Turizm millat boyligi, uni rivojlantirish uchun dastlabki qadam!

Rivojiddin Tursunov
Саралаш

So'nggi paytlarda bo'layotgan jiddiy o'zgarishlar, yangi imkoniyatlar barcha soxalarni rivojlanishiga turtki bo'lmoqda. Ayniqsa, bizning bir necha asrlardan meros bo'lib kelgan "Yashirin Turizm". 

Marketing, Iqtisodni tushungan odam biladiki, Turizm orqali kirib kelgan xar bir dollar mamlakat iqtisodiyotiga katta xissa qo'shadi. Yurtboshimiz ushbu soxaga urg'u berishlari ham bejizga emas.

Bilamizki, bugungi kungacha bizning iqtisodda Turizmning o'rni deyarli yo'q edi. Har yili baralla aytilgan millionlab turistlarni biz deyarli ko'rmadik. Xalqaro maydonda Marketingni sustligi, Viza masalalaridagi og'riqli nuqtalar, Aeroportdagi uzundan uzun navbatlar turistlarni bizning 4 faslli mamlakatimizga kelishlariga to'sqinlik qilib keldi. Endi esa Turizmni rivojlantirish uchun xamma tomondan eshiklar ochiq, imkoniyatlar yetarli, taklif beraylik, ishlaylik, qo'rqmaylik, aldamaylik, aldanmaylik!

1. Xalqaro Analiz

Turistlar oqimini kuzatar ekanman, eng ko'p turistlar tashrifi Fransiyada kuzatilar ekan. Jami 2016-yilgi natijalar bo'yicha yillik turistlar soni 82.6 million! Undan keyingi o'rinlarda mos ravishda AQSH va Ispaniya. Ro'yhatning davomini quyida ko'rishingiz mumkin

Bu natijalar shunchaki Wikipedia ensklopediyasidan olingan faktlar xolos, lekin xammasi shu faktlardan kelib chiqqan analizlardan yaraladi. Xo'sh bu davlatlarga turistlar nima uchun boradi? Aslida shu davlatlarni birma bir o'rganish kerak emasmi, mayli bizda aynan Eyfil Minorasi bo'lmas, AQSH kabi Casinolar, mashxur Sharsharalar yoki Ispaniya kabi Real Madrid, Barcelonalarimiz bo'lmas, lekin qandaydur faktorlarni olsak zarar qilmaydi. Italiyni bilgan odam tushunadiki, turistlar asosan Tarixiy Obidalarni ko'rish uchun mamlakatga tashrif buyuradi, qaysidur jihatlarimiz Italiyadan qolishmas balki. O'sha Italiyaga borayotgan 52.4 million turistning 10%i O'zbekiston atalmish Jannatmakon o'lkaga tashrif buyurib tarixiy obidalarimiz yonida rasmga tushishga qarshi emas deb o'ylayman. Xo'sh o'sha turistlar kimlar? 

Yuqorida Turistlar tashrifi haqida qisqacha fikrimni berishga xarakat qildim, navbat Turistlar aynan qaysi davlatlardan ko'p Turizm uchun ko'p xarajat qilishiga keldi.  

Yuqoridagi Statistikadan ko'rish mumkinki bizga judayam yaqin bo'lgan Xitoyliklar sayohat qilishni xush ko'rishadi va buning uchun anchagina xarajat qilishadi. Janubiy Koreyaliklar ham bu borada TOP 10 talik ro'yhatda. Balki bu ro'yhatdagilar bizning tarixiy turizmimizga 100% qiziqish bildirishmas, lekin ularga va 10talikka kirmagan boshqa davlatlardagi turistlarga nimalar qiziq bo'lishini o'rganish dolzarb mavzu bo'lishi kerak. 

