Chamamda 2001-yillar. O’qituvchimiz maktabdan tashqari har chorshanba kuni sayl bahona tumanimiz kutubxonasiga olib borar edi.Biz kutubxonada hohlagan kitobimizni olib o’qir edik. U yerdan uyimizga o’qib olib-kelib berish uchun ham kitob berilar edi. O’quvchi bolalar bilan bir qo’limizda kitob,bir qo’limizda bilan sinfdoshimiz qo’lini ushlab,ko’nglimiz hursand holda maktab tomon yo’l olar edik.
Kitobning eng zo’rlari pastki javonda edi.Kitoblarning eng shirinlarini eng pastiga,ko’rimsiz joyga yashirib qo’yishar edi.Hech qachon u kitoblarni uyga olib ketib o’qishga bermas edilar.Bir kuni bari bir niyatimga yetdim.Har safar uyga olib ketib o’qishni niyat qilgan kitobimni,olishga ruhsat oldim.Onamni 6-maktabda ishlashini aytdim va nihoyat kitobni uyimga olib ketdim.
Nimadur bo’ldi,maktabga bora olmadim,keyin esa boshqa maktabga ko’chdim.Kitobni esa kutubxonaga olib bera olamadim.Olib boraman deganimda esa ancha vaqtlar o’tib bo’lgan edi.Vadamni ustidan chiqolmadimda,uyatdim,hijolatda qayta kutubxonaga qadam qo’ymadim.Mana 17 yildirki,u kutubxonaga bormadim.
Bir oycha oldin chanqadimda o’sha kutubxona oldidagi suv borligi esimga tushib,ichmoq uchun o’sha tarafga qarab yurdim.Og’zim suv tomon edi,ko’zim esa kutubxona eshigi tomonga qarab ketdi. Ko’zim kutubxona eshigiga tushdiyu,hayajonlanganimdan chanqoqni ham ichib yubordim.Ishongim kelmadi.Yaqinlashdim.Ichkariga g’alati yurak og’rig’i bilan kirdim.
Ichkariga kirsam bir dona obidasta va g’ijim bo’lgan uch-to’rt qog’oz parchalari turar edi.Men o’qib o’tiradigan kutubxonani bir burchakini o’rnini o’rgimchak va uning uyasi egallab olib bo’lgan edi.Afsus-nadomat ila tashqariga chiqib ketdim.Besh-olti qadamlar tashladimda orqaga,kutubxona eshigiga yana bir bor o’girilib qaradim,eshikda ” erkaklar 500 so’m” degan yozuv osiliq turar edi.Boshimni silkitgancha pastga qaradim,yerda esa uch –to’rt sigaret qoldiqlari……
Keling sizga o’sha avvalgi “kutubxona” hozirgi “h-hona”ni atrofida qanday binolar joylashganini aytib beraman.Ro’parasida 2 ta spirtli ichimliklar do’koni,ro’parasida(podvalda) 3 ta alohida-alohida kompyuter va sony o’yinlari joylashgan bino bor.Chap tarafida esa “ming bir kecha” nomli yoshlarning ko’ngilxushlik restorani bor.
Navoiylar,Xorazmiylar,Abdulla Qodiriylar….madaniyatni,ilm ma’rifatini,haqiqat chirog’ini izlab boshqa joylarga ketib qolmaganmikin.
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
5 та фикр