Zamonaviy “Ninja”lar mamlakatiga xush kelibsiz!

Islombek Ahmadaliev
Саралаш

Zamonaviy ninjalar deb sarlavha qo’yishimga sabab, bilamiz qadimda ninjalar yuzlarini niqobda to’sib yurishgan. Endilikda uning zamonaviy talqini esa maska 😷 taqqan yaponlardir. Ushbu maqolani yozishimga har uch yapondan bittasi maska taqib yurgani hamda ular doim kasalmikan yoki shartsiz refleks(doimiy odat)ga aylanib qolganmikan degan savollar turtki bo’ldi. Chindan ham shundaymikan🤔. Ko’plab internet saytlardan ma’lumot olmoqchi bo’ldim. Ko’z oldimda jonli misollar ko’p ekan.

Yaponlar nega doim maska taqib yurishadi?

#Gripp va #Shamollash tufayli

Chindan ham gripp yoki shamollash alomatlari sezilsa darhol boshqalarga yuqtirmaslik maqsadida ham shunday qilishar ekan. Agar siz ko’p aksirib va yo’talsangiz, chindan ham niqob taqish zarur. Sababi atrofdagi insonlarga zarar yetkazmaslik. Keyin ko’plab o’zidan xushbo’y hid chiqaradigan niqoblar mavjud. Bundan tashqari kasallik boshlanishi bilanoq, niqoblar taqish og’iz va burun bo’shlig’ini ham sovuq va changdan himoya qiladi. Bu yaxshi albatta.

#Kasallikdan himoyalanish maqsadida

Bilamizki odam tiqilinch joylarda, metro va elektrichkalarda havo orqali turli kasalliklar yuqishi mumkin. Bundan himoyalanish uchun esa niqoblar foydali hisoblanadi.

#Grim qilishga eringan paytda

Ya’ni shoshilinch do’konga chiqishda yoki kutilmaganda biror joyga borishga to’g’ri kelib qolsa, ayollar yuzlarni grim qilish uchun vaqt ketkazmay niqoblarni taqib olishar ekan.

#Zamonaviy moda uchun

Buni qarang, tibbiy niqoblardan tashqari Yaponiyada kiyimlarga moslab taqadigan yoki anime qahramonlari va gullar tasviri tushirilgan niqoblar ham mavjud. Shuningdek ular o’zidan xushbo’y hid ham taratar ekan.

#Ifloslangan havodan himoya

Yaponiyada chang yoki ifloslangan havo yo’q albatta, biroq ba’zan Xitoydan shamol orqali zaharli havo oqimi kelib qoladi. Bundan himoyalanish uchun niqoblar foydali hisoblanadi.

#QuruqHavo

Ko’p ko’rishimiz mumkin, aeroport va samolyot ichida deyarli 85% yaponlar niqob taqib olishgan, sababi quruq havo ekan. Niqob esa burun va og’iz bo’shlig’i, shuningdek membranalarni namlik me’yorini saqlash maqsadida ekan.

#Instinkt o’rganib qolish

Kasalik davri yoki uni oldini olishda niqob taqib olish yaxshi, biroq boshqa payt ham taqishga o’rganib qolish ham mumkin ekan. Ya’ni aytarli sabab yo’q, biroq shartsiz refleks.

Meni yapon tanishlarimdan biri bilnnkuni ko’rishib qoldik va niqob taqib olibdi.

-Tinchlikmi gripp bo’pqoldingmi desam, “yo’q, kecha futbol ko’rib juda ko’p ichkilik ichibmiz, ertalabdan hidi kelyapti, shunga taqib oldim” dedi. Ya’ni yaponlar atrofidagi insonga zarar yetishini ham xohlamaydi, bunisi yaxshi albatta.

Internet manbaalari hamda hayotiy kuzatuv natijasi

©️ZiyoUlashuvchi(Islombek Ahmadaliev)

3.17 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.17 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.13 / 4
  • Муштарийлар баҳоси
    4.36 / 7

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

3.5 Бахтиёр Шералиев 26/04/2018
2 Давронбек Тожиалиев 27/04/2018
3 Олимжон Солижон ўғли 02/05/2018
3 Шерзод Шерматов 14/05/2018
4 Расул Кушербаев 15/05/2018
3 Саид-Абдулазиз Юсупов 17/05/2018
2.5 Мақсуд Саломов 18/05/2018
3.5 Маҳсуджон Асқаров 18/05/2018
3 Тўлқин Юсупов 19/05/2018
2.5 Нигора Умарова 19/05/2018
3 Умид Гафуров 20/05/2018
2.5 Қаҳрамон Асланов 20/05/2018
3 Музаффар Назаров 20/05/2018
3 Беҳзод Қобулов 20/05/2018

Хулоса ва бизнинг жамиятизга доир қандайдир қўшимчами, боғловчи фикрми айтилса, дуруст бўларди...

3 Шунқор Чориев 20/05/2018
3 Абдумалик Носиров 20/05/2018
3 Мубашшир Аҳмад 21/05/2018
3 Мансур Тангишов 21/05/2018
4 Нодир Закиров 21/05/2018
3 Иноят Садикова 21/05/2018
3 Уйғун Ғафуров 21/05/2018
3.5 Адҳам Отажонов 21/05/2018
3.5 Ботиржон Шерматов 21/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
3 та фикр