Qõshxotinlik: plyus va minuslar

Gulnigor Yunusova
Саралаш

1. Mening quvvai hofizam qõshxotinlikning minus tarafiga faqatgina bitta sabab topishga yetdi. Õzbek romannavisligining asoschisi Abdulla Qodiriyning "Õtkan kunlar" asaridagi Kumush fojeasi...

Kundoshlarning kelisholmasligi, erini bõlisholmasligi, bir-biriga xasad qilishi kabi illatlar oqibatida oilaning parokanda bõlishi- oila a'zolarining barchasini baxtsiz, hayotga qiziqishi, maqsadi yõq bõlib qolishi, bunday oilada ulg'ayayotgam bolalarning agressiv kayfiyatda yurishi, onalarning bahs, janjallarining "qurbon"i bõlishi ehtimoli yuqori. Bunga ham yechim bor albatta - xotin-qizlarning ruhiy tarbiyasi bilan shug'ullanish. Islom dini ta'limotlarini õrgatish, qazoyi qadarga rozi bõlish, boriga shukur, yõg'ida sabr qilish, yaxshi kõrgan narsasini birodariga ham ravo kõrish, sahiylik, yetimlarning boshini silash, silai rahm, rost sõzlash, kamtarinlik, bag'rikenglik, kechirimlilik kabi odatlarni kasb qilib olishlari lozim.

"Er bermoq-jon bermoq" qabilida kundoshi bilan kõcha-kõyda ovozining boricha shang'illab, baqirib, yoqavayron bõlib, jiqqa musht bõlib atrofdagilar oldida õzining ayollik iffatini yõqotib, ibo-hayo pardasini kõtarib sharmandai sharmisor bõlish musulmon ayollariga zinhor yarashmaydi. Biz ayollarning vazifamiz eng avvalo farzandlarimizni komil inson qilib tarbiyalash, jismonan va ruhan sog'lom bõlishini muhofaza etishdir. Agar faqat shu haqida qayg'uradigan bõlsak, tabiiyki, er talashib "jon berish"ga fursatning õzi bõlmaydi.

 Televizor, gazeta va radiolarda qõshxotinlik zararlari haqida har qancha gapirilmasin istaymizmi- yõqmi ikkinchi rõzg'or qurish kamayganicha yõq. Shu bois, bunday oilada tug'ilayotgan farzandlar huquqini ham himoyalashning qonuniy asoslarini ishlab chiqish zarur. Bu bolalar ham birinchi rõzg'orda tug'ilgan bolalar bilan teng huquqli bõlishi- otasining familiyasi va sharifiga, merosxõrlik huquqiga ega bõlishi kerak. Buning uchun esa takror bõlsa ham aytaman qonuniy ikkinchi nikoh tartibini joriy etish kerak. Erkak pasportiga ikki marta uylanganligi haqidagi shtamp bosilishi kerak. Farzandlari ham pasportda qayd etilishi kerak. Farzandlarning tug'ilganlik haqidagi guvohnomasidagi esa Otasi degan joyga "shaxsi noma'lum" emas, balki otasining ismi,familiyasi sharifi yozilishi bolaning kelajakda jamiyatda shaxs sifatida shakllanishi uchun suv va havodek kerak.

Ikkinchi nikohning qonuniy asoslarini yaratish haqida huqushunoslarimiz bosh qotirishsa, Qonunchilik palatasi va Senatda bu taklif kõrib chiqilsa, fuqarolar orasida ham ommaviy ovoz berish õtkazilsa degan g'oyani õrtaga tashlamoqchiman.

Foyda/zarar nisbatiga nazar solsak, 3/1 demak, qõshxotinlikni yõq qilish emas, balki qonunan tartibga solish kerak ekan. Siz qanday fikrdasiz?Davlat va jamiyatning eng kichik yacheykasi oila va uning a'zolari hisoblanar ekan, undagi jarayonlarning barchasini e'tibordan chetda qoldirmay, jamiyatimizdagi ayrim oilalarda mavjud bõlgan muammo- qõshxotinlikka kõz yummasdan tik boqib, yechim topishni davlat siyosati darajasigacha kõtarib chiqishning ayni vaqti. Õtgan yili qõshxotinlikka qarshi qonun ishlab chiqilishi haqidagi gap ijtimoiy tarmoqlarda "bolalab" ketdi. Kimdir yoqlaydi, kimdir esa "yõq"laydi. Mening nazarimda bu muammoning yechimiga tibbiyotda homilador ayolni davolashda qõllaniladigan usul bilan yondoshish kerak. Qanday deysizmi? Homilador ayol biror-bir ekstragenital (homiladorlikka bog'liq bõlmagan kasallik) kasallikka chalinsa, dori vositalarini qõllashdan oldin ayolga foyda / homilaga havf nisbati kõrib chiqiladi. Agar tavsiya etilayotgan dori vositasining homilaga zarari nisbatan kamroq va aksincha onaga foydasi kõproq bõlsagina, qabul qilishga ruhsat beriladi. 

