Yur, tibbiy ko'rikdan o'tamiz!

Dilnavoz Berdiyeva
Ярим финал

“Onkologiya” so‘zini eshitganda, onkologiya shifoxonasi tomonga yo‘li tushganda inson bir seskanib oladigan davrda yashamoqdamiz. Bu bejizga emas. Kundan kunga ushbu xastalik butun dunyo bo‘ylab ko‘payib bormoqda. 2015-yil statistic natijalariga ko‘ra butun dunyoda 8,8 million kishi hayotdan ko‘z yumishiga turli xil onkologik xastaliklar sabab bo‘lgan. Ushbu o‘limlarga sabab bo‘lgan onkologik xastaliklarning ko‘rsatgichlari quyidagicha:

1. O‘pka o‘smasi sababli 1,68 million;

2. Jigar o‘smasi sababli 788 000;

3. Kolorektal o‘smalar sababli 774 000;

4. Oshqozon o‘smasi sababli 754 000;

5. Ko‘krak o‘smasi sababli 571 000 nafar inson vafot etgan.

Saraton kasalligida o‘limning qariyb 70 foizi past va o‘rta daromadli mamlakatlarda kuzatiladi. Bunga ham statistika keltirib biroz boshingizni qotirmoqchiman. Yevropa va AQSH mamlakatlarida o‘rtacha olganda onkologik kasallik bilan kasallangan insonlarning 5 nafardan 2 nafari tuzalishga erishsa, Afrika va OSiyo mamlakatlarida bu kasallikdan 1/10 nafar inson tuzalishga erishadi. Lekin kasallik tarqalishi va rak keltirib chiqaruvchi moddalarning uchrashi bo‘yicha AQSH va YEvropa Osiyodan 7 barobarga ustun turadi. Demak, qanday xulosaga kelamiz?! Shoshmang, xulosani so‘ngida berib o‘taman.

Bakalavr va magistraturada o‘qish davrimda o‘z ilmiy tadqiqot ishimni ilmiy tadqiqot institutda o‘tadim. Laboratoriya shunday joy-ki, ilmiy tadqiqotchi uchun uyerdagi har bir apparatu preparatlar uning tushligiga, eksperiment obyektlari quyon-u sichqonlar ilmiy xodimning do‘stlariga aylanib qoladi. Yana laboratoriyadagi hamkasblaring jigaringga aylanadi. Chunki ular bilan maqsading, intilishing, ilming, fikr doirang odatda juda o‘xshash bo‘ladi. Hamkasblar bilan bugun quyonning genini tekshirsangiz, ertaga unga flyurosentli gen kiritib u bu yangilik qilmoqqa intilasiz kishi. Atrofdagi insonlarni ziyrakroq tiyranroq kuzatish qon qoningizga singib ketadi. 2-kurs magistratura davrimda laboratoriyamizga bitta qiz keldi. Yaxshi chiqishib ketdik. Qizlar odatda tez sirdoshga aylanadilar. Ular menga onalari ko‘krak saratonidan vafot etganlarini aytib berganda, uni bag‘rimga bosib “umrlarini sizga bersin” deb ko‘ksim to‘lib ketgani hamon yodimda. Shundan keyin 6 oy o‘tib qarasam uning sochlari nisbatan ko‘p to‘kiladi, tirnoqlarida, tanalarida kuzatilayotgan o‘zgarishlarga qarab, og‘riq belgilarini sekin so‘rab havotirga tushdim. IShqilib saraton bo‘lmasin! Men jinsiy xromasoma anomaliyalarini o‘rganardim. Shu sabab doim menga doim eksperiment uchun namuna (sog‘lom qon) kerak bo‘ladi. Undan menga qon berishini so‘radim. Tabiiyki rad etmadi. O‘zim o‘sma analizini qilib ko‘rdim. DNKda rak keltirib chiqaruvchi gen joylashgan telomere uchastkaning o‘zgarganini ko‘rib yuragim shuvilladi. Vahima qilmasdan, uning otasini chaqirtirdim. Va o‘ziga tushuntirdim. Hali aniq emas, ammo hamma kasallikni boshlanishini oldini olish mumkinligini tushuntirdim. Onkologiya shifoxonasiga borishdi. Ha ular ham ko‘krak saratoni kasalligi asoratini aniqlashdi. Ota bola Moskvaga borib operatsiya orqali endi o‘smoqchi bo‘lgan, hali organga tarqab ulgurmagan o‘smani oldirib tashlashdi. Organning o‘ziga ham ziyon yetmadi hatto! Mana uch yildirki sog‘ omon. Sog‘ bo‘lganda ham yer-u ko‘kni ilm bilan to‘ldirib yuribdi. Har har kelganda meni bag‘riga bosib, “onamni hidi sizdan keladi dugoon” deb erkalab qo‘yadi. Men esa shodlanaman. Qaniydi ularning onalari ham og‘riqlarga e’tiborli bo‘lib vaqtida doktorga borganlarida edi…

