Qishloq bolasi!
Bahor keldi pilla boqadi, dalaga chiqib tut bargini olib kelib pillarni boqadi. Maktabchi yoʻq u oʻqimaydi, sababi oyla moliyaviy jihati shunga bogʻliq. Shaharlik doʻstim ustingizdagi ipak koʻylagingizga qishloqlik bolaning peshona teri singan!
Yoz paxta chopigʻi va yagana! Bola 50°C issiqda paxtani chopiq qiladi, yagana qiladi!
Kuz paxta terimi! Bola paxta teradi! Noyabrning sovuq kunlari kuraklar qotib qolgan! Paxta poyasi sovuq va nam, Ilojsiz!
Ayting menga qishloq bolasi qachon oʻqiydi ahir! 5-sinfdan soʻng bolaning bilimi oʻladi.
Shaharlik bola soya salqin joyda yurib , eng namunali maktablarda oʻqisinu vaqti kelganda qishloq bolasini bilimsiz qoloq deb qoʻlini uchi bilan koʻrsatsin! Qani haqiqat !
Balki bu siyosatdir bilmadim !
Lekin hech qanday yolgʻon yoʻq bu postda
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
6 та фикр