Bir so`z

Abbos Fayzullayev
Саралаш

Dunyoda shunday so`z borki hech qanday ta`rifga muxtoj emas, bu so`zni boshqa tilga tarjima qilishmaydi, bu so`zni boricha qabul qilishadi. Boks ishqibozlari ko`pincha eng yaxshi bokschi kim degan savol yangraganda ikkiga bo`linib olishadi. Bir tomon MUHAMMAD ALI desa ikkinchi tomon MAYK TAYSON deydi. Bu tortishuvlarni hech qaysi tarozuga solib o`lchab bo`lmaydi. Chunki ular ikki xil davrda, boshqa boshqa asrlarda yashashgan. Lekin bu so`z yangraganda ko`z oldingizga bir vaqtning o`zida yo ikkita Tayson yoki Ikkita ALI kelaveradi. Bu so`z shunday ataladi, bu so`z shunday yoziladi : "EL CLASICO".

Yuqorida kirish qismi juda cho`zilib ketdi. Lekin bu so`z shunga arziydida rozi bo`lasiz endi. Bu to`qnashuv haqidagi bahslar ancha yillar oldin maydondan tashqariga chiqib ulgurgandi. Bu to`qnashuvlar, bahslar tarixini va tavsifini mendan ancha yaxshi bilasiz. O`sha mashxur diktator general Franko davridagi 11-1 dan tortib Luish Figuni qaymorrangli futbolkada Camp Nouda qanday kutib olshilarigacha bo`lgan voqeliklar. Yo`q bularga atroflicha to`xtalib o`tmoqchi emasman. Boshqa tarafga e`tiboringizni qaratmoqchiman. "Tanganing ikki tarfi bor" deyishadi ha o`sha mashxur iboraning davomi ham bor ekan : "...lekin faqat uning bir tarafigina tanganing asl qiymatini belgilab beradi". Yosh avlod vakili sifatida shuni aytishim mumkinki esimni tanib futbol ko`rishni boshlagan yillarim aynan Gvardiola Barselonasining epoxosiga to`g`ri kelgan ekan. So`ngi yillarda esa Zidan boshliq Qirollik klubi ”Yevropa chempionar ligasi”ni ”Real Madrid Ligasi”ga aylantirib yubordi . O`z o`zidan savol tug`iladi. Gvardiolaning Barselonasi kuchliroqmi yoki Zidanning Reali ? Keling yuqorida takidlangan tanganing qiymatini ushbu savol misolida belgilashga harakat qilamiz.

Tanganing 1-tarafi : Zidanning Reali kuchli ! Nega deysizmi ? Chunki ular ko`pchilik klublar tushlariga kirmagan voqelikni amalga oshirishdi. Ha Chempionlar ligasida ketma ket ikki marotaba Madrid madhiyasi baland ovozlarda yangradi. Ssenariy shu ketishda bo`lsa uchinchisiga ham tayyor turaverasiz endi. Bundan tashqari, futbolning eng yorqin lahzasi nimada ? Menimcha gol urilganda. ”Portugaliyalik erkatoy” jamoadoshlari Chempionlar ligasida gol urmagan o`yini kuni tug`ilgan chaqaloq hozir 2 yoshu 1 oylik bo`ldi. Boshqacha so`z bilan aytganda bozordan biror buyum xarid qilganingizda sizga kafolat berishadi. Shunga monand siz Zidan shogirdlarining o`yinini ko`rsangiz, ular sizga, xatto o`yinlari ochilmagandaham yoki ”Ob-havo noqulay kelganida”ham Gol urishlariga kafolat berishadi. Zidan jamoasi buyukroqligining bor bo`yicha ahamiyati nimada namoyon bo`ladi bilasizmi ? Madrilik shovvozlar o`sha ordona qurg`ur ”qo`shquloq kubok”ni o`zga sayyoradan kelib qolib uyiga qayta olmay yerda qolgan Messi va uning jamadoshlari bo`lmish Neymar va Suares bilan birgalikda ”Uch boshli ajdar” bo`lib o`zlarining ashaddiy raqiblari tarkibida o`ynab yurgan davrlarda amalga oshirishdi. Tamom xulosa qilib olavering !

Tanganing ikkinchi tarafi : Gvardiolaning Barselonasi kuchli. Nega ? Ular Yevropa chempionlar ligasini qo`lga kiritishgan yillarida ”To`kis baxt”ga erishishgan ya’ni ”trebl” qayd eta olishgan. Bundan tashqari Gvardiola davrida : Kataloniya jamoasi o`zlarining ”quda” lari bilan o`zaro xisob kitoblarida katta farq bilan ustunlik qilishgan. Esladingiza 6-2, 5-0 lar. Umuiy statistika esa quyidagicha: 17 ta o`yinning 10 tasida Barselona, 3 tasida Real va 4 tasida do`stlik g`alaba qozongan. Va yana bir Kataloniya jamoasi foydasiga ishlaydigan fakt shuki, Zidan davrida Barselona rahmatli Xojiboy qiziq aytganidek yo`l tutgan. Ya’ni Chempionlar ligasini ertaroq tark etishgan va

- ”Ha nima bo`ldi, qayoqqa”deyishsa,

-”Biz oldin bu kubokni yutganmiz, sizlar biz yo`qligimizda o`ynab olinglar, biz keyin o`sha zo`ringiz bilan o`ynaymiz”

Va o`sha zo`ri bilan bo`lgan o`yinlarda ko`pincha g`olib bo`lishganham, boshqacha aytganda Madridliklar Boks bo`yicha viloyat, tuman, respublika bosqichlarida birinchilikni olib kelishgan yillarida, o`zlarining mahallalaridagi ikkita ko`cha naryoqda turadigan va darvozasiga ” Mes Que Un Club” deb yozilgan, past bo`yli nimjon, ko`rinishidan ”jangchi”ga ham o`xshamaydigan bola bilan bo`ladigan o`yinlarda, ko`pincha ”burni qonab” uyiga yig`lab qaytgan.

Ko`rdingiz yuqorida imkoniyatim qadar tanganing ikkala tarafini ko`rsatdim. Qiymatini belgilashni o`zingizga qoldirdim. 

2.59 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.59 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.12 / 2
  • Муштарийлар баҳоси
    4.34 / 3

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

1 Baxtiyor Ahmad 07/05/2018
4 Aziza Qurbonova 07/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
1 та фикр