2.0 Marketingdagi IMXOlar

Bundan 3-4 yil oldin, Blue Ocean Strategy kompaniyasida ish boshlaganimda, jamoamiz qo'liga Malayziya turizmini rivojlantirish bo'yicha proekt kelib tushgandi. O'sha vaqtlardayoq, turizmni tushunishni boshlaganimdayoq bizning yurtimizda Turizmni rivojlantirishga potensial yetarli degan fikrda edim. Quyida shu o'rganishlar natijasida kelib chiqqan Marketingga taaluqli ba'zi topilmalarni sizlar bilan bo'lishaman. 

- Bond! James Bond! Bilasizmi bu kino nima uchun Buyuk Britaniyadek davlatdan kelib Tailandda olingan, Tailand turizmini rivojlantirish uchun. Hozirgi kunga kelib esa xattoki Tailandda aynan James Bond oroli mavjud, va har yili millionlab turistlar ushbu orolga tashrif buyurishadi. 

-  Futbol! Atletiko Madrid va Ozarbayjon! Xa bu jamoalar o'rtasida o'yin o'tkazilmaydi, lekin Ozarbayjon turistlarni jalb qilish uchun dunyoga mashxur futbol klubi liboslarida "Azerbaijan, Land of Fire" - "Ozarbayjon, Olov yerlari" deb mashxurlikka intiladi. 

- Fransiya eng ko'p tashrif buyuruvchi mamlakat reytingida 1-o'ringa qayta chiqish uchun va Xitoydan ko'proq turistlarni jalb etish uchun, aynan Xitoyda mashxur MODELlardan foydalangan edi.

Yuqorida ba'zi Turizm bilan bog'liq ba'zi faktorlarni keltirib o'tishga xarakat qildim, keyingi bosqichda bundanda ko'proq Marketing sohasidagi faktorlarni, Italiya kabi tarixiy turizmi rivojlanayotgan mamlakatlarga borayotgan turistlarni chaqiruvchi omillar, bizning mamlakatimizdagi imkoniyatlar, Turizmni qo'llab quvvatlovchi omillar va yurtimizda turizmga kerak bo'lgan Infrastruktura haqida sizlar bilan fikr almashishsga xarakat qilaman. Yodimizdan chiqarmaylik Turizm Millat boyligimiz bo'lishi mumkin!

3.44 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.44 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    0.00 / 0
  • Муштарийлар баҳоси
    4.35 / 7

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

4.5 Бахтиёр Шералиев 25/04/2018

Muallif biroz bo'lsa ham umumiy fikrlardan chekinib, shaxsiy fikr va qarashlarini ilgari surgan. Blogpost bir qarashda odamni jalb eta oladi. Unda rasmlar va turli statistik ma'lumotlarning berilgani blogpostning katta yutug'idir. Hurmatli muallif, ishni yuklashdan avval imloni bir karra tekshirib yoki tekshirtirib olishni tavsiya qilaman.

4 Абдумалик Носиров 26/04/2018
3 Давронбек Тожиалиев 27/04/2018
4 Адҳам Отажонов 28/04/2018
3 Мақсуд Саломов 30/04/2018
4 Олимжон Солижон ўғли 30/04/2018
1 Расул Кушербаев 07/05/2018
5 Маҳсуджон Асқаров 13/05/2018
5 Саид-Абдулазиз Юсупов 17/05/2018
4 Шерзод Шерматов 17/05/2018
3 Нигора Умарова 18/05/2018
2 Тўлқин Юсупов 19/05/2018
3 Музаффар Назаров 19/05/2018
4 Умид Гафуров 20/05/2018
3 Қаҳрамон Асланов 20/05/2018
3 Мубашшир Аҳмад 20/05/2018
3 Шунқор Чориев 20/05/2018
3.5 Беҳзод Қобулов 20/05/2018
4.5 Иноят Садикова 21/05/2018
4.5 Нодир Закиров 21/05/2018
4 Мансур Тангишов 21/05/2018
3.5 Уйғун Ғафуров 21/05/2018
4 Ботиржон Шерматов 21/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
1 та фикр