Telefoning kuyib kul bo'lsin, bolam!

Lobar Nadjimova
Саралаш

-Ona... onajon! Nima uchun bunchalik dilingiz ozor chekmoqda....?

-Qani endi meni tushunganingda edi bolam...

......

-Nahotki senga shu qo'lingdagi telefonin mendanda afzal bo'lsa bolajonim?

-Yo'q onajon lekin...

- Menga sening mehring kerak bolam! Lekin ming afsuski senga telefoning afzalroq! Qani endi qo'lingdagi telefongga aylanib qolsamda, mendan mehringni uzmasdan, mendan uzoqlashmasdan, vaqtingni mendan ayamasdan men bilan birga o’tqazsang... Hardoim sening xursandchiliklarini-yu, g'am-tashvishlaringni birinchilardan bo’lib eshitsam-u va men bilan bo'lishsang edi... 

     Yo Allohim, farzandimni oq yuvib, oq tarab, vujudimdagi bor mehrimni berib voyaga yetqizib, uning o'rniga shunday mehr olaman deb, seni shu niyatlarda katta qilganmidim bolam?! 

Bolajonim bilaman sening qo'lingdagi bu "mehring" senga har yerda hoziru nozir. Hamma yumushlaringni yengillashtirishi mumkin, lekin men sening ko'zlaring tikilib qolgan ekranda emasman, qo'llaringni o'ziga bog'lab olgan bu "matax" ham emasman bolam!

-Lekin... onajon…

-Bilaman sening hamma do'stlaring va hamma ishlaring shu qutining ichiga joylashtirilgan. Sen uchun do'st burodarlarin, ishlarin qanchalik afzal ekanini bilib turimman, lekin menga ham vaqt ajratishingni istayman bolam. Ohirgi paytlarda senga kerak ham bo’lmay qolyapman deb ko’nglim juda notinch. Ishdan kelganingda qo’lingda doim shu telefon bilan xonangga kirib ketganingcha shu bilan seni ovqat vaqtida ko’raman. Ovqatlanayotganingda ham bir qo'lingda qoshiq bo’lsa ikkinchi qo'lingda telefon. Men bilan birga o’tirasanu hayoling esa o’sha telefonning ekranida. Men ham sen bilan muloqat qilgim keladi. Mendan hol-ahvol so’rashingni hohlayman bolam. Telefoningda har doim do’stlaringga habar junatishni bilasan-ku, lekin mendan habar ham olmaysan.Bir uyda yashaymizu lekin huddi begonalardaymiz. Bir og’iz ona tuzumisiz, yuring u bu joyga oboray, vaqtimizni birga o’tkazaylik demaysan…Nahotki qadrim shu bo’lgan bo’lsa?! Axir sening mehringga juda zorman-ku bolam!

-Onajon bilasizmi, bu telefon orqali mehr ulashsa ham bo'ladi. Bu telefon orqali insonlar o'z yaqinlari bilan dunyoning qaysi chekkasida bo'lmasin aloqaga chiqa oladi. Bu ajoyib emasmi?!

-Ha, albatta ajoyib! Kuni kecha qo'shnimiz Gulchehraning qizi eridan ajrashib keldi. Nimagaligini bilasanmi? Ana o'sha "ajoyib aloqa"ga chiqib mehrini boshqa erkakka berib, uchrashib yurgani uchun. Qani bizdagi hayo, ibo? Mana endi ikkita bolasi bilan onasinikiga kelib o'tiribti. Kim endi bu begunoh bolalarga otalik qilib, mehrini bera oladi? Telefonmi?!

Bolam bilaman hozirgi kunda telefondan mutlaqo cheklana olmaysan lekin ozgina cheklansang ham bo’ladi-ku! Telefoningni faqat zaruriyat tug'ilgandagina ishlatishing kerak. U nafaqat vaqtingni, hattoki sog'ligingni ham o'g'irlab senga ziyon yetqazishini nahotki bilmasang?

-Onajon yana boshladingizmi? (ensasi qotib) U menga shu kungacha faqat foyda keltirgan. Ertalab o’z vaqtida turg’izsa, sog’lig’imga qanday e’tibor va qanday badan tarbiya men uchun mos kelishini o’zi tanlab bersa, sog’lom ovqatlanish va sog’lom hayot haqida ma’lumotlar manbaiku bu?!