Yana bir hamkasbim, kursdoshim bor. Ismi Diyor. Onalari ko‘krak saratoni sababli vafot etgan. Uning aytishicha saraton shu darajaga yetganki tilining ostigacha UZDda ko‘ringan!!! Bungacha joni qancha og‘ridi ekan?!

Demak, statistika tahliliga qaytamiz, nega O‘zbekistonda rak xastaliklarining 5 nafaridan 4 nafari vafot etishiga!!! Bizda tibbiyot rivojlanmaganmi?! Aslo unday emas, bilish uchun Toshkentda joylashgan ikkita onkologiya shifoxonasiga ham borib ko‘ring. Jihozlari zamonaviy, rak xastaligini metostaza berishdan oldin aniqlash uchun reaktiv va kerakli asbob uskunalari yetarli darajada! Shifokorlarining ilmiy darajasi ha balki AQSH-u Yevropaniki qadar emasdir, ammo ularning ilmi aniq kasallikni aniqlashga yetadi. Buni men o‘nlab insonlarni shu shifoxonaga yuborgan bioximik mutaxassis sifatida aytmoqdaman. Unda muammo qayerda dersiz?! Muammo bizda! O‘z – o‘zimizda. Jonimiz og‘risa o‘tib ketadi deb avval “trimol”ni yana ham og‘riq qolmasa “Baralgin”ni ichib og‘rig‘imizni to‘xtatadigan o‘zimizda! Bizda tibbiy madaniyat juda oqsaydi, azizlar. Faqat saratonni men misol keltirdim xolos, minglab infeksiyalar bor organizmni xastalantirish uchun. Lekin, biznikilar jonkuyar. Vaqtini doktorga borishdan ayaydi. Og‘riqlarini aldabgina qo‘ya qoladi turli bo‘lgan bo‘lmagan dori vositalari bilan. Keyin hali eng navqiron 40 yoshida turib “qarichilikda shu joyim og‘riyabdi” deb aytib qo‘yadi. Qaniydi hamma hammaga jar solsam, “Ey Baraka topgurlar qarilik xastalik degani emas, shunchaki organizmdan yoshlikning ketishi, Sintez reaksiyalari emas parchalanish reaksiyalari ko‘proq sodir bo‘ladigan yosh. Bunda og‘riq bo‘lishi shart emas. Sog‘lom odam sog‘lom qariydi” deb aytsam…

Jamiyatda tibbiy madaniyatni oshirish uchun quyidagi takliflarni beraman:

1. Avvalambor, bolalarimizni katta qilguncha “ana duxtir kelyabdi, hozir ukol qiladi” deb doktordan bezillatib qo‘ymaylik. Aksincha, biror joyi lat yedimi yoki og‘ridimi uni mutaxassisga ko‘rsatish kerakligi haqida tushuncha berib, oq xalatlilardan qo‘rqmaydigan qilib tarbiyalaylik.

2. Hamma tashkilotlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tish tizimi bor a?! Lekin qaysi biringiz har yili shu tekshiruvdan o‘tasiz? Va atrofingizdagilar qanday o‘tadi yoki necha sum beradi?! Mana shu tibbiy tekshiruvni xolisligini nazoratga olishsin. Men bilgan ko‘p tashkilotlarda bu tizimdan pullik o‘tishadi. Soxta sog‘lomlik kimga kerak?! Odamlarimiz ham ikki soat vaqtini boylikdan afzal sog‘lik uchun sarflashni o‘rganishlari uchun hammamiz ham yon atrofimizga agitatsiya qilaylik.