Endi biz qõshxotinlikni jamiyatga zarari / foydasi nisbatini quyida kõrib chiqamiz. 

Foyda (+)

1. Hayotda har xil vaziyatlar bõlishi mumkin: 

1.1 Ikki yosh sevishib turmush qurishadi, lekin oradan yillar õtsa hamki, befarzand. Er ayolini sevgani sababli farzandsiz õtishga ham tayyor. Ayol esa sevgan kishisini õzi sababli dunyodan zurriyotsiz, nasl qoldirmay õtishiga hech rozi bõlolmasligi barobarida, eridan ajrashib ketishni ham istamaydi. Shunday vaziyatda ikkinchi rõzg'or qilish har tarafalama ma'qul yechim bõladi.

1.2 Xotin og'ir surunkali kasalga chalingani sababli na farzandlariga, na eriga qaray oladi. Er ham farzandlarining onasi, necha yillik yostiqdoshini kasalxonalarda davolatib, parvarishlab keladi. Xotinning onasi "uyimizga olib ketaylik, õzimiz qaraymiz, bizga bering, sizni ham tushunamiz, rahmat shuncha harakat qildingiz, ishingiz ham qolib ketdi, qarzingiz ham kõpaymasidan, ishga qayting, boshqa rõzg'or qilsangiz ham mingdan ming rozimiz "-deydi. Lekin qaysi ori baland er xotinini sog' paytida sevib, kasal paytida tashlab qõyadi?! Bu vaziyatda ham ikkinchi ayolga uylanish kasal yotgan birinchi ayol parvarishi uchun ham, farzandlar tarbiyasi va nazorati uchun ham, erning boshqa ehtiyoji uchun ham ma'qul yechim.

2. Birinchi oilasini, farzandlarini, rafiqasini barcha moddiy va ma'naviy ehtiyojini qoplashga qurbi yetgan erkak yana bir beva ayol va yetimlarni boshini silab, jamiyatda õzlarining mustahkam õrinlariga ega bõlishi uchun imkoniyatlaridan foydalanishining ziyoni yõq. Chunki otasiz õsib, har xil yomon kõchalarga kirib ketib, õg'il bolalar õg'ri, qizlar tarbiyasiz bõlmasdan ota tarbiyasini kõrib, moddiy ta'minlanib, õqib, ishlab jamiyatimiz ravnaqiga hissa qõshadigan foydali shaxsga aylanishiga nima yetsin?

3. Õzbekiston demokratik davlat, din va vijdon erkinligi qonun bilan mustahkamlab qõyilgan. Shunday bõlsa-da Õzbekiston fuqarolarining aksariyati muqaddas Islom diniga mansubligini va bu dinda xotinlar orasida adolatni õrnatolsa, 4 ta ayolgacha uylanishga ruhsat berilgani hammaga ayon. Demak erkaklar shar'an halol, pokiza yõl orqali õz ehtiyojlarini qondirishlariga rasman ruhsat berilsa nur ustiga a'lo nur bõlardi. Erkaklar tabiatan bir joyda muqim turmaydigan qilib yaratilgan. Bu uylanishga ham taalluqli: birinchi xotinini har qancha yaxshi kõrmasin, boshqa husni yoki xulqi chiroyli ayollarga qaragisi, boshqa gul iforidan ham bahra olgisi keladi. Ikkinchi rõzg'or qilishga rasman ruhsat berilmasa, fohishaxonayu, zino kõpayadi. Õz navbatida "valadi zino" degan tavqi lan'atga ega (aslida hech qanday aybi yõq) bolalar kõpayadi. Bunday bolani na onasi va na otasi tan olgisi kelmasligi oqibatida "Mehribonlik uyi"da tarbiyalanuvchilar soni ortadi. Eng daxshatlisi esa, ona õz farzandini qotiliga aylanishi havfi! Otasi kim ekanligini bilmagan, shundoq ham moddiy ahvoli og'ir ona "biznes"iga halal beradigan bu "dahmaza"ni yõq qilish payiga tushadi. Yo tug'ilmagan norasidasini, yoki tuqqan murg'ak chaqalog'ini õldiradi. Natijada perinatal davrda õlim soni ham keskin ortadi. Jamiyatimiz uchun bu qanchalik zararli va xunuk hol?

