Qadriyat!

Muzaffar Umar
Ярим финал

Quyidagi mavzu haqida, aslida, ko’pchilik ijobiy yoki salbiy tarzda allaqachon Facebook ijtimoiy tarmog’ida o’z fikrlarini bildirib o’tdi. Shunday bo’lsa-da, biroz siyqasi chiqqan mavzudek tuyulishiga qaramay, bu davlatimiz kelajagiga salbiy ta’sir qiladigan eng kata omillardan biri, deb hisoblaganim uchun o’zim guvohi bo’lgan O’zbekiston va Amerika misolida mavzuni yoritishga harakat qilib ko’raman.

Dunyo OAVga kim qanchalik ishonadi, bilmadim. Lekin bo’rttirish, uydirma va hokazo yolg’onlarga to’lgan aksariyat yangiliklarga, ularning aslida yolg’onligiga kishi o’z ko’zi bilan guvoh bo’lmaguncha beixtiyor ishonib yuraveradi.

AQShning musulmonlarga nisbatan qilayotgan zulmlari haqidagi yangiliklarini o’qiganimda, Amerikaga bo’lgan nafratim ortib borardi. Yevropa universitetlarida magistraturada o’qishga qanchalik harakat qilmay, oxirida Yevropadagi universitetlardan ko’ra, Amerikadagi universitetlarda o’qish chet ellik talabalar uchun biroz bo’lsada yaxshi ekanligiga xulosa qilib, oxirida majburan Amerikada o’qishga qaror qilganman.

OAVni qo’yib turing, agar Amerikada yashayotgan biror tanishingiz, “u yerda yosh bolalarning masjidga kirishiga hech qanday cheklov yo’qligi, istagan paytda ibodat qilish uchun masjidga borishi mumkin’ligini aytsa ham ishongingiz kelmaydi. Haqiqat shuki, u yerda na yoshdagi cheklov, na masjidga kelgan yosh bolalarga nisbatan nafrat bor. Ramazon oyida taroveh namozlarida u yerning xavfsizligini ta’minlashga kelgan politsiyachilar yosh bolalarni kiritmaslik uchun emas, balki bolalar bilan birgalikda masjidga kelgan har bir musulmonning xavfsizligini ta’minlash uchun eshik oldida turadi.

Charlotte, Shimoliy Karolina shtati, AQSH

5-6 yosh yoki 18 yoshgacha bo’lgan bolalar masjidni “bulg’ab qo’yishi mumkinligi” haqida gapirayotganlarni tanqid qilmoqchi emasman. Ularga aytadigan birgina gapim, avvalo bu gaplariga o’zlarini ishontira olsinlar, keyin boshqalarning ishonishini kutsinlar. Zero, bunga o’zlari ham ishonmaydilar.

Amerikada meni ajablantirgan hodisalardan birinchisi, u yerda musulmonlarga nisbatan tazyiq yo’qligi bo’lsa, ikkinchisi, bir musulmon yigitdir. Professor o’qituvchimiz turli xil davlatlardan kelgan talabalar ko’pligini hisobga olib, har birimizga o’z davlatimiz iqtisodi, madaniyati haqida qisqacha prezentatsiya tayyorlashimizni vazifa qilib bergandi.

Misrlik bir musulmon yigit Misr ehromlari bilan birga turli diskotekalar, plyajlar va u yerdagi odamlarning o’yin-kulgu va dam olishlari tasvirlangan videorolik tayyorlab keldi. Uning namoyishi vaqtida atrofni kuzatarkanman, o’tirganlar o’z hayratini turli shaklda ifodalayotganini ko’rdim. O’qituvchimiz ham biz tomonga nimtabassum bilan tez-tez qarab qo’yardi. Nihoyat viderolik tugadi. Boshqalarning prezentatsiyasi tugashi bilan talabalarga yuzlanib, “Savollaringiz bormi?” – deb so’raydigan professor, negadir bu safar o’zi birinchi bo’lib, ko’pchilik kutgan savolni berdi: “Misr islomiy davlat emasmi? U yerda masjidlar yo’qmi?” Javob: “Ha, islomiy davlat, lekin hozir dunyoviy davlatdan deyarli farqi yo’q”. Qizig’i, bu yigit Misrning ulug’vor tarixi mayli, hozirgi kundagi bir nechta mashhur Islom ulamolari tahsil olgan “Al-Azhar”dek universitet bilan ham maqtanolmadi. Islomiy davlat ekanligidan faxrlanib u yerdagi masjidlar, madrasalar bilan maqtanolmadi. Johillik.

Musulmonlarning boshiga nima balo kelsa, avvalo ularning ichidagi johillar sabab keladi. “Xoinlar” demadim, sababi xoin bo’lish uchun, johil bo’lish kifoya. Chunki ilmsiz odam ham o’zining qilayotgan ishini to’g’ri deb hisoblaydi. Masjidga nisbatan cheklov sabab, ertaga boshqa davlatlar ham bizdan o’rnak olib, u yerdagi musulmonlarning notinchligiga sababchi bo’lib qolmaylik, deb qo’rqaman.

Agar bu yosh avlodning masjidga kirib, bemalol ibodat qilishlariga imkon bermasak, ertaga poraxo’rlik, zino, odam o’ldirish va hokazo og’ir jinoyatlarni hech qachon kamaytirolmaymiz. Shundayiga ham so’nggi 2-3 yil ichida yurtimizda o’smirlar orasida jinoyatlar soni keskin ortib ketgani hech kimga sir emas.

