Vatanim tuprog'ing oldim qo'limga,
O'pdim, erkaladim qalbim-la ohis.
Aziz avliyolar, mukarramu- fozillar yurtiga, avvalo, ko'z tegmasin deyman. Har tong derazamni ohista taqillatayotgan quyosh nuri allanechuklarni so'zlayotganday go'yo. To'yib- to'yib nafas olaman, so'ng qadrdon maskanim tomon yo'l olar ekanman, goho xayollar meni olis-olislarga olib ketadi. Yo'l-yo'lakay bugungi kun boshlanishini uzoq kuzataman. Kimdir ishga shoshayapti, kimdir esa bozor-ucharga, bolalar ulkan orzular bilan maktabga oshiqyapti. Tabiat esa xuddi odamlarga oq yo'l tilayotganday asta chayqalib qo'yadi.Shu payt ko'z o'ngimni qorong'ulik sekin -asta qoplay boshladi. Urush, noming o'chsin jahonda..... Atrof qorong'u, odamlarning ingragan ovozi, bolalarning yig'isi, uzoqdan esa gumbur- gumburlagan pushka, miltiq ovozlari eshitilardi. Kurrayi zaminni qon va odamlar jasadlari egallagan, nafas yetishmayapti , bug'ilib ketyapman, nahot toza havo ham yo'q bo'lsa? Qo'rqib ketyapman, yordam bering deb qichqiray desam ovozim chiqmayapti. Shu onda kimningdir "ustoz, assalomu alaykum, keling sizga yordamlashaman" degan ovozi eshitilib qoldi. Allohga shukr, ming-ming bora shukr, xayollar meni qo'rqinchli bir xilqatga qamab qo'yibdi, shukr, ming bora shukr. So'ng bugungi kundagi ilk darsimni yurtim tinchligi va osoyishtaligi haqidagi rivoyat bilan boshladim. Aziz vatandoshim, keling shu aziz, jannatmakon zaminning tinchligi uchun duoga qo'l ochaylik. Axir tinchlik bo'lmasa, hayot qayda, tinchlik bo'lmasa to'y- tomoshalar qayda, tinchlik bo'lmasa O'zbekiston ahli uchun yaratilayotgan sharoitlar qayda? Aziz Vatanim, Navoiy va Boburlar, Temur va Manguberdilar ruhi asrasin, yurtim deb jon kuydirayotganlar omon bo'lishsin. Tuprog'ingni alishmasman oltinlarga....
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
3 та фикр