Zararlar (-)

1. Mening quvvai hofizam qõshxotinlikning minus tarafiga faqatgina bitta sabab topishga yetdi. Õzbek romannavisligining asoschisi Abdulla Qodiriyning "Õtkan kunlar" asaridagi Kumush fojeasi...

Kundoshlarning kelisholmasligi, erini bõlisholmasligi, bir-biriga xasad qilishi kabi illatlar oqibatida oilaning parokanda bõlishi- oila a'zolarining barchasini baxtsiz, hayotga qiziqishi, maqsadi yõq bõlib qolishi, bunday oilada voyaga yetayotgan bolalarning agressiv kayfiyatda yurishi, onalarning bahs, janjallarining "qurbon"i bõlishi ehtimoli yuqori. Bunga ham yechim bor albatta - xotin-qizlarning ruhiy tarbiyasi bilan shug'ullanish: Islom dini ta'limotlarini õrgatish, qazoyi qadarga rozi bõlish, boriga shukur, yõg'ida sabr qilish, yaxshi kõrgan narsasini birodariga ham ravo kõrish, sahiylik, yetimlarning boshini silash, silai rahm, rost sõzlash, kamtarinlik, bag'rikenglik, kechirimlilik kabi odatlarni kasb qilib olishlari lozim.

"Er bermoq-jon bermoq" qabilida kundoshi bilan kõcha-kõyda ovozining boricha shang'illab, baqirib, yoqavayron bõlib, jiqqa musht bõlib atrofdagilar oldida õzining ayollik iffatini yõqotib, ibo-hayo pardasini kõtarib sharmandai sharmisor bõlish musulmon ayollariga zinhor yarashmaydi. Biz ayollarning vazifamiz eng avvalo farzandlarimizni komil inson qilib tarbiyalash, jismonan va ruhan sog'lom bõlishini muhofaza etishdir. Agar faqat shu haqida qayg'uradigan bõlsak, tabiiyki, er talashib "jon berish"ga fursatning õzi bõlmaydi.

Xulosa õrnida shuni aytishim mumkinki, televizor, gazeta va radiolarda qõshxotinlik zararlari haqida har qancha gapirilmasin istaymizmi- yõqmi ikkinchi rõzg'or qurish kamayganicha yõq. Shu bois, bunday oilada tug'ilayotgan farzandlar huquqini ham himoyalashning qonuniy asoslarini ishlab chiqish zarur. Bu bolalar ham birinchi rõzg'orda tug'ilgan bolalar bilan teng huquqli bõlishi- otasining familiyasi va sharifiga, merosxõrlik huquqiga ega bõlishi kerak. Buning uchun esa takror bõlsa ham aytaman qonuniy ikkinchi nikoh tartibini joriy etish kerak. Erkak pasportiga ikki marta uylanganligi haqidagi shtamp bosilishi kerak. Farzandlari ham pasportda qayd etilishi kerak. Farzandlarning tug'ilganlik haqida guvohnomasidagi Otasi degan joyga "shaxsi noma'lum" emas, balki otasining ismi,familiyasi, sharifi yozilishi bolaning kelajakda jamiyatda shaxs sifatida shakllanishi uchun suv va havodek kerak.

Huquqshunos bo'lmaganim sababli buni konkret asoslarini unchalik ham chuqur bilmasam-da, zino, foxishalik kabi illatlarni, oilalarimizdagi ajrashishlarni kamaytirish maqsadida Ikkinchi nikohning qonuniy asoslarini yaratish haqida huqushunoslarimiz dinshunos ulamolarimiz bilan birga Qonun ishlab chiqishsa, Qonunchilik palatasi va Senatda bu taklif kõrib chiqilsa, fuqarolar orasida ham ommaviy ovoz berish õtkazilsa degan g'oyani õrtaga tashlamoqchiman.