Xo’sh, nima qilish kerak? Albatta bolalarni masjiddan chetlashtirish emas, balki yaqinlashtirish kerak.Taroveh namozi tungacha o’qilishini hisobga olib, xavfsizlik jihatdan o’smirlik yoshiga yetmagan bolalarni yolg’iz yoki 2-3 sheriklari bilan kelayotganini ko’rib, ularni to’xtatib, akasi, otasi yoki biror bir yoshi kattaroq qo’shnisi, qarindoshi bilan birgami yo’qmi kabi savollarga ishonch hosil qilib, ana undan so’ng vaziyatga qarab, biror bir chora ko’rilsa, buni tushunsa bo’ladi.

Yil o’n ikki oy Ramazon oyi emas, albatta. Bizda yana bir yechimi hal qilinmagan muammo bor: maktab, kollej o’quvchilarining dars vaqtiga to’g’ri kelib qolishi hisobiga ularning juma namoziga qo’yilmasligi.

Ilm olish ham farz, juma namozi ham farz. Lekin men bu ikki farzdan qaysi biri boshqasidan ustun turishi haqida yozib, yechim izlamoqchi emasman. Zotan, undan boshqa yechim ham bor. Bu esa juma kunini yurtimizda dam olish kuni deb e’lon qilish. Siz uchun bu mumkin bo’lmaydigan ishdek ko’rinar, balki. Lekin bilamizki, juma musulmonlarning, shanba esa yahudiylarning bayrami hisoblanadi. Nega Nyu-Yorkda gavjum yashaydigan yahudiylar shanba kuni dam olib, so’ng yakshanba kuni banklar va boshqa davlat idoralari ularga xizmat qilishi mumkin-u, bizda esa aholining taxminan 90% yoki undan ko’prog’i usulmon bo’lgani holda buning iloji yo’q?

Albatta, iloji bor. Buni aqlimizga sig’dirishimiz uchun asli musulmonlarga xos tarzda yashashimiz kerak. Biz Imom Buxoriy, Al-Xorazmiy, Al-Beruniy avlodlarimiz deb faxrlanish bilan birga ulardek bo’lishga harakat qilishimiz zarur. Zero, ular ilm sohalarida 18 yoshgacha biz umrimizning oxirigacha qilolmaydigan yutuqlarga erishgan. Biz ular bilan quruq faxrlanishimiz emas, o’zimizga “Ular biz bilan faxrlangan bo’larmidi?” – degan savol berib, uning javobiga harakat qilishimiz kerak.

Qadriyatlar haqida ko’p gapiramiz. Lekin o’sha qadriyat biz uchun o’zi nima? Buni aniqlab olishimiz lozim.

3.88 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.88 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.31 / 13
  • Муштарийлар баҳоси
    4.54 / 6

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

3.5 Бахтиёр Шералиев 28/05/2018

Blogpost boshidagi solishtirish yaxshi boshlangan, lekin qolgani umumiy gaplar bilan davom etgan. Shu mavzuda yozishga ahd qilgandan keyin uni yaxshilab faktlash, qarshi tomon raddiya bildirishiga hojat qoldirmaslik kerak edi. Juma kuni haqidagi fikr ham yomon emas, lekin har qanday loyihada bo'lganidek ilgari surilayotgan g'oya asoslanishi lozim. Men aslida muallifdan saralash bosqichida yozilgan mavzudagi kabi blogpost kutgan edim. Omad tilayman.

4 Абдумалик Носиров 28/05/2018

"Исломлашган" давлатларда гунохи кабиралар бўлмайди деган кафолат йўқ. Хозирги кунда хохлаймизми йўқми "эски давр" билан "янги давр" одамлари ўртасида кескин яширин тўқнашув жараёнини кетмоқда. Масжидларда болаларни киритишда қайсидир масжижларда бемалолгарчалик, қайсидир масжидларда тақиқилар бор. Бу нима англатади? Ўша ердаги худудий маъсулларни ишга бўлган муносабатини ва уларни қайси даврга тегишли эканини билдиради. Хозирда кескин тўқнашувлар йўқ бўлсада, ғоялар тўқнашувлари юз бермоқда. Шу томонига автор эътибор қаратмаган.

3.5 Уйғун Ғафуров 28/05/2018
4 Расул Кушербаев 29/05/2018
3 Қаҳрамон Асланов 29/05/2018
5 Мубашшир Аҳмад 29/05/2018
3 Музаффар Назаров 30/05/2018
3.5 Давронбек Тожиалиев 31/05/2018
3.5 Мансур Тангишов 31/05/2018
3 Олимжон Солижон ўғли 31/05/2018
3 Нигора Умарова 31/05/2018
5 Маҳсуджон Асқаров 31/05/2018
3.5 Мақсуд Саломов 31/05/2018
3.5 Иноят Садикова 01/06/2018

Fikrlar tarqoq bo'lib qolibdi.

3 Беҳзод Қобулов 01/06/2018
5 Адҳам Отажонов 01/06/2018

Жуда долзарб мавзу... (айниқса, мусулмонларни қийнаб турган масалалар экан)

4 Умид Гафуров 01/06/2018
4 Тўлқин Юсупов 01/06/2018
3.5 Нодир Закиров 02/06/2018
3.5 Шерзод Шерматов 02/06/2018
3 Шунқор Чориев 02/06/2018
3.5 Саид-Абдулазиз Юсупов 02/06/2018
3.5 Ботиржон Шерматов 02/06/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
4 та фикр