Tomorqada pishib yetilgan metall

Beknazar Raxmatov
Саралаш

Bahor keldi deguncha joylarda shanbalik, dushanbalik, seshanbaliklar avjiga chiqib ketadi. Men ham dam olish kunidan foydalanib dala hovlimizdagi tomorqani yaxshilab chopib uzundan-uzun ariq oldim. Keyin omborxonaga kirib urug’likka qolgan 4 yoki 5 kilogramm metalalomni, jumladan, siniq ketmon, qiyshaygan lom, eski karovot bo’laklari va shunga o’xshash, keyinchalik kerak bo’lib qolar, deb olib qolingan mayda-chuyda temir buyumlarni quchog'imga siqquncha ko'tarib chiqdim-da ularni eka boshladim. Yaxshi hosil berishi uchun har birining orasida bir-ikki qarichdan joy qoldirdim. Xudo hohlasa, yoz davomida yaxshilab chopib, vaqtida sug’orib tursam, kuzda tomorqamizdan 3 yuz kilogramga yaqin metall yig’ib-terib olishim mumkin.

1996-yil maktabga kelgan bo’lsam, to bitirgunimcha 9 yil davomida shu tomorqamizdan maktabga metall tashidim. Keyinchalik uch yil kollejda o’qigan vaqtimda uydan sal uzoqroqda taxsil olayotganimiz tufayli metall ko'tarib yurushga kollej ma'muriyati yo'l qo'ymadi! Kollej ma'muriyati bizni o’ylab shunchaki pulini yig’ib olishdi. O'sha vaqtda maktabdagi vaziyatga solishtirganda kollejning bu tartib-qoidasi menga o'xshagan talabalarga saryog'day yoqib tushgandi. Kollejni tamomlagach o’zim bitirgan maktabga ishga kirdim.

2009-yilda ishga kirgan bo’lsam, mana yana 9 yildan buyon tomorqamizda yetishtirgan metallarimdan maktabimiz hisobiga topshirib turibman. Har yili o’rtacha 250 kilogramm atrofidagi metalni tomorqamizda yetishtraman. Hech qanday muammo yo'q! "Dehqonning risqi ketmonda". Boshimga uramanmi pamidor bilan bodiringni metalning 1 kilogrami 1200 so'm bo'lib turgan bir paytda. Eng qizig'i narxi oshsa oshadiki, sira tushmaydi: koni foyda. Irimaydi, chirimaydi amal qilish yoki iste'mol qilish muddati o'tmaydi, metalga ehtijoy ham pasaymaydi.

Mening metall yetishtirish bo'yicha 18 yillik tajribam bor. Nasib qilsa keridit olib, issiqxona bunyod etib butun to'rt faslda metal yetishtirishni maqsad qilganman, zero ta'lim sohasida metal izlab yurgan ko'p qavatli honadonlarda turadigan hamkasblarim anchagina, ularni metal yetishtirish uchun tomorqasi yo'q.

3.39 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.39 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.11 / 7
  • Муштарийлар баҳоси
    4.36 / 9

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

3 Бахтиёр Шералиев 18/04/2018

Orginal bo'lmasa-da, lekin tanlov uchun yaxshi mavzu tanlangan. Menga yoqqan jihati mavjud muammoga muallifning o'ziga xos yondashuvi bo'ldi. Lekin shu bilan birga ayrim kamchiliklar ham yo'q emas. Jumladan, muallif ushbu kichkina matnning o'zida 13 ta imloviy xatoga yo'l qo'ygan. Qolaversa ayrim so'zlar fonetik qoidaga ko'ra yozilgan. Bundan tashqari muallif ushbu muammoni yoritishda chuqurroq tahlil qilishi, sohada shu mavzuga doir ayrim ko'rsatkichlarni keltirishi mumkin edi, sal kam 10 yillik pedagogik tajribaga ega kishi bunday misollarni maktabdagi faoliyatidan qiynalmasdan topa olar edi.

3 Давронбек Тожиалиев 25/04/2018
4 Қаҳрамон Асланов 26/04/2018
3 Олимжон Солижон ўғли 26/04/2018
4 Тўлқин Юсупов 06/05/2018
3.5 Мансур Тангишов 13/05/2018
2 Музаффар Назаров 15/05/2018
4 Саид-Абдулазиз Юсупов 16/05/2018
4 Шерзод Шерматов 16/05/2018
3.5 Ботиржон Шерматов 18/05/2018
4 Расул Кушербаев 18/05/2018
4 Маҳсуджон Асқаров 18/05/2018
3 Нигора Умарова 19/05/2018
3 Беҳзод Қобулов 20/05/2018

Пичингв а киноя-кесатиқни сал бўрттириб, қўшимча деталлар билан бойитиб, Шукуржон Исломовчасига шиббалаб, сўнгра юборганингизда қизиқ блогпост чиқарди...

4 Умид Гафуров 20/05/2018
3.5 Иноят Садикова 20/05/2018
4 Мақсуд Саломов 20/05/2018
3 Шунқор Чориев 20/05/2018
3 Абдумалик Носиров 20/05/2018
4 Нодир Закиров 21/05/2018
4 Мубашшир Аҳмад 21/05/2018
3 Уйғун Ғафуров 21/05/2018
4 Адҳам Отажонов 21/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
5 та фикр