’rgatadigan maxsus kurs ochmaganman, yoki kuchli dasturchi ham emasman. Shunchaki, o’zimga yoqqan ishni sizga ham ilinyapman.

Hammamizda ozmi-ko’pmi, dangasalik bor. Aytaylik, o’zingiz o’rganishni xohlamadingiz. Unda kun kelib, farzandingizga imkon va sharoit qilib bering. 18 yoshga to’lib, universitetga kirib, diplom olishini emas, balki 18 yoshgacha tajribali dasturchi bo’lishini o’ylang va shunga harakat qiling. Yosh bolalar uchun ham dasturchilikni o’rgatadigan maxsus kurslar bor va ularning soni kun sayin ko’paymoqda. “Diplomli bo’laman”, deb, oliygohda o’qib, diplomni olib, so’ng uni keraksiz matohdek sandiqqa solib qo’yganlarimiz qancha. Dasturchi uchun esa diplom kerak emas. Chunki siz ishlamoqchi bo’lgan kompaniyaga sizning diplomingiz emas, bilimingiz va tajribangiz kerak. Shu sababli farzandingiz o’z kelajagi borasida qaror qabul qilishda ikkilanayotganida siz unga yordamchi bo’ling. Barcha bolalar telefon yoki kompyuter titkilashni yoqtiradi. Siz uning bu qiziqishini to’g’ri o’zanga solib yuboring, bunga qo’lingizdan kelgancha harakat qiling va uni bugun amalga oshiring.

Bugun biz dasturchi bo’ladigan kun. Bugun farzandlarimiz dasturchi bo’ladigan kun. Ertaga kech bo’ladi. Balki, o’sha erta hech qachon kelmas.

3.73 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.73 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.18 / 7
  • Муштарийлар баҳоси
    4.38 / 11

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

4 Мансур Тангишов 15/05/2018
5 Шерзод Шерматов 15/05/2018
4.5 Саид-Абдулазиз Юсупов 16/05/2018
5 Маҳсуджон Асқаров 16/05/2018
5 Бахтиёр Шералиев 17/05/2018

Tashkilotchilarga e'tirozim bor! Nega 6 qo'yish imkoni mavjud emas!!! ))

4 Расул Кушербаев 17/05/2018
4.5 Мубашшир Аҳмад 18/05/2018

Самимий мақола бўлибди.

3 Давронбек Тожиалиев 18/05/2018
3 Қаҳрамон Асланов 18/05/2018
4 Нигора Умарова 18/05/2018
4 Олимжон Солижон ўғли 19/05/2018
4 Мақсуд Саломов 19/05/2018
4 Тўлқин Юсупов 19/05/2018

Blogingiz bo‘lganda, 5 baho qo‘yardim.

5 Умид Гафуров 19/05/2018
3 Беҳзод Қобулов 20/05/2018

Умумий гаплар...

4 Музаффар Назаров 20/05/2018
3.5 Шунқор Чориев 20/05/2018
2.5 Абдумалик Носиров 20/05/2018

Жамиятчилик фақат бир жабхадан иборат эмас. Жамиятчиликда чўпон хам бўлиши керак, деҳқон хам ва хакозо. Ана шунда жамиятчилик яхши ривожланади. Дастурлаш сохасида ишлаш хамма учун хам эмас. Чунки дастурчидан кўплаб бошқа соха билимлар билиш талаб этилади. Оддий мисол банк сохаси учун 17 ёшлик ва банк сохасини умуман тушунмайдиган дастурчи оддий дастурини хам ёза олмайди. Тажриба ва кўникмалар кўп жихатларни белгилаб беради.

5 Иноят Садикова 21/05/2018
5 Нодир Закиров 21/05/2018
4 Уйғун Ғафуров 21/05/2018
5 Адҳам Отажонов 21/05/2018
5 Ботиржон Шерматов 21/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
6 та фикр