3. Viloyatlar bo‘ylab turli xil she’ru qo‘shiq aytib yurgan Zulfiyachiyu san’atkorlarimizga bittadan bo‘lsada ilm ahlini qo‘shib qo‘yishsin. Toki ular tibbiy madaniyatni xalq tushunishi uchun xizmat qilsin. Hech bo‘lmaganda teatrlarimizda, ko‘rsatuvlarimizda tibbiy madaniyatni oshirishga, tibbiy ko‘rikdan o‘tishga odamlarni undaydigan g‘oyalarni berishsin;

4. Mana Yoshlar Ittifoqi tashkil qilingan a?! Bu tashkilotga juda katta ishonch bildirilgan. Bu ishonchni “yalla” aytib oqlab bo‘lmaydiku. Ushbu tashkilotni ishlarini bundooq kuzatsam boshi she’r aytishdan, kitobxonlikka targ‘ibdan va biznes rejadan ortmayabdi. Bular ham yuzakidek. Ya’ni, tadbirkor u bu g‘oya aytadi ammo targ‘ib, shogird chiqarish yo‘q. Biznes maslahat beriladi, amalga joriy etilib massaviy foyda keltirganini hali eshitmadim, bilmadim. Bexabar qolgan bo‘lsam uzr, ammo. Buni ustiga sog‘ligi but bo‘lmagan, yoki yaqini bemor bo‘lgan insonga she’ru biznes g‘oya bilan yordam berib bo‘lmasa! Ana shu uyushgan yoshlarga bir maslahat, Tibbiyot Institutlaridan, O‘zRFAdan professor o‘qituvchilarni chorlab turli xil semenarlar o‘tkazsin tibbiy madaniyatni oshirish, kasallik sabablari, O‘zbekiston hududida uchraydigan xastaliklar ularning oldini olish, kasallik belgilari haqida. She’rxonlikdan ko‘ra xalqqa shu foydaliroq, ishoning! Mana har bir tashkilotda, Yoshlar ittifoqi bor hozir, yo‘qlariga hududiy vakillar borib tashkil qils qanday yaxshi bo‘ladi. Qo‘shimchasiga, kasb kasalliklarini ham tushuntirib ketilsa, masalan dehqonda uchrashi mumkin bo‘lgan kasallik qaysi, o‘qituvchida qaysi, veterenarda qaysi, cho‘ponda qaysi kasallikka moyilliklar bo‘lishi va uni da’volash, tibbiy ko‘rikda o‘tishga chorlov haqida. Ayniqsa ayollarga. Qishloq joylarida yillaaab ginekologga bormaydigan ayollarni bilaman, afsus… Tibbiyot vakillari jonli semenarlarni jon deb tashkil qilib berishadi, chunki ularga ham kasallikni da’volashdan uni oldini olish osonroq.

Ilohim, kasal bo‘lmangizlar.

P/S: Statistik ma’lumotlar http://www.cancerresearchuk.org web saytidan olindi.

4.10 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    4.10 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.37 / 12
  • Муштарийлар баҳоси
    4.55 / 7

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

4 Расул Кушербаев 01/06/2018
5 Абдумалик Носиров 01/06/2018
4.5 Бахтиёр Шералиев 01/06/2018
3.5 Давронбек Тожиалиев 01/06/2018
3.5 Мақсуд Саломов 01/06/2018
3.5 Қаҳрамон Асланов 01/06/2018
3.5 Нигора Умарова 01/06/2018
5 Тўлқин Юсупов 01/06/2018
3.5 Уйғун Ғафуров 01/06/2018
4 Мубашшир Аҳмад 01/06/2018
4 Олимжон Солижон ўғли 01/06/2018
5 Адҳам Отажонов 01/06/2018
3.5 Умид Гафуров 01/06/2018
4 Беҳзод Қобулов 01/06/2018
4 Маҳсуджон Асқаров 01/06/2018
4.5 Шерзод Шерматов 02/06/2018
5 Саид-Абдулазиз Юсупов 02/06/2018
4 Нодир Закиров 02/06/2018
3.5 Музаффар Назаров 02/06/2018
4.5 Шунқор Чориев 02/06/2018
5 Мансур Тангишов 02/06/2018
4 Ботиржон Шерматов 02/06/2018
3.5 Иноят Садикова 02/06/2018

Blogpost uchun rahmat. Kamchiliklari: saraton kasali tabiiy o'limlar o'rtasida nechinchi o'rinda turishligi ham qiziq edi; ma'lumotlar manbasi ko'rsatilmagan. Jumladan O'zbekiston miqyosidagi olib boriladigan statistikaga ham sir emas, ishonch yo'q. Tahlil biroz sayoz bo'lgan. Merkuriy va boshqa moddalarga bor vakcinalar ham saratonni (ayniqsa yosh bolalarda) keltirib chiqarayotgan omillardan biri bo'lishligi mumkinligi nazardan qochirilgan va boshqa bir qator ehtimoliy sabablar ham sanab o'tilmagan - ovqat racioni ham shular jumlasidan.

Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
3 та фикр