Foyda/zarar nisbatiga nazar solsak, 3/1 demak, qõshxotinlikni yõq qilish emas, balki qonunan tartibga solish kerak ekan. Siz qanday fikrdasiz?

2.64 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.64 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.05 / 9
  • Муштарийлар баҳоси
    4.25 / 25

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

2 Мансур Тангишов 14/05/2018

Mavzu g'oyasi original, ijtimoiy ahamiyati unchalik dolzarb emas. Muallif o'zining shaxsiy tajribasi va umumiy misollarga asoslanib fikrlarini bildirgan. Blogpostda imloviy xatolar ko'p va kirish hamda xulosa qismidagi katta hajmdagi matnlar takrorlangan. Ushbu mavzu diniy va dunyoviy jamiyatlar o'rtasida doimo katta bahslarga sabab bo'lib kelgan mavzu. Muallifning yechim sifatida taklif etayotgan qo'shxotinlikni qonuniylashtirish g'oyasi ushbu blogpostda yetarlicha asoslanmagan. Faqat umumiy fikrlar tarzida ijobiy tomonlar qayd etilgan, faktlar, statistik ma'lumotlar, hech bo'lmaganda xorijiy mamlakatlar tajribasi qo'shilganda nisbatan ishonarliroq post bo'lar edi. O'zbekiston dunyoviy davlat ekanligini inobatga oladigan bo'lsak va barcha fuqarolar teng huquqli ekanligidan kelib chiqilsa, ushbu ilgari surilayotgan g'oyaga ikkinchi bir g'oya unda ayollarga ham qo'sherlilik huquqi berilishi talabi qo'yilishi mumkin, ana shu tomonlarini ham inobatga olib o'tish kerak mening nazdimda. Ma'lumot o'rnida: Ko'plab arab va Afrika davlatlarida qo'shxotinlilik qonuniy (Asosan qoloq va rivojlanayotgan davlatlar), Hindiston va Tibetda qo'sherlilik hali ham hukm suradigan hududlar bor.

2 Мақсуд Саломов 14/05/2018
3.5 Расул Кушербаев 14/05/2018
0.5 Саид-Абдулазиз Юсупов 16/05/2018

Ушбу постни эркак киши ёзгани маълум бўлди.

3 Маҳсуджон Асқаров 16/05/2018
3 Қаҳрамон Асланов 17/05/2018
4.5 Бахтиёр Шералиев 17/05/2018

Ayol kishi bu masalani yortigani va o'z dunyoqarashidan kelib chiqib tahlil etgani quvonarli masala! Bu holat jamiyatimizda bor, oyni etak bilan yopib bo'lmaydi. Biz demokratik dunyoviy davlatda yashayotganimiz bilan 90% aholimiz musulmon. Bu masalani jiddiyroq o'ylab ko'rish lozim.

0.5 Шерзод Шерматов 17/05/2018
3 Давронбек Тожиалиев 18/05/2018
2.5 Нигора Умарова 18/05/2018
0.5 Беҳзод Қобулов 18/05/2018

Аввалида бу блогпостга юқори баҳо қўйган эдим. Маъмуриятнинг аниқлашича, блогпост муаллифи эркак киши экан. Шундай ҳолат ҳақида билганим учун баҳони зудлик билан ўзгартирдим. Бу ерда гапнинг моҳияти ва аёл кишидан шундай дадил, мардона фикр келганига ҳайрат юзасидан юқори баҳолаган эдим. Агарки, муаллиф аниқланса, ҳакамларни алдашга уринмаган бўлса, аввалги баҳога қайтилади...

0.5 Олимжон Солижон ўғли 19/05/2018
0.5 Тўлқин Юсупов 19/05/2018
2 Умид Гафуров 19/05/2018
2 Музаффар Назаров 20/05/2018
2 Шунқор Чориев 20/05/2018
3 Абдумалик Носиров 20/05/2018
3 Мубашшир Аҳмад 20/05/2018
2.5 Иноят Садикова 21/05/2018
0.5 Уйғун Ғафуров 21/05/2018
2 Нодир Закиров 21/05/2018
2 Адҳам Отажонов 21/05/2018
1 Ботиржон Шерматов 21/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
16 та фикр