-Nahotki telefondan chegaralanmay har daqiqa undan cheklana olmagan insonlarning hayoti qanday havf ostida ekanligini bilmasalar. Men radiatsiya to’lqinlari haqida gapiryapman. Seni bu to’lqinlar yillar davomida miyangni zaharlab borayotganini hahotki bilmasang bolam? Ohirgi paytlarda boshing ham tez-tez og’riydigan bo’lib qolgan. Telefoning qo'lingda bo’lmasa o'zingga qo’yishga joy topolmaysan. Kechasi uyqing ham yaxshimas. Jahling tez chiqib juda asabiylashadigan bo’lib qolgansan bolam! Telefondan boshini ko’tara olmay qolgan insonlar nahotki o’zlarini qanday baloga boshlab borayotganlarini bilmasalar? Telefon huddi dori misolidir. Bir kun ichmasang nafasingni siqib quyayotgandek.

-Onajon bo’ldi bas! Har kuni bir xil lenta! Natasiyalaringiz jonimga tegdi! (jahli chiqib onasiga baqiradi. Onasi qo'lidagi telefonini olib qo'yadi). Bering telefonimni menga hozir do’stim javob yozishi kerak!

-Bermayman! Men bilan bir oz gaplash bolam.

-Yo’q bo’ldi gaplashib bo’ldim! Men endi yosh bola emasman! Menga hadeb uni qilma buni qilma deyaverasizmi har kuni?! Menga boshqa aql o’rgatmang! O’zim bilaman nima yaxshiligini-yu, nimani yomonligini!

-Yo Alloh! O’z o’g’limni taniya olmayapman. Nahotki shu darajagacha borgan bo’lsang bolam?! (ona xo'rlanib yig’laydi)

-Bering bering telefonimni!

…. O’g’il onasiga baqirib, onasining qo'lidan telefonini jahl bilan tortib olib unga ozor yetqazadi. Dili ozor chekkan ona, nidosi bilan yana o’zi yolg’iz qoladi. 

O’g’li jaxl qilib, mashinasiga o’tiradida juda yuqori tezlikda haydab, telefonidagi do’sti yuborgan xabarni o’qimoqchi bo’lib oldidan chiqqan mashinani ko’rmay qolib avtohalokatga uchraydi. Bundan xabar topgan ona dili vayrona bo’lib: "Telefonin kuyib kul bo’lsin bolam” deganicha dod solib yig’lab qoladi…

Qissadan hissa shuki, mehringizni telefon evaziga almashmang azizlar! Bu dunyoda biz uchun oila, ota-ona, farzand va bizning barcha yaqinlarimiz har narsadan ustun va afzaldir. O’z sog’lig’ingizga befarq bo’lmang. Yoshlarimizni va kelajagimizni to’g’ri tarbiya qilaylik. Bizning kelajagimiz o’z qulimizda. 

3.22 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.22 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.14 / 1
  • Муштарийлар баҳоси
    4.35 / 2

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

5 Музаффар Назаров 20/05/2018
3 Шунқор Чориев 20/05/2018
3 Абдумалик Носиров 20/05/2018
4 Мубашшир Аҳмад 20/05/2018
4 Маҳсуджон Асқаров 20/05/2018
3 Қаҳрамон Асланов 21/05/2018
1 Бахтиёр Шералиев 21/05/2018

Umuman xato fikr! Istalgan psixologdan so'rasangiz mehrsiz bolalar qayerdan paydo bo'ladi deb, ular Sizga mehrsiz bolani mehrsiz ota-ona bunyodga keltiradi deb javob beradi. Bola bu oppoq qog'oz, ota-ona unga nimani yozsa ertaga shuni o'qiydi. Yozgani boshqa bo'lib turib "O'tgan kunlar" o'qiyman deganlar adashadi. Tug'ib o'stirgan, mehr berib voyaga yetkazgan deyishingiz mumkin, lekin hamma hayvon ham, hatto bosh miya katta yarim sharlari rivojlanmagan baliqlar ham nasl uchun g'amxo'rlik qiladi. Lekin bu umuman boshqa mehr, to'g'rirog'i bu instinkt! Bolaga odamiylik mehrini, ilmini bermay turib undan buni talab qilish qanchalik adolatli?

3 Мақсуд Саломов 21/05/2018
3.5 Саид-Абдулазиз Юсупов 21/05/2018
3.5 Нодир Закиров 21/05/2018
2.5 Мансур Тангишов 21/05/2018
1.5 Давронбек Тожиалиев 21/05/2018
4 Уйғун Ғафуров 21/05/2018
4 Шерзод Шерматов 21/05/2018
3 Умид Гафуров 21/05/2018
3.5 Иноят Садикова 21/05/2018
3 Тўлқин Юсупов 21/05/2018
2 Олимжон Солижон ўғли 21/05/2018
3 Нигора Умарова 21/05/2018
2 Беҳзод Қобулов 21/05/2018
3.5 Адҳам Отажонов 21/05/2018
3.5 Ботиржон Шерматов 21/05/2018
4 Расул Кушербаев 21/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
1